Axborotnoma muqova (2 soni). cdr


To‘liq hikoya haqida fikrlang



Yüklə 35,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/62
tarix08.04.2023
ölçüsü35,32 Mb.
#104721
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   62
Axborotnomaning 3-soni

To‘liq hikoya haqida fikrlang.
 
15. Hikoyaga ko‘ra Josh yaxshi odam. Joshning yaxshi odam 
ekanligini ko‘rsatadigan ikkita narsani yozing. 
c
1
2.


30
TIKUVCHI
Muallif: Henning Mankel
S
ofiya Totioning kulbasiga kelganida, u allaqachon yotoqdan 
turib, kulbaning tashqarisida, tikuv mashinasi yonidagi taxta 
o‘rindiqda o‘tirgan edi. Sofiya xavotirga tushdi. Balki u fikrini 
o‘zgartirgandir?
U yoniga kelganda, Totio 
unga bosh irg‘ab, o‘tirishi 
uchun o‘rindiqdan joy ajratdi. 
Ularning ikkalasi ham hech 
narsa demadilar. Sofiya 
Totioga qaradi, u xayolga 
cho‘mib o‘tirgan edi. Tikuv 
mashinasi jigarrang, yog‘och 
qopqoq bilan qoplangan 
edi. Kulbaning ichidan 
Fernandoning xurrak tovushi 
eshitilib turardi. 
“Hayot har qanday paytda o‘zgarib ketadi”, - dedi Totio to‘satdan.
“Siz buni sodir bo‘lishini bilsangiz ham, baribir sizni hayratda 
qoldiradi”. U stol ustiga egilib, tikuv mashinasining yog‘ochli 
qopqog‘ini olib tashladi. So‘ng qo‘li bilan yaltiragan sirtini siladi.
“O‘ttiz besh yildirkim men bu tikuv mashinasidan 
foydalanyapman,” - dedi u. “Men shimlar, ayollar va erkaklar uchun 
ko‘ylaklar, qalpoqlar tikishim uchun ignadan qancha kilometr ip 
o‘tganini bilmayman.


31
Sofiya Totioning g‘amgin ohangdagi so‘zlarini tinglar edi. Keksayish 
va boshqa ishlay olmaslik qiyinligi haqida o‘ylab qoldi.
Totio egilib, o‘rindiq ostida yotgan nimadirni oldi. Keyin uni 
Sofiyaga berdi. Bu qattiq, oq kartondan yasalgan peshtaxta edi. 
Peshtaxtada katta harflar bilan: “Tikuvchi do‘koni: Sofiya Alfase” deb 
yozilgan edi.
Sofiya yuragi qattiqroq urayotganini sezdi. U quvonch bilan 
tabassum qila boshladi. Bu haqiqat edi. U tikuv mashinasini ham 
do‘konni ham ertaga oladi. 
“Unutma, mamnun bo‘lgan 
mijozlar qaytib keladi”- dedi Totio.
“Mamnun bo‘lmagan mijozlar 
faqat bir marta keladi va keyin 
hech qachon qaytmaydi. Sen 
ertaga kelganingda bu peshtaxta 
u yerda ilingan bo‘ladi. Ertalab 
mening peshtaxtam bo‘lmaydi. 
Fernanda ham, men ham ketgan 
bo‘lamiz. Do‘kon seniki, tikuv 
mashinasi ham. Barcha mijozlar 
ham.”
“Hali o‘rganishim kerak bo‘lgan juda ko‘p narsalar bor,”- dedi 
Sofiya.
“Bu menga ham tegishli”,- deb javob berdi Totio. “Sen bilishing 
kerak bo‘lgan hamma narsani, hech qachon bilmaysan.”
Kulba ichidagi xurrak to‘xtadi va Fernanda ko‘p o‘tmay tashqariga 
chiqdi.
“Menimcha, bu Fernandaning fikri ekanligini bilishing kerak,”- 
dedi Totio. “Ko‘zlarim endi yaxshi ko‘rolmasligini sezganimda, tikuv 
mashinasini sotaman dedim. Lekin, Fernanda sizni tikuvchilik qilib
bizga onda-sonda pul yuborib turishingizni ma’qul ko‘rdi”.
Fernanda o‘rindiqqa o‘tirdi. Sofiya u bilan Totio o‘rtasida tiqilib 
qoldi. 


32
“Tikuv mashinasi tikish uchun,”- dedi Fernanda - “Uni sotmaslik 
kerak.”
“Men senga qanday minnatdorchilik bildirishni ham bilmayman,”- 
dedi muloyimlik bilan Sofia. 
“Qilishing kerak bo‘lgan ish faqat-tikish”- dedi Fernanda.
Sofiya kun bo‘yi Totio va Fernandaning uyida qoldi. U ularning 
narsalarini yig‘ishga yordam berdi.
Ertasi kuni tongda ular jo‘nab ketishlari kerak edi. Ular bir paytlar 
yashagan joyi Muedaga sayohatga bormoqchi edilar. 
Kun davomida, qishloqdan ko‘plab odamlar xayrlashish uchun 
kelishdi. Totio har doim Sofiyani aqlli tikuvchi ekanligi haqida 
gapirar edi. U ularga biror narsa tikish yoki yamash kerak bo‘lganda 
kelishlari kerakligini aytdi.
Kunning ikkinchi yarmida ular xayrlashishdi. Fernanda Sofiyaning 
yanog‘iga sekingina urib qo‘ydi. Totio o‘zining ajin bosgan lekin 
zabardast qo‘llari bilan uning qo‘llarini siqdi. Totio Sofiya bilan 
xayrlashganda, uning qo‘lini uzoq vaqt ushlab turdi.
Sofiya, Totio va Fernandani juda sog‘inishini bilib uyiga 
qaytdi. Lekin, u har safar jigarrang yog‘och qopqoq ostidagi tikuv 
mashinasidan foydalanganda ular haqida o‘ylashini bilar edi. 


33

Yüklə 35,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə