B tjmurzaqov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov korxonada kadrlar


Boshqaruv tashkiliy tuzilmasi



Yüklə 144 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/85
tarix27.12.2023
ölçüsü144 Kb.
#162759
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   85
Korxonada kadrlar siyosati.PDF

Boshqaruv tashkiliy tuzilmasi:
boshqaruv bo‘g‘inlari miqdori;
personal miqdori;
boshqaruv tashkiliy tuzilmasi turiga bog‘liq bo‘ladi.
Boshqaruv tashkiliy tuzilmasi:
yuqori bo‘g ‘in - korxona boshqaruvi markaziy apparati;
quyi bo‘g‘in - tarkibiy bo'linmalar (ishlab chiqarishlar
sexlar, uchastkalar va boshqalar) boshqaruv apparatidan tashkil 
topadi.
Boshqaruvmng liniyali va funksiyali tashkiliy tuzilmalari 
farqlanadi.
Amaliyotda boshqaruvning liniyali-funksiyali hamda mat- 
ritsali tashkiliy tuzilmalari ham mavjuddir.
Boshqaruv funksiyasi - boshqaruv faoliyatining alohida turi 
hisoblanib, boshqaruv sohasida mehnat taqsimoti va ixtisos- 
lashuviga asoslangandir. Boshqaruv funksiyasining eng ko‘p 
tarqalgan turi boshqaruv umumiy xususiyatlari (sifat, mehnat, ish 
haqi, ilmiy-texnika taraqqiyoti, mehnatni muhofaza qilish)ni 
hamda ishlab chiqarish resurslarini (mehnat, moddiy, texnika,
- moliya va boshqalar) qamrab oladi.
5.2. Korxonaning funksional boshqaruv va shtat tuzilmasi
Iqtisodiy fanlarda dinamik tizimlami tasniflash nazariyasidan 
foydalanib, murakkab boshqaruv jarayonlarini asosli ravishda 
alohida-alohida elementlarga taqsimlab, ularni guruhlarga bo‘lib, 
tashkil etuvchi belgilami ajratish imkonini beradi.
Korxonaning 
boshqaruv 
funksiyalari 
-
boshqaruv 
faoliyatining o‘ziga xos turi, boshqaruv sohasida mehnat taqsimoti 
va ixtisoslashuvi mahsuli bo‘lib, o'zida alohida belgi bo‘yicha 
ajralib turuvchi boshqaruv jarayonining bir qismini aks ettiradi. 
Boshqaruv elementlari (sifat, mehnat va maosh, fan-texnika 
taraqqiyoti, mehnatni muhofaza qilish) va ishlab chiqarish 
bo‘g‘inlari (mehnat, moddiy, texnik, moliyaviy va b.) resurslar 
predmeti umumiyligi bo‘yicha amalda tasniflash ko‘proq
122


tarqalgan. Odatda korxonani boshqarish jarayonining 10 dan 25 
tagacha funksiyalari farqlanadi.
Mehnatni tashkil qilishning asosiy vazifalari majmui -
boshqaruv jarayonining asosiy funksiyalari belgisi (me’yorlash, 
rejalashtirish, hisob, nazorat, tahlil, tartibga solish) bo‘yicha 
ajratib ko‘rsatiluvchi boshqaruv fimksiyasi qismidir. Vazifalar 
majmui muayyan funksiyaga tegishli bo‘lib, qoidaga ko‘ra, kichik 
funksional boMinma (bo‘lim, byuro, guruh) tomonidan amalga 
oshiriluvchi vazifalar majmuini jamlaydi - masalan, korxona 
uchun personal tanlash jarayonini rejalashtirish. Vazifalar majmui 
soni korxona miqyosida 200 tani tashkil etadi.
Bu borada boshqaruv vazifasi - tashkiliy jihatdan o‘zaro 
bog‘liq bo'lgan, personal tomonidan texnik vositalar yordamida 
amalga oshiriluvchi axborotni qayta ishlash operatsiyalari majmui 
bo‘lib, bu operatsiyalar bajarilishi natijasi boshqaruv qarorlarini 
qabul qilish - masalan, korxona bo‘yicha yil davomida 
personalning ehtiyoji miqdori vaturini hisoblash imkonini beradi.
Vazifa boshqaruv jarayonining asosiy elementi bo'lgani 
uchun, uning amalga oshirilishi esa, qoidaga ko‘ra, boshqaruvning 
bir qancha xodimlarini o‘z jarayoniga qamrab oladi. Korxonada 
mehnatni tashkil etish, texnik va texnologik majmualarini 
boshqarish jarayonida bir necha mingta boshqaruv vazifalari hal 
etiladi.
Boshqaruv operatsiyasi - texnik vositalaming muayyan 
to'plami 
yordamida bitta xodim tomonidan 
bajariluvchi, 
axborotning shakli yoki mazmuni o‘zgarishiga qaratilgan mehnat 
harakatlarining majmui hisoblanadi. Bu jarayondagi boshqaruv 
operatsiyasi vazifaning mazmuniy qismini aniqlashtiradi va 
namunali chizma shaklida taqdim etilishi mumkin.
Boshqaruv 
funks iyalarining 
matritsali 
taqsimlanishi. 
Korxonani boshqarish amaliyotida korxona rahbariyati, funksional 
va o‘rta bo‘g‘in bo‘linmalari o‘rtasida boshqaruv funksiyalarini 
oqilona taqsimlash dolzarb vazifa sanaladi.
Bir qator sanoat korxonalari boshqaruv tizimlarining tahlilida 
amaldagi 
boshqaruv 
funksiyalari 
taqsimlanishida rahbarlar 
tomonidan yo‘l qo‘yiladigan asosiy xatolar:
123


• bosh direktor zimmasiga bevosita bo‘ysunuvchi bo‘linmalar 
va u qaror qabul qiladigan funksiyalarning haddan ortiq 
yuklanishi;
• bosh direktor, uning o'rinbosarlari va bo'limlar rahbarlan 
o‘rtasida boshqaruv funksiyalarining aniq hujjatlashtirilgan 
taqsimoti mavjud emasligi;
• aksiyadorlik korxonalarida davlat boshqaruvining eski 
ma’muriy tizimiga xos kichik bo‘lim va xizmatlaming mavjudligi 
(fuqarolik mudofaasi, birinchi va ikkinchi bo'limlar, mashina 
byurosi);
• asosiy ishlab chiqarish jarayonida 500-1000 kishilik yirik 
sexlar bilan bir qatorda ularga xizmat qiluvchi yordamchi ishlab 
chiqarishdagi 500 kishigacha xodimga ega, samarasi yo‘q sexlar- 
uchastkalar mavjudligi.
• qaror qabul qiluvchi shaxs ayrim hollarda, o‘z funksiyasiga 
kirmagan boshqaruv operatsiyasini boshqa bo‘linmalar bilan aniq 
texnologik o'zaro bog‘liqliksiz hal etishi;
• ishlab chiqarish jarayonida texnologiyaning sifat talablari, 
xodimlaming mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi talablari 
ustidan tezkor boshqamv funksiyalarining taqsimlanishi va 
ulaming bosh direktoming turli o‘rinbosarlari tomonidan har xil 
yo'nalishda olib borilishi.
K o‘rsatilgan kamchiliklami bartaraf etishning eng sodda va 
aniq uslubi matritsali uslub sanaladi. Tuzilmaviy bo‘linmalar 
o‘rtasida boshqamv funksiyalarini taqsimlash matritsasi jadval 
ko'rinishiga ega bo‘lib, uning qatorlari ishlab chiqarish 
boshqaruvining aniq vazifalari, ustunlari - boshqaruv apparatining 
tuzilmaviy bo‘linmalari sanaladi. Ustunlar va satrlar kesiShuvida 
aniq vazifa bo'yicha tuzilmaviy boMinma javob beradigan 
boshqaruvning asosiy operatsiyalari ko‘rsatiladi.
Boshqamv funksiyalarini taqsimlash martitsasi 
ularni 
korxona rahbariyati va boshqamv apparati bo'linmalari o‘rtasida 
aniq taqsimlash, boshqamv operatsiyalari texnologik ketma- 
ketligini belgilash va muayyan rahbar yoki mutaxassisga 
operatsiyalami aniq biriktirish imkonini beradi.
124


Personalni boshqarish va uning sonini ma’lum bir davrda ish 
miqdorlari va maosh hamda xo jalik xarajatlarining hisob-kitobi 
uchun korxonaning shtat tuzilmasi tasdiqlanishi kerak. Shuning 
uchun korxona shtat tuzilmasining iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy 
vazifasi - xodimlaming miqdoriy kasbiy tarkibini, mehnatga haq 
to iash miqdori va xodimlar ish haqi fondini belgilaydi.
Korxonaning shtat tuzilmasi tarkibini korxona oldida turgan 
maqsad va vazifalarga mos xolda puxta va samarali ishlab 
chiqishga qadar quyidagi muhim hujjatlar tayyorlanishi zarur:
• rejali muddatga korxonaning (oy, chorak, yil davriyligi) ish 
haqi fondi;
• rejali davrga mo‘ljallangan ish miqdorini bajarish uchun 
yetarli miqdordagi personal sonining hisob-kitobi;
• korxonaning shtat jadvali.
Quyidagilar 
shtat 
tuzilmasini 
shakllantirish 
uchun 
boshlang‘ich ma’lumotlar hisoblanadi:
• ishlab chiqarish (ishlar va xizmatlar) ning rejali miqdori;
• personal soni va ish haqi normativlari;
• boshqaruv tashkiliy tuzilmasi sxemasi;
• namunaviy (haqiqiy) shtat jadvallari.
Korxona ish haqi fondining hisob-kitobi ish haqi bo‘yicha 
xarajatlami mutloq kattaliklarda ham, ish haqining mahsulot 
qiymatidagi nisbiy ulushi ko‘rinishida ham asoslash imkonini 
beradi.
Korxonaning shtat tuzilmasi iqtisodiy bo‘lim (moliya-reja 
bo‘limi) bilan kadrlar xizmati mutaxassislari tomonidan ishlab 
chiqilib, korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi va korxona 
muhri qo‘yiladi.
Tasdiqlangan korxona shtat tuzilmasining bir nusxasi 
korxona rahbarida, ikkinchi nusxasi kadrlar bo‘limida, uchinchi 
nusxasi buxgalteriya xizmatida saqlanadi.
Korxonaning shtat tuzilmasiga korxonaning ishlab chiqarish 
miqdori, yangi innovatsion texnologiyalar yuzasidan qo‘shimcha 
ishlab chiqarishlar yoki xizmatlar tatbiq qilinganda yil mobaynida 
bir necha bor o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
125


Ma’muriy uslublar hokimlik, intizom va jarimalarga 
asoslanib, tarixda “xivchin uslubi” nomi bilan ma’lum. M a’muriy 
ta’sir choralarining beshta asosiy usuli farqlanadi.
Tashkiliy ta’sirlar muayyan personal faoliyatini tartibga 
soluvchi ichki normativ hujjatlarni tayyorlash va tasdiqlashga 
asoslangan. Ularga quyidagilar kiradi: shtat jadvali, korxona 
ustavi, bo'linmalar to‘g‘risidagi nizom, jamoaviy shartnoma, 
lavozim yo‘riqnomalari, ish joyini tashkil etish, boshqaruvning 
tashkiliy tuzilmasi.
Korxona standartlari va boshqaruv reglamentlari maqomiga 
chiqqan tashkiliy ta’sir choralari yuqori darajada boMgan 
korxonalarda ta’sir tartibini qoMlashga ehtiyoj kamayadi.
Boshqa tomondan, tashkiliy ta ’sirlarni amalga oshirish ko‘p 
jihatdan xodimlaming mental itetiga, ulaming “qog'ozdagi” 
yo‘riqnomalarga so‘zsiz rioya qilishni, ma’muriyat tasdiqlagan 
qoidalar bo‘yicha ishlashni 
istash-istamasliklariga bog‘liq. 
Masalan Yevropa korxonalari xodimlari belgilangan qoidalarga 
o‘z-o‘zidan tabiiy ishdek qat’iy amal qiladilar. Bizda esa, odamlar 
firmadagi standartlarga rahbariyat ko‘rmayotganda buzish mum­
kin bo'lgan cheklovlar sifatida qaraydilar.
Taqsimlash ta’siri oldinga qo‘yilgan boshqamv maqsadlariga 
bevosita ma’muriy tartibga solish yo‘li bilan erishishga yo‘nal- 
tirilgan.
Ularga: buymqlar, farmoyishlar, ko‘rsatmalar, mehnat 
me’yorlari, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, ishlarni muvofiqlashtirish, ijro- 
ni nazorat qilish kiradi.
Intizomiy javobgarlik va jarima mehnatga oid qonunchilik 
buzilganda, intizomiy harakat sodir etilganda (bunda ishchining 
o‘z mehnat majburiyatlarini noqonuniy aybli bajarmasligi 
tuShuniladi) qo‘llaniladi.
Intizomiy javobgarlik quyidagilarni ko‘zda tutadi: tanbeh, 
hayfsan, qattiq hayfsan va ishdan bo‘shatish.
Xodimlaming moddiy javobgarligi ulaming o‘z aybli 
harakatlari yoki harakatsizliklari orqali o‘zlari ishlaydigan

Yüklə 144 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə