Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining predmeti va mazmuni



Yüklə 394,76 Kb.
səhifə30/84
tarix23.09.2023
ölçüsü394,76 Kb.
#122908
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   84
Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining p-www.hozir.org

R=MYOM + IO‘P

Bunda: MR- mehnat resurslari; MYOM- mehnat yoshidagi mehnatga layoqatli aholi; 10'P- ishlayotgan o'smirlar va pensionerlar.


M YOM soni mehnat yoshidagi aholi sonidan (16 yoshdan 60 yoshgacha bo'lgan erkaklar va 16 yoshdan 55 yoshgacha bo'lgan xotin-qizlar sonidan) ikkala jinsga mansub mehnat yoshidagi ishlamayotgan I va II guruh nogironlari hamda imtiyozli shartlar asosida pensiya olayotgan, ishlamayotgan pensionerlar sonini chegirib tashlash yo'li bilan aniqlanadi:


MYOM= E(l6 60)+A (16 5S) - Ner

58



IB=Ir +Idx +Inr

Bunda: Ir - iqtisodiyotning rasmiy sektorida (korxonalar, tashkilotlar, muassasalarda) ish bilan band bo'lganlar.


Idx - dehqon xo'jaliklarida ish bilan band boMganlar.
Inr - iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band boiganlar.
Axborot olish manbai:
Ir yuzasidan - korxonalar va tashkilotlarning mehnat bo'yicha statistika hisobotlari, soliq organlarining ma’lumotlari;
Idx yuzasidan - statistika organlarining hisob-kitoblari va ishchi kuchini tekshirib chiqish ma’lumotlari;
Inr yuzasidan - ishchi kuchini tekshirib chiqish ma’lumotlari.
5.3. Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band bo'lganlarni aniqlash uslubi
Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band bo'lganlar jumlasiga rasmiy statistikada hisobga olinmagan, doimiy, vaqtinchalik, bir martalik va mavsumiy ishlarni yollanib bajaradigan, shu jumladan, mazkur ishlami amalga oshirish
uchun respublikadan tashqariga chiqib ketadigan shaxslar, o'z biznesini yuritadigan, sheriklar bilan yollanmasdan ishlayotgan shaxslar, taqiqlanmagan, lekin ro'yxatga olinmagan faoliyatdan ish haqi yoki daromad topadigan shaxslar (masalan, chorva mol boqish va yetishtirish bilan band boiganlar, dehqon bozorlari va chakana
bozorda xaridorlarga va savdo qiluvchilaiga xizmat ko'rsatadigan, statsionar bo'lmagan savdo joylarida savdo bilan band bo'lgan, xususiy tarzda odam tashish va faoliyatning boshqa turlari bilan band bo'lgan shaxslar) kiradi.
Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band bo'lgan shaxslar soni O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan maxsus ishlab chiqilgan dastur bo'yicha yilning har choragida ishchi kuchini tekshirib chiqish asosida aniqlanadi.
Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band bo'lgan aholi sonini ishchi kuchini tanlab tekshirish maiumotlari asosida aniqlash uchun:
a) iqtisodiyotning norasmiy sektorida tegishli faoliyat turlari bilan
shug’ullanayotgan shaxslar sonining so'rab chiqilgan mehnat yoshidagilar sonidagi salmog’i quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi: cq =CM. : CM * 100,
Bunda: CC - iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning konkret (i) turi bilan shug’ullanuvchi so'rab chiqilganlarning salmog’i; CMj - iqtisodiyotning norasmiy sektorida konkret (i)faoliyat turi bilan shug’ullanuvchi
so'rab chiqilganlar miqdori; CM - mehnat yoshidagi so'rab chiqilganlar
miqdori, jami.

60

b) olingan salmoqlar bo'yicha iqtisodiyotning norasmiy sektorida konkret faoliyat turida ish bilan band bo‘lgan aholi soni quyidagi formula asosida hisoblab chiqariladi:


NRBj= MYOT* ССЛ00,
Bunda: NRB. - iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning konkret
(i) turida ish bilan band bo‘lganlar soni;
MYOT - mehnat yoshidagi aholi soni;
MYOT haqida axborot olish manbai - aholining jins va yosh tuzilmasi to‘g’risidagi statistika hisoboti ma’lumotlari.
v) Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band bo‘lganlar umumiy
sonini aniqlash uchun faoliyatning har bir konkret turi bo‘yicha NRBi haqidagi ma’lumotlar qo‘shiladi:
NRB-SNRBj,
Bunda: NRB - norasmiy sektorda ish bilan band bo‘lganlar soni.
1. Ish bilan band aholini iqtisodiyot tarrnoqlari va iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlash. Mehnat resurslari balansida ish bilan band aholi soni amaldagi milliy tasniflagichlarga muvofiq iqtisodiyot tarrnoqlari (iqtisodiy faoliyat turlari) bo'yicha taqsimlanadi va bunda quyidagilar ajratib ko‘rsatiladi:
■ sanoat;

    • qishloq xo‘jaligi;


    • qurilish;


    • transport va aloqa;


    • savdo va umumiy ovqatlanish;


    • moddiy-texnikaviy ta’minot, sotish va tayyorlash;


    • moddiy ishlab chiqarishning boshqa tarrnoqlari;


■ uy-joy-kommunal xo'jaligi va maishiy xizmat ko‘rsatish;


    • ta’lim, fan, madaniyat, san’at;


    • noishlab chiqarish sohasining boshqa tarrnoqlari.


Bunday qilish aholining iqtisodiy faollik darajalarini, inson resurslarining faoliyat turlari bo'yicha taqsimlanishini tahlil qilish va baholash imkonini beradi.


Bu esa, ish bilan bandlikni davlat tomonidan tartibga solish choralarini ko‘rish uchun zarurdir.
Axborot olish manbai: statistika hisoboti, ishchi kuchini tekshirib chiqish ma’lumotlari.

Yüklə 394,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə