Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 5,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/130
tarix30.12.2023
ölçüsü5,12 Kb.
#166247
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   130
Kiberxaxfsizlik asoslari o\'quv uslubiy majmua 1

9.2
 
Disk va fayl tizim sathida shifrlash 
Diskni shifrlash. 
Bu jarayon turli ma‘lumotni saqlash vositalarida (qattiq disk, 
yumshoq disk, USB disk va bosh.) saqlangan ma‘lumot konfidensialligini ta‘minlash 
uchun amalga oshiriladi. Bunda diskni shifrlashning apparat-dasturiy yoki dasturiy 


59 
vositasidan foydalanilib, butun diskdagi yoki uning bir bo‘limidagi (masalan, D disk) 
har bir bit shifrlanadi. Ushbu jarayon ruxsat etilmagan foydalanishdan nazoratlashni 
maqsad qiladi. 
Butun diskni shifrlash (Full disk encryption (FDE) yoki whole disk encryption) 
deb 
nomlanuvchi vositalar diskdagi barcha ma‘lumotlarni shifrlaydi va bunda faqat 
operasion tizimning yuklanishi uchun zarur bo‘lgan sektorlar (master boot record, 
(MBR)) shifrlanmaydi. Ba‘zi qurilmaga asoslangan diskni shifrlash vositalari 
(Hardware-based full disk encryption, FDE) esa MBR ni ham shifrlaydi. Bular 
quyidagi disk ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarida mavjud: 
-
qattiq disk ishlab chiqaruvchilar: iStorage Limited, Seagate Technology, Hitachi, 
Western Digital, Samsung, Toshiba; 
-
SSD turidagi disk ishlab chiqaruvchilar: OCZ, SanDisk, Samsung, Micron, Integral 
Memory; 
-
USB disk ishlab chiqaruvchilar: Yubikey yoki iStorage Limited. 
Qurilmaga asoslangan FDE ikki tashkil etuvchidan: qurilmaga asoslangan 
shifrlash vositasidan va ma‘lumotni saqlash qismidan iborat. Qurilmaga asoslangan 
FDE ning hozirda uchta ko‘rinishi amalda keng qo‘llaniladi: 
1.
Hard disk drive (HDD) FDE. 
2.
Enclosed hard disk drive FDE. 
3.
Bridge and Chipset (BC) FDE. 
HDD FDElar odatda HDD ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqariladi. 
Bunda ishlab chiqaruvchilar Opal Storage Specification texnologiyasidan 
foydalanadilar. Hitachi, Micron, Seagate, Samsung va Toshiba tomonidan esa TCG 
OPAL SATA drayveridan foydalanish orqali diskni shifrlash amalga oshiriladi. 
Ba‘zi diskni shifrlovchi dasturiy vositalar tomonidan shaffof shifrlash 
(Transparent encryption) usuli foydalaniladi. Bu usulga ko‘ra shifrlash kaliti taqdim 
etilgandan so‘ng avtomatik tarzda diskning barcha sektorlari (fayl nomini, katalog 
nomini, fayl kontentini va boshqa meta ma‘lumotlarni o‘z ichiga olgan holda) 
shifrlanadi. Dasturiy vosita ko‘rinishidagi diskni shirflash vositalariga Aloaha Crypt 
Disk, BestCrypt Volume Encryption, BitArmor DataControl, BitLocker, Bloombase 
Keyparc, Cryptic Disk, USBCrypt va boshqalarni misol tariqasida keltirish mumkin 
(3-rasm). 


60 
3-
rasm. Windows OTda BestCrypt dasturiy vositasi ko‘rinishi 
Diskni to‘liq shifrlash usuli alohida fayl/ katalogni shifrlash usuliga qaraganda 
quyidagi afzalliklarga ega: 
-
Deyarli barcha narsa, almashtirish maydoni (swap space) va vaqtinchalik fayllar 
shifrlanadi. Ushbu fayllarni shifrlash juda zarurki, odatda ular muhim axborotni 
oshkor qilishi mumkin. Dasturiy vosita ko‘rinishidagi diskni shifrlovchilar dastlabki 
yuklash kodini (bootstrapping code) shifrlamaydi. Masalan, BitLocker Drive 
Encryption ishga tushirish uchun shifrlanmagan soha qoldiradi va qolgan sohalarni 
to‘liq shifrlaydi. 
-
Ushbu usul foydalanuvchi shaxsiy xabarlarini alohida shifrlashni unutgan vaqtlarda 
juda qo‘l keladi. 
-
Zudlik bilan ma‘lumotlarni yo‘q qilish, masalan, kriptografik kalitni yo‘q qilish 
mavjud ma‘lumotni foydasiz holatga keltiradi. Kelajakdagi bo‘lishi mumkin bo‘lgan 
ma‘lumotlarni tiklash usullariga bardoshli bo‘lishi uchun diskni fizik yo‘q qilish 
tavsiya etiladi. 
Faylni shifrlash (Filesystem-level encryption yoki file-based encryption (FBE) 
yoki file/folder encryption) deb nomlanuvchi shifrlash usuli diskni shifrlashning bir 
ko‘rinishi bo‘lib, fayl tizimi orqali fayllar yoki kataloglar shifrlanadi. FBE shifrlash 
o‘z ichiga quyidagilarni oladi: 
-
asosiy fayl tizimining ustida joylashgan kriptografik fayl tizimidan foydalanish 
(masalan, ZFS, EncFS); 
-
shifrlashni amalga oshiruvchi yagona umumiy maqsadli fayl tizimi. Fayl/ katalogni 
shifrlash usuli quyidagi afzalliklarga ega: 
-
faylga asoslangan holda kalitlarni boshqarish, ya‘ni, har bir fayl uchun turli 
kalitlardan foydalanish; 
-
shifrlangan fayllarni alohida boshqarish butun shifrlangan diskni boshqarishdan 
ko‘ra osonroq; - foydalanishni boshqarish ochiq kalitli kriptografik tizimlar 
yordamida amalga oshirilishi mumkin; 
-
faqat kriptografik kalitlar xotirada saqlanib, shifrlangan fayllar ochiq holatda 
saqlanadi. 

Yüklə 5,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə