B o t a n I k a (O‘smliklar anatomiyasi va morfologiyasi )



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/102
tarix17.12.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#150056
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   102
O.N. Imomov. Botanika. Majmua

 
 


28 
2. Botanikada foydalaniladigan tadqiqot usullari 
1. Solishtirma morfologiya. 
Bu usul o‘simliklarning xilmaxil vegetativ va 
generativ organlarining morfologik xususiyatlarini taqqoslab, har tomonlama 
o‘rganish bilan ular o‘rtasidagi o‘xshashlik hamda yaqinlik munosabatlarini 
aniqlaydi. 
Uzok. vaqtgacha morfologiyada yuksak o‘simliklarning tanasi uchta asosiy 
a’zoga - ildiz, poya va bargga ajratib o‘rganilgan. Ammo, solishtirmamorfologik 
usul asosida olib borilgan tekshirishlar o‘simliklarning vegetativ organlarini faqat 
ikki a’zoga - novda va iddizga ajratishni isbotladi. Novdani asosiy vegetativ organ 
deb ta’riflanishining sababi shundaki, uning elementlari (poya va barg) 
o‘simliklarning ontogenezida faqat bitta meristemadan taraqqiy etib novdaga 
aylanadi. Poya va barg ikkilamchi bo‘lib, faqat novdadan rivojlanadi. 
2. Anatomik va fiziologik usul. 
Bu o‘simlik organlarining ichki tuzilishiga 
asoslangan aniq usullardandir. SHu usul asosida o‘simliklarning hujayraviy 
tuzilishi, organlarning to‘qimalardan tashkil topishi o‘rganiladi. Mashxur olim V. 
G. Aleksandrov va uning shogirdlari madaniy o‘simliklarning maxsus anatomiyasi 
ustida katta ilmiy ish olib bordi. Fiziologik usul bilan o‘simlik organlarining 
fiziologik faoliyati aniqlanadi. Masalan, fotosintez (o‘simlikning karbonsuv 
o‘zlashtirishi), suvni bug‘lantirishi (transpiratsiya hodisasi), ularning nafas olishi, 
o‘simliklarning (mineral hamda azotli) oziqlanishi va boshqalar. 
3. Ekologik morfologiya usuli. 
Bu usul yordamida o‘simliklarning 
organlarida ro‘y beradigan o‘zgarishlar aniqlanadi. Masalan, o‘simliklarning 
o‘sishi tuproqning namlik darajasiga qarab 
kserofitlar, mezofitlar, gigrofitlar 
va 
gidrofitlarga 
bulinadi. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə