Azizaxon Rasulova


xizmat (rasmiy) va  shaxsiy hujjatlar



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/69
tarix28.04.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#107327
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   69
Azizaxon Rasulova

xizmat
(rasmiy) va 
shaxsiy hujjatlar
farqlanadi:
Xizmat (rasmiy) hujjatlari
– tayyorlanishiga ko‘ra tashkilot yoki 
mansabdor shaxslarga tegishli hujjatlardir. Bularga ishga qabul qilish 
buyruqlari, javob, kafolat, axborot xatlari va boshqalar kiradi.
Shaxsiy hujjat
– yakka shaxs tomonidan yoziladigan, ularning 
xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan 


32 
bog‘liq masalalarga tegishli bo‘ladigan hujjatlardir. Bularga shaxsiy 
ariza, shikoyat va boshqalar kiradi. 
Aksar hujjatlar dastlab qoralama nusxada tayyorlanadi, bu hujjat 
tayyorlovchining qo‘lyozma yoki mashinalangan dastlabki nusxasidir. 
Bu nusxa tuzatilib, qayta ko‘chirilishi mumkin. Qoralama hujjat huquqiy 
kuchga ega emas. 
Hujjat qat’iy belgilangan rekvizitlar tarkibiga ega bo‘lishi, ularning 
joylashish va rasmiylashtirish tartiblari 6,38-90 GOSTga muvofiq 
kelishi kerak. Hujjatlarni tayyorlash borasida bugungi kunda 
shakllangan umumiy qoidalarga ko‘ra, boshqaruv hujjatlari zaruriy 
qismlar 
(rekvizitlar)ning 
belgilangan 
majmuyiga 
va 
ularning 
barqarorlashgan joylashish tartibiga ega. 
Ma’muriy-boshqaruv faoliyatida xizmat mavqeyiga ko‘ra hujjatlar 
hozirgi kunda asosan, quyidagicha tasniflanadi:
- tashkiliy hujjatlar;
- farmoyish hujjatlari;
- ma’lumot-axborot hujjatlari;
- xizmat yozishmalari 
Tashkiliy 
hujjatlar
mazmunan 
tashkilot, 
muassasa 
va 
korxonalarning huquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari
boshqaruv jarayonida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa 
tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks 
ettiradi. Guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom, qoida, ustav, shartnomalar ana 
shunday hujjatlar turiga kiradi. 

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə