93
2) xatboshiga gapning sanaluvchi qismlari
chiqarilganda bunday
qismlar oldidan chiziq qo‘yiladi va ular kichik harf bilan yoziladi:
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rishga tayyorlash
vaqtida tegishli organ (mansabdor shaxs) quyidagi masalalarni:
— mazkur ishni ko‘rib chiqish uning huquq doirasiga kirish-
kirmasligini;
— ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi protokol va ishga oid
boshqa materiallar to‘g‘ri tuzilgan-tuzilmaganligini... hal qiladi;
3) gapning qismlari qavsli raqam yoki qavsli harf qo‘yib sanalsa,
bunday qismlar ham kichik harf bilan yoziladi:
Hozirgi o‘zbek adabiy tilining lug‘at boyligi asosan besh manba
negizida tarkib topgan: 1) umumturkiy so‘zlar, 2) o‘zbekcha so‘zlar, 3)
tojik tilidan kirgan so‘zlar, 4) arab tilidan kirgan so‘zlar, 5) rus tilidan
kirgan so‘zlar
(“O‘zbek tili” darsligidan)
74. Tarkibli nomlarning bosh harfidan iborat qisqartmalar, atoqli ot
bo‘lmagan ba’zi birikmalarning qisqartmalari bosh harf bilan yoziladi:
AQSh (Amerika Qo‘shma Shtatlari), BMT (Birlashgan Millatlar
Tashkiloti), AES (atom elektr stansiyasi)
kabi. Qisqartma tarkibida
bo‘g‘inga teng qism bo‘lsa, uning birinchi
harfigina bosh harf bilan
yoziladi:
ToshDTU (Toshkent davlat texnika universiteti)
kabi.
Ko‘chirish qoidalari
75. Ko‘p bo‘g‘inli so‘zning oldingi satrga sig‘may qolgan qismi
keyingi satrga bo‘g‘inlab ko‘chiriladi
to‘q-son, si-fatli, sifat-li, pax-
takor, paxta-kor
kabi. Tutuq belgisi oldingi bo‘g‘inda qoldiriladi.
va’-
da, ma’-rifat, mash’-al, in’-om
kabi.
76. So‘zning bosh yoki oxirgi bo‘g‘ini bir harfdan iborat bo‘lsa, ular
quyidagicha ko‘chiriladi:
1) so‘z boshidagi bir harfdan iborat bo‘g‘in yolg‘iz o‘zi
oldingi
satrda qoldirilmaydi:
a-badiy
emas,
aba-diy, e-shikdan
emas,
eshik-dan
kabi;
94
2) so‘z oxiridagi bir harfdan iborat bo‘g‘in yolg‘iz o‘zi keyingi
satrga ko‘chirilmaydi:
mudofa-a
emas,
mudo-faa, matba-a
emas,
mat-
baa
kabi
77. O‘zlashma so‘zlarning bo‘g‘inlari chegarasida kelgan ikki yoki
undan ortiq undosh quyidagicha ko‘chiriladi:
1) ikki undosh kelsa, ular keyingi satrga birgalikda ko‘chiriladi
dia-
gramma, mono-grafiya
kabi;
2) uch undosh kelsa, birinchi undosh
oldingi satrda qoldirilib,
qolgan ikki undosh keyingi satrga ko‘chiriladi:
silin-drik
kabi.
78. Bir tovushni ko‘rsatuvchi harflar birikmasi (
Dostları ilə paylaş: