Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 5,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/130
tarix30.12.2023
ölçüsü5,12 Kb.
#166247
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   130
Kiberxaxfsizlik asoslari o\'quv uslubiy majmua 1

Nazorat savollari 
1.
Xesh funksiya nima? 
2.
Kalitli xesh funksiya? 
3.
Kalitsiz xesh funksiya? 
4.
Kolliziya nima? 


57 
9-
ma‘ruza 
Disklarni va fayllarni shifrlash. Ma‘lumotlarni xavfsiz o‗chirish usullari 
Reja: 
1.
Apparat-dasturiy shifrlash. 
2.
Disk va fayl tizim sathida shifrlash 
3.
Ma‘lumotlarni xavfsiz o‘chirish usullari 
4.
Elektron hujjatlarni yo‘q qilish 
Tayanch iboralar: 
Apparat-dasturiy shifrlash, disk va fayl tizimi sathi, 
ma‘lumotlarni xavfsiz o‗chirish, elektron hujjatlarni yo‗q qilish. 
9.1
 
Apparat-dasturiy shifrlash 
Axborotni kriptografik himoyasi, hususan, shifrlash algoritmlari amalda keng 
qo‘llaniladi. Masalan, saqlash qurilmalarida ma‘lumotlarni shifrlash yoki tarmoq 
bo‘ylab uzatiladigan axborotni shifrlab uzatishni misol tarzda keltirish mumkin. 
Umuman olganda ma‘lumotni shifrlashda ma‘lum algoritmdan foydalaniladi. Ushbu 
algoritm biror bir operasion tizim uchun (masalan, Windows OT, Linux OT, Android 
OT) mo‘ljallangan dastur ko‘rinishida yoki maxsus qurilma ko‘rinishida (masalan, 
maxsus prosessorlar, USB token, smart karta va h.) bo‘lishi mumkin. 
Kriptografik algoritmlar amalda quyidagi ko‘rinishdagi vositalar sifatida 
qo‘llaniladi: 
-
apparat ko‘rinishdagi vositalar; 
-
apparat-dasturiy ko‘rinishdagi vositalar; 
-
dasturiy ko‘rinishdagi vositalar. 
Apparat-dasturiy shifrlash – shifrlash jarayoni bo‘lib, buning uchun maxsus 
ishlab chiqilgan hisoblash qurilmasidan foydalaniladi. Unga misol tariqasida, 
ruToken USB shifrator qurilmasini ko‘rsatish mumkin (1 - rasm). 
1-rasm. Turli ko‘rinishdagi ruToken USB shifrator qurilmasi 
ruToken USB shifrator qurilmasi – Rossiya Federasiyasida ishlab 
chiqariluvchi qurilma bo‘lib, undan asosan Rossiya Federasiyasining kriptografik 
algoritmlarida amalga oshirilgan. Masalan, ishlab chiqarilgan Rutoken S 
qurilmasining umumiy xarakteristikalari quyidagicha: 


58 
-
shifrlash kalitlari, ERI kalitlari va turli sertifikatlarni xavfsiz saqlash uchun 
foydalaniladi; 
-
ushbu tokendan foydalanish uchun PIN kodni kiritish talab etiladi; 
-
diskdagi ma‘lumotlarni shifrlash uchun qo‘llaniladi; 
-
tokenda mehmon, foydalanuvchi va ma‘mur darajalari mavjud; 
2-
rasmda diskni shifrlashda foydalaniluvchi TrueCrypt dasturiy vositasining 
ko‘rinishi keltirilgan. Ushbu dasturlash vositasi quyidagi xususiyatlarga ega: 
-
C, C++, Assembly dasturlash tillaridan foydalanib yozilgan; 
-
Windows, macOS va Linux OTlarida foydalanish mumkin; 
-
3.30 MB hajmga ega; 
-
ushbu dasturiy vositada AES, Serpent va Twofish blokli shifrlash algoritmlaridan 
foydalaniladi. 
2-
rasm. TrueCrypt dasturiy vositasi. 
Dasturiy shifrlash o‘ziga xos bo‘lgan quyidagi xususiyatlarga ega: 
-
shifrlash uchun boshqa dasturlar bilan bir vaqtning o‘zida kompyuter resursidan 
foydalanadi; 
-
kompyuterning himoyalanganlik darajasi saqlagichning himoyalanganlik darajasini 
belgilaydi; - foydalanuvchi tomonidan kiritilgan paroldan ma‘lumotni shifrlash kaliti 
sifatida foydalaniladi; - dasturni yangilab turish talab etilishi mumkin; 
-
katta bo‘lmagan tashkilotlar uchun foydalanish yuqori iqtisodiy samaradorlik 
beradi; 
-
ixtiyoriy ma‘lumotni saqlash usullari uchun shifrlashni amalga oshirish imkoniyati 
mavjud; 
-
parolni to‘liq tanlash hujumiga yoki parolni topishga qaratilgan boshqa hujumlarga 
bardoshsiz; - apparat shifrlashga qaraganda kam sarf xarajat talab etadi. 

Yüklə 5,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə