Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining predmeti va mazmuni


К as.i.soni = S as.ish : SSIP.I x 100%



Yüklə 394,76 Kb.
səhifə53/84
tarix23.09.2023
ölçüsü394,76 Kb.
#122908
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   84
Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining p-www.hozir.org

К as.i.soni = S as.ish : SSIP.I x 100%

К = 427 : 820 x 100 = 52,0%

94

Korxonaning xodimlar bilan ta’minlanganligi, tahlilining keyingi bosqichida uning sifat tarkibi o‘rganiladi.


Sifat jihatdan talab, ya’ni kategoriyalar kasb, mutaxassislik, xodimlar malakasi darajasi bo'yicha talab quyidagilarga asoslangan holda tahlil qilinadi:
=> ish jarayoniga ishlab chiqarish texnologik hujjatlarda qayd qilingan ishlarni kasb-malakaga bo‘lish;
=> ish joylari ta’riflarida yoki lavozim yo‘riqnomalarida belgilangan lavozim yoki ish joylariga talablar;
=> lavozimlar tarkibi belgilangan korxona yoki uning boiimlari, shtatlar ro‘yxati;
=> ijrochilar tarkibining kasb-malaka bo'yicha talablar ajratib ko‘rsatilgan turli tashkiliy-boshqaruv jarayonlarini aniq belgilaydigan hujjatlar.
Kasblar, mutaxassisliklar va boshqalarning sifat talablari tahlili har bitta sifat talabi mezonlari bo'yicha xodimlar sonini hisoblash bilan birgalikda olib
boriladi.
Xodimlarga umumiy ehtiyoj ba’zi sifat mezonlari bo'yicha son jihatidan talab yig’indisini aniqlash orqali topiladi.
Xodimlarning sifat tarkibini tahlil qilish kadrlarga bo'lgan son va sifat ehtiyojlarini oldindan bilish va mavjud tarkib talablarga to'g’ri kelishi uchun tadbirlar belgilash (tanlash, ishga qabul qilish, tayyorlash, adaptatsiya, malakasini oshirish, gorizontal va vertikal joylashtirish, ishdan bo'shatish va h.k.), xodimni o'qitish va malakasini oshirish dasturlarini ishlab chiqish uchun kerak.
Yuqori texnik doiradagi raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlovchilar soni ularning malakasi bo'yicha ishlab chiqarish talablariga mos kelishi zarur.
Ishlovchilarning kasbi bo'yicha sifat tarkibini tahlil qilishda ishlab chiqarish operatsiyalari ro'yxati va ularning murakkabligini sexlardagi, uchastkalar va ish joylaridagi ishchilaming mutaxassisligi va razryadlari bo'yicha tarkibi bilan
taqqoslanadi. Ishlar va ishchilaming o'rtacha razryadlari hisoblanadi.
Agar ishchilaming o'rtacha razryadi ishlaming o'rtacha razryadidan ko'p bo'lsa, korxonadagi ishchilardan ularning malakasi bo'yicha to'liq foydalanilmayotgan va ish haqiga razryadlararo farq uchun ko'p xarajat sarflanayotgan bo'ladi.
Ishlaming o'rtacha razryadi ishchilaming o'rtacha razryadidan oshib ketishi bajarilgan ishlaming va mahsulot sifatining pasayib ketishiga olib keladi. Buning oldini olish uchun ishchilar malakasini oshirish kerak bo'ladi.
Ishlaming o'rtacha razryadi bir oz oshishiga yo'l qo'yish mumkin, chunki bu holda ishchilar malakasi oshishiga sharoit tug’iladi.
Tahlil uslubiyati — ishchilar razryadini va ishlar razryadini solishtirishdir. Malakasini oshirish kerak bo'lgan ishchilar soni esa quyidagi formula orqali aniqlanadi:

Yüklə 394,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə