B o t a n I k a (O‘smliklar anatomiyasi va morfologiyasi )



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/102
tarix17.12.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#150056
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   102
O.N. Imomov. Botanika. Majmua

Nuklein kislotalar
. DNK va RNK protoplastning ikkinchi muhim guruhi 
biopolimerlari hisoblanadilar. Ular miqdor jihatidan uncha ko‘p bo‘lmasa ham, 
ammo protoplastda oqsil va boshqa moddalarni to‘planishi uchun axborot 
saqlashda va xabar berishda juda katta ahamiyatga ega. 


33 
Lipidlar
ham biologik xarakterdagi katta birikmalar guruhi hisoblanadi. 
Lipidlar suvda erimasligi aksariyat organik etiruv-chilarda erishi bilan 
xarakterlanadi. 
Uglevodlar
har qanday hujayralar protoplasti tarkibga kirib, oddiy va 
murakkab uglevodlar (polisaxaridlar) farq qilinadi. Oddiy uglevodlarga Glukoza
fruktoza va saxarozalar misol bo‘la oladi. Kraxmal va sellulozalar polisaxaridlar 
hisoblanadi. Ular hujayraning ergastik moddalaridir. 
Sitoplazmaning anorganik tarkibiga asosan C, O, H, N; bulardan tashqari Ca, 
P, K, S kiradi. Mikroelementlardan sitoplazmada Fe, Mn, Na, Cl, Mg, Br, I, Cu, 
Cr, Zn va boshqa ko‘pgina kimyoviy elementlar uchraydi. Barcha kimyoviy 
birikmalar orasida tirik hujayralarda eng ko‘p miqdorda (60–90%) suv uratiladi. 
Hujayrada kechadigan barcha reaksiyalar suvli eritmalarda boradi. Shunday qilib, 
sitoplazmada suv - 80%, oqsil – 12%, nuklein kislotalar – 2%, moylar – 5%, 
uglevodlar – 1,2% bo‘ladi. 
Protoplast
fizik xususiyatlariga ko‘ra ko‘p holadli kolloid eritma 
hisoblanadi. Protoplast shilimshiq tuxum oqsiliga o‘xshab ketadi. U, odatda dispers 
muhiti suvdan iborat gidrozol kolloid sistemadir. 
Hujayrani o‘rganish borasidagi ana shunday yutuqlardan biri sitoplazmaning 
parda tuzilishidir. Demak, sitoplazma fosfo-lipidlar va oqsillardan iborat yupqa (4–
10 nm) pardasimon tuzilishga ega. Lipidlarning molekulasi pardaning tuzilish 
asosini tashkil etadi. 
Lipidlar gidrofob va gidrofil tomonlarga ega bo‘lgan qo‘sh qavat parda hosil 
qilib ular orasida oqsil molekulalari joylashadi. 
O‘simlik hujayrasining sitoplazmasida uchta qavat ajratiladi: plazmalemma, 
mezoplazma va tonoplastlar. Plazmalemma hujayra qobig‘i ostida joylashgan 
sitoplazmaning tashqi qavati hisoblanadi. Tonoplast esa sitoplazmani vakuol bilan 
chegaralanuvchi ichki qavatidir. Sitoplazmaning asosini mezoplazma, ya’ni o‘rta 
qavat tashkil etadi. Chegaralovchi qavatlar sitoplazmaga tashqi muhitdan molekula 
va ionlarni kirishi yoki chiqishni idora etadi. 


34 
Hujayrada moddalar almashinuvi natijasida to‘plangan suvda eruvchan 
ergastik moddalar sitoplazma bilan aralashmay alohida tomchilar holida to‘planadi. 
Hujayraning yoshi ulg‘ayishi bilan birga ular bir–birlari bilan qo‘lishib 
hujayra 
shirasi
deb atalgan eritmani tashkil etadi. Hujayra shirasi sitoplazmaning 
ichkipardasi hisoblangan tonoplast bilan chegarlangan bo‘ladi. Ko‘pchilik yuksak 
o‘simliklarni voyaga yetgan hujayralari uchun markaziy vakuolalarning bo‘lishi 
xarakterlidir. U ancha yirik bo‘lib, hujayraning 70–90% hajmini egallaydi, 
hujayraning protoplasti barcha organellalari bilan birga uning qobig‘i ostida 
joylashadi. Hujayra qobig‘i ostida joylashadi prostoplastda ham odatda mayda 
sitoplazmatik vakuolalar uchraydi. 
Hujayra shirasining kimyoviy tarkibi va konsentratsiyasi ham o‘zgaruvchan. 
Hujayra shirasining keng tarqalangan moddalaridan biri shakarlardir. Ular 
saxaroza, glukoza va fruktozalar shaklida uchraydi. Shakar moddalar hujayrada 
g‘alamangan holda hujayra uchun muhim oziq moda sifatida xizmat qiladi. 
Glukoza va fruktozalar asosan sersuv etdor mevalarda ko‘p miqdorda to‘planadi va 
ulardan inson keng foydalanadi. Yetilayotgan urug‘ hujayralari vakuolalarida ko‘p 
miqdorda kolloid holdagi oqsillar to‘planadi. Shuning uchun ham ularni 
oqsilli 
vakuolalar
deyiladi. Hujayra shirasi organik kislotalardan olma, limon, qahbaro 
kislotlari va oksidlar ko‘proq uchraydi. Ular xom mevalarda kuzatilib, mevaga 
nordon maza beradi. Mevalar yetilganda organik kislotalar nafas olish uchun sarf 
bo‘lib ketadi va mevaning nordonlik mazasi yo‘qoladi. 
Hujayra shirasi tarkibiga ko‘pincha oshlovchi moddalar – tannin ham kiradi. 
Bular azotsiz siklik birikmalar hisoblanib, burushtiruvchi xususiyatga ega. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə