32
Ish haqining tarifsiz tizimi ishlatilishda:
aniq savdo xodimiga qo‘yilgan vazifa va maqsadni;
maqsadga erishish darajasini belgilovchi ko‘rsatkichlar;
maqsadga erishish darajasi va moddiy rag‘batlantirish miqdorini son
nisbatini aniqlab olish lozim bo‘ladi.
11.4. Ish haqi fondining tahlili.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik sub’ektlari (korxona, tashkilot,
muassasa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik)ni ish haqi to‘lash sohasidagi
siyosatiga bir qancha omillar ta’sir qiladi. Ular qatoriga
quyidagilarni kiritish
lozim:
o
bajariladigan ish hajmi (savdoda asosan
tovar aylanishi, ommaviy
ovqatlanishda mahsulot ishlab chiqarish, tovar aylanishi, xizmat
ko‘rsatilgan xodimlar soni);
o
xo‘jalik sub’ektlarini moliyaviy holati;
o
minimal ish haqi miqdori;
o
tarif stavkalarini va tarif setkasining (razryadlar, tarif koeffitsenti)
o‘zgarishi;
o
ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar miqdorining o‘zgarishi;
o
korxonalar, xo‘jalik sub’ektlarining mehnatini rag‘batlantirish
siyosati;
o
ishchi xodimlarni soni, ularning malakasi va kasbiy mahratining
o‘zgarishi;
o
mehnat bozori konyunkturasi;
o
raqobat darajasi va boshqalar.
Ish haqini tadqiqot qilishda uning absolyut va nisbiy ko‘rsatkichlari, unga
bevosita va bilvosita aloqador ko‘rsatkichlar ishlatiladi.
Ushbu ko‘rsatkichlarga to‘xtalib o‘tamiz.
33
Ish haqining absolyut ko‘rsatkichi sifatida
ish haqi fondining summasi,
unga bevosita ta’sir qiluvchi tarif stavkalari, lavozim okladlari, xo‘jalik
sub’ektlarining ish hajmi (savdo va ommaviy ovqatlanishda ularning tovar
aylanishi xajmi) muomala harajatlari, daromad va foyda summasi kabilarni kiritish
mumkin.
Ish haqining nisbiy ko‘rsatkichlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
o
ish haqining darajasi. Ushbu ko‘rsatkich biron bir davrga (oy,
kvartal, yil) ish haqi fondi summasini 100,0ga ko‘paytirib
tegishli
sohani, korxonaning tovar aylanishi hajmiga bo‘lish orqali
aniqlanadi;
o
ishchi va xodimlarning o‘rtacha oylik ish haqi miqdori. Bu
ko‘rsatkich tegishli sohada, korxonada, biron davr davomida ishchi
va xodimlarga to‘langan, ish haqiga kiritiladigan barcha pul va
natural shakldagi to‘lovlar va ijtimoiy nafaqalar summasini davrdagi
o‘rtacha ro‘yxatdagi xodimlar soniga bo‘lish orqali aniqlanadi;
o
ish haqining daromadliligini, ya’ni bir so‘m
ish haqiga qancha
daromad to‘g‘ri kelishligi. Bu ko‘rsatkich biron bir davrda xodimlar
faoliyatiga tegishli bo‘lgan daromadlar summasini ularning ish haqi
summasiga bo‘lish bilan hisoblanadi;
o
ish haqi rentabelligi. Uni aniqlash uchun biron bir davrda xodimlar
faoliyatiga tegishli bo‘lgan foyda summasini 100,0 ga ko‘paytirib,
ish haqi summasiga bo‘linadi. Ushbu ko‘rsatkich ish haqi birligi
necha foiz foyda keltirayotganligini bildiradi;
o
ish haqining muomala harajatlaridagi hissasi. Ushbu ko‘rsatkich
biron bir davrga ish haqi summasini muomala harajatlari
summasiga bo‘lish va 100,0 ga ko‘paytirish orqali aniqlanadi.
o
ustamalar va qo‘shimchalarning
ish haqidagi hissasi, foizda yoki
koeffitsentlarda;
34
o
ish haqining biron bir davrga (3,5,10 yil) o‘rtacha o‘sish sur’ati.
Ushbu ko‘rsatkichni oddiy o‘rtacha geometrik formulasi orqali
aniqlash mumkin, ya’ni
Dostları ilə paylaş: