Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 5,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/130
tarix30.12.2023
ölçüsü5,12 Kb.
#166247
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   130
Kiberxaxfsizlik asoslari o\'quv uslubiy majmua 1

9.3
 
Ma‟lumotlarni xavfsiz o‟chirish usullari 


61 
Axborot xavfsizligida ma‘lumotni xavfsiz saqlash qanchalik muhim 
hisoblansa, ularni xavfsiz yo‘q qilish ham shunchalik muhim. Sababi, konfidensial 
axborot to‘liq yo‘q qilinmagan taqdirda uni tiklash imkoniyati saqlanib qoladi. 
Hozirgi kunda foydalanilayotgan barcha ma‘lumotlarni yo‘q qilish usullarini 
ishonchli deb aytib bo‘lmaydi. Quyida qog‘oz ko‘rinishidagi va elektron 
ko‘rinishdagi hujjatlarni yo‘q qilish usullari va ularning xususiyatlari bilan tanishib 
chiqiladi. 
Qog‘oz ko‘rinishdagi hujjatlarni yo‘q qilish usullari. 
Odatda qog‘oz ko‘rinishdagi hujjatlarni yo‘q qilishda quyidagi usullardan 
foydalaniladi: 
-
maydalash (shreder); 
-
yoqish; 
-
ko‘mish; 
-
kimyoviy ishlov berish. 
Maydalash
. Tashkilotda rahbariyat ruxsati bilan xodimlar qo‘lida bo‘lgan 
qog‘oz ko‘rinishidagi hujjatlar vaqti o‘tib o‘z kuchini yo‘qotadi yoki ularda arzimas 
ma‘lumotlar saqlangani bois ularni yo‘q qilish zaruriyati tug‘iladi. Biroq, mazkur 
holda qimmat ma‘lumot bo‘lsa ularni to‘liq yo‘q qilish talab etiladi. Maydalash 
jarayoni ushbu vazifani bajarishda keng qo‘llaniladigan usullardan biri hisoblanadi. 
Bunda ofis maydalagichi qog‘ozni turli kesishlar orqali ularni juda kichik bo‘laklarga 
ajratadi (4-rasm). 
4-
rasm. Shreder Rexel Auto+ 90X 
Maydalash usulining afzalligi quyidagilardan iborat: 
-
bir marta sotib olish bilan uzoq vaqt foydalanish mumkin; 
-
materiallarni yo‘q qilish uchun qo‘shimcha joy talab qilinmaydi; 
-
maxfiy ma‘lumotlarni ham maydalay oladi. 
Yoqish. Yoqish orqali katta hajmdagi hujjatlarni tezda yo‘q qilish mumkin. 
Ma‘lumotni yo‘q qilishning mazkur usuli ekologik jixatdan ma‘qullanmaydi. Bundan 
tashqari yoqish usuli quyidagi kamchiliklarga ega: 
-
tashkilot ichida yoki tashqarisida qog‘ozlarni yoqish uchun maxsus joy bo‘lishi 
talab etiladi; 


62 
-
agar yonish yuqori sharoitda maxsus qozonxonalarda amalga oshirilmasa, qattiq 
bosilgan papkalarni to‘liq yonmaslik ehtimoli mavjud; 
-
olovni yoqish, qog‘ozlarni yuklash va tushirish ortiqcha xarajat talab etadi. 
Ko‘mish. Ushbu usul avvallari keng foydalanilgan usul hisoblansada, hozirda 
kamdan-kam hollarda foydalaniladi. Ushbu usul qog‘oz ma‘lumotlarni to‘liq yo‘q 
qilish imkoniyatini bermaydi. Iqlimi quruq hududlarda qozog‘ ma‘lumotlarni yo‘q 
bo‘lishi uchun uzoq vaqt talab etiladi. 
Kimyoviy ishlov berish. Yuqori maxfiylik darajasiga ega hujjatlarni yo‘q 
qilishda yuqorida keltirilgan usullar to‘liq kafolatni ta‘minlamaydi. Kimyoviy usul 
esa qog‘oz ko‘rinishidagi axborotni 100% ishonchlik bilan yo‘q qilish imkonini 
beradi. Buning uchun maxsus kimyoviy modda va suvdan foydalaniladi. Hosil 
qilingan massani tiklashning umuman imkoni mavjud emas. Ushbu usulning yagona 
kamchiligi uning narxi yuqoriligi va maxsus joy talab etilishi. 

Yüklə 5,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə