Axborotlarni taqdim etish tizimining rivojlanishi


EHMning to’rtinchi avlodiga



Yüklə 23,91 Kb.
səhifə5/9
tarix20.05.2022
ölçüsü23,91 Kb.
#87496
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2 5199595834986993495

EHMning to’rtinchi avlodiga katta integral tizim(KIT) ko’rinishidagi element bazasiga ega
bo’lgan hisoblash tizimlari kiradi. Bu 70-yillar o’rtasida elektron hisoblash texnikasi rivojida
keskin «sakrash» bo’lganligi, ya’ni – katta integral sxemasi bazasida mikroprosessorlar paydo
bo’lganligi bilan bog’liq. Ulardan foydalanish tufayli barcha EHMlarning texnik-ekspluatatsiya
va iqtisodiy ko’rsatkichlari o’lchami, energiya sarfi, qiymati va hakazolar keskin yaxshilandi.
SHKni ommaviy ishlab chiqarish boshlandi. Zamonaviy EHMlarning 4-avlodi ikki yo’nalishda
rivojlandi. Birinchi yo’nalish - sekundiga bir necha ming million operasiyalarni amalga
oshiruvchi kuchli, ko’pprosessorli hisoblash tizimini yaratish, ikkinchisi-mikroprosessorlar
bazasida nisbatan arzon va ixcham mikro EHMlar yaratish.
EHMlarning beshinchi avlodi 80-yillar o’rtalarida o’ta katta integral sxemalar bazasida
ishlab chiqarila boshlandi. Beshinchi avlod mashina modellari arxitektura oqimiga, intellektual
"inson-mashina" interfeysini ishlab chiqarishga mo’ljallangan. Ular masalalarni tizimli yechishni
mashi-nalarning mantiqan fikrlashini, axborotlarni assosiativ qayta ishlash va mantiqiy xulosalar
olishni ham ta’minlaydi. Endilikda insonning EHM bilan yagona tildagi muloqotini (jumladan,
og’zaki nutqini) amalga oshirish mo’ljallanmoqda.
4.4. Axborot texnologiyalarining rivojlanish tendensiyasi

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish tendensiyasi. Xorijiy
mutaxassislar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishining beshta asosiy
tendensiyani ajratib ko’rsatadi:
1. Axborot mahsulotlarining murakkablashuvi. Axborot vositasi ko’rinishidagi axborot
mahsuloti, ekspert ta’minoti xizmatining ma’lumotlar bazasi strategik ahamiyat kasb eta boradi.
Turli shakldagi (nutq, ma’lumot, tasvir) axborot mahsulotlari eshitish, ko’rish va anglash uchun
foydalanuvchining talabiga ko’ra ishlab chiqiladi hamda unga qulay vaqtda va shaklda
mahsulotni yetkazib berish vositasi mavjud bo’ladi. Axborot mahsuloti borgan sari yakka
foydalanuvchiga taqdim etiladigan o’ziga xos xizmat va hisobot-tahlil ishlari natijalari
o’rtasidagi gibridga aylanib bormoqda.

Yüklə 23,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə