Axborotlashgan jamiyat va media maydon tushunchasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə6/8
tarix11.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#144265
1   2   3   4   5   6   7   8
Media maydon tuzilishi va ta’siri ijtimoiy tarmoqlar 23

Onlayn matnlar tahlili
Internetda e’lon qilingunga qadar matnlar aksariyat hollarda aniqlik borasida tahrir qilinmaydi. Foydalanuvchilar tomonidan tayyorlanadigan kontent parchalari xolis bo‘lmagan yoki noaniq axborot tashishi mumkin. Forum va bloglarning foydali jihatlarini inkor etmagan holda aytish joizki, ular shuningdek, amalda tavsiyalari zararli bo‘lgan «maslahatchilar» bilan ham muloqotga kirishuvga sabab bo‘lishi mumkin. Internetdan foydalanuvchilar unda berilgan har qanday axborotga ishonish qanchalik xavfli ekanini bilishi kerak.
Shunday saytlar borki, ularning mazmuni foydalanuvchilarni o‘zi o‘ziga zarar yetkazishga undaydi (masalan, o‘z joniga qasd qilishni, anoreksiyani(ishtaha yo‘qolishi va o‘ta ozg‘inlik kasali) yoki turli sektalarni targ‘ib qiluvchi saytlar).
Internetda axborotlarni e’lon qilish tartibi soddalashgani sayin zararli kontent ta’siriga tushib qolish ehtimoli ortib boradi. Bolalar va yoshlar esa bunday saytlarda e’lon qilingan ko‘rsatma va axborotlar o‘zida qanday xatarlarni tashishini to‘g‘ri baholash salohiyatiga ega bo‘lishmaydi.
Tarmoqdagi ommabop axborotni tahlil qilish muammosi, Internetda material e’lon qilishning soddallashuvi tobora oshib borayotganing teskari
jihati hisoblanadi. Amalda bu, aytaylik, biror bir mashhur insonning ashaddiy muxlisi bo‘lgan maktab o‘quvchisi yaratgan veb-saytni o‘sha “yulduz”ning rasmiy sayti, deb noto‘g‘ri qabul qilish ham mumkin. Bundan tashqari, ba’zida reklamani sof axborotdan ajratib olish ham mushkul bo‘lmoqda. Internetda eng yangi xabarlar joylashtiriladi, ammo har doim ularning boshqa manbalardagi shunday axborotga mos kelishini solishtirib ko‘rish zarar qilmaydi.
"Odnoklassniki.ru" — sinfdoshlar, kursdoshlar, sobiq bitiruvchilar, hamda qarindosh va yaqinlarni izlab topish va ular bilan aloqa qilish uchun yaratilgan koʻp tilli ijtimoiy toʻr.
Loyiha 2006-yil 4-mart kuni oʻz faoliyatini boshlagan, muallifi esa rossiyalik veb-yaratuvchi Popkov Albert. Saytning hususiy statistikasidagi berilgan maʼlumotlarga koʻra 2013-yil 1-yanvariga koʻra  205 milliondan ziyod foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtgan. Sutkasiga  40 milliondan ortiq foydalanuvchi davomat qiladi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə