Axborotlashgan jamiyat va media maydon tushunchasi


Ma’no kontekst bilan belgilanadi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə4/8
tarix11.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#144265
1   2   3   4   5   6   7   8
Media maydon tuzilishi va ta’siri ijtimoiy tarmoqlar 23

Ma’no kontekst bilan belgilanadi
Yoshlar slengi(o‘ziga xos so‘zlashuv uslubi) o‘zaro munosabat natijasida
mazmun o‘zgarishining yaqqol misoli bo‘lishi mumkin. Yoshlar boshqa avlod vakillariga tushunarsiz bo‘lgan ayrim so‘zlardan foydalanadi va ushbu so‘zlarni aslicha emas, balki boshqa ma’noda qo‘llaydi. Kulgu ham kontekstga bog‘liq bo‘ladi: u hazilni so‘zlovchi va tinglovchining o‘zaro munosabati asosiga quriladi. Bu janrdan, masalan, reklamada foydalanish mushkul, chunki kulgu haqidagi tasavvur turli xalqlarda turlicha talqin etiladi. Masalan, inglizlar hangomasi bir qadar bosiq bo‘lib, boshqa an’analar ruhida tarbiyalangan kishi uni tushunishi murakkab kechadi. So‘z va tasvir mazmunini esa ularni o‘rab turgan kontekstdan tiklab olish mumkin. Masalan, kinomatografiyaning o‘ziga xosligi ikkinchi darajali detallar
tasvir ortida qolishini talab etadi. Aytaylik, agar filmdagi ayol qahramonning ko‘ngli behalovat bo‘layotgan bo‘lsa, bu uning homiladorligini bildiradi. Hayotda esa har doim ham ko‘ngil aynishi homiladorlik bilan bog‘liq bo‘lavermaydi. Demak, so‘z va tasvir ma’nosini uni o‘rab turgan so‘z va timsollar doirasida, shuningdek, janrning keng ma’nodagi kontekstida qabul qilish joiz.
Tahlilning konseptual chegarasi
“Yashirin ma’noni o‘qish” uchun mediamatnlarda axborotni taqdim etishning
texnik usullarini tahlil qila olish zarur. Bunda mazkur usullardan voqea-hodisa talqinining tayanch nuqtasi sifatida foydalanish mumkin bo‘ladi. Matnlarni diqqat bilan o‘qish axborot iste’molchisiga voqea va syujetlar qanday tuzilganini hamda mediamexanizmlar qanday ishlashini anglab olish imkonini beradi. Ushbu bo‘limda mediamatnlarni diqqat bilan o‘qish metodikasini o‘zlashtirish yuzasidan ayrim model va mashqlar keltirilgan. Matnni tahlil qilish uchun muayyan nuqtai nazarni yoki uslubni tanlash foydalidir. U matnni tahlil qilishda o‘quvchining diqqatini yo‘naltirishga xizmat qiladigan muhim omildir.
Matn tahlilini boshlashda birinchi galda uni mavzu va reprezentatsiya
qilinishi usullari jihatidan o‘rganish zarur. Tahlil jarayonida qaydlar yuritib borish va quyidagilarga e’tibor qaratish tavsiya etiladi:
– tasvir, tovush va matndan qanday foydalanilgan?
– qaysi mavzu nisbatan qiziqarli tarzda taqdim etilgan?
Mediamatn tarkibini aniqlash uni tasniflash, shakli- tuzilishi jihatidan miqdori va sifatini baholash kabilarni nazarda tutadi. Shuningdek, axborotni taqdim etishning turli usulini, masalan, metaforalarni ham e’tibordan qochirmaslik zarur. Shundan so‘ng bevosita tahlil bosqichi boshlanadi. Ushbu bosqichda kuzatuvlar mazmunini mushahada qilish zarur bo‘ladi. Masalan, quyidagi savollarga javob izlash mumkin bo‘ladi:
– matnda kimning nuqtai nazari markaziy hisoblanadi?
– voqeaning “ma’nosi” nimada? U qanday taqdim etilgan?
– qanday axborot mavjud emas?
Yuqorida ko‘rsatilgan savollar turli mediamahsulot yoki timsolni tahlil
qilishda tayanch sifatida xizmat qilishi mumkin. Detallashtirilgan tahlilda esa medialarning aniq ko‘rinishi tabiatini e’tiborga olish zarur.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə