B tjmurzaqov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov korxonada kadrlar


-rasm. Korxonada kadrlar zaxirasini shakllantirish va ular bilan



Yüklə 144 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/85
tarix27.12.2023
ölçüsü144 Kb.
#162759
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   85
Korxonada kadrlar siyosati.PDF

4-rasm. Korxonada kadrlar zaxirasini shakllantirish va ular bilan
ish olib borish
Shaxsiy rejalar ijroeini ta’minlash bo‘yicha ishlami tashkil etish
Zaxiraga kinhlgan nomzodlami tayyorlash shaxsiy rejalanni ishlab chiqish va 
tasdiqlash
Zaxirag» kiritilgan nomzodlarni tayyorlash yo‘nalishlarini aniqlash 
Zaxiraga kiritilgan nomzodlami tarmoq tizimida o‘qitish__________________
Bo‘linmalarning zaxira bo‘yicha takhflarini ko‘rib chiqish 
Ko‘zda tutilayotgan zaxira bo‘yicha takliflami himoya qilish 
Taldiflarm kadrlar bo‘limi boshlig‘iga taqdim etish 
Zaxiraning korxona rahbari tomonidan ko'rib 
clu qilishi va tasdiqlanishi 
Zaxirani haryil qayta ko‘rib chiqish
Lavozim yo‘riqnomalari va nizomlarini o'rganish
Xodimlarga asosiy talablami aniqlash
A w algi lavozimlardagi ish natijalarini o‘rganish
Nomzod amaliy va shaxsiy sifatlarining talabga muvofiqligini bdgflash
Zaxiraga kiritish uchun nomzodlar tayyorlash
Tashkiliy-me’yony hujjatlami o'rganish
Rahbariik lavozimlari yangi ro ‘yxatini tuzish 
Kadrlar tarkibi va ularning joy-joyiga qo‘yilishi tahlili
113


1. 
Nomzodlarni rivojlantirish. Bu rejalantirilgan tadbirlar -
nazariy va amaliy 
(boshqaruv) 
bilimlarni, 
ko‘nikmalarni 
takomillashtirish aniq vazifalarini bajarishdir. Ularga quyidagilar 
kiradi:
- mashq (trening) larda ishtirok etish;
- malaka oshirish kurslarida o‘qish;
- seminar, konferensiya va kongress larda ishtirok etish;
- stajirovkalar 
(o‘quv 
markazlari, 
ishlab 
chiqarishni 
boshqarishning ilg‘or texnologiyalari joriy etilgan korxonalar, Shu 
jumladan chet el kompaniya va firmalarida);
- tavsiya etilayotgan lavozimda (asosiy rahbar yo‘q vaqtida) 
stajirovka;
- xizmat vazifalari rotatsiyasi;
- mehnat faoliyatining 
gorizontal 
kengayishi 
(o'zaro 
bog‘liq, doirasi kengaytirilgan vazifalarni bir darajada bajarish);
- mehnat faoliyatining vertikal kengaytirilishi (xizmat 
vazifalariga egallab turgan lavozimidan yuqori darajadagi 
mansablarda ko‘zda tutilgan vazifalarni ham kiritish);
- ishlab chiqarish ayrim amaliy masalalarini, korxona va 
uning 
bo‘linmalari 
faoliyati 
tajribasini, 
yuzaga 
chiqqan 
muammolar kelib chiqishi sabablarini o‘rganishga hamda bular 
xususida asoslangan xulosa va tavsiyalar tayyorlashga jalb etish;
- o ‘z korxonasi hamda boshqa kompaniya va firmalar ishlab 
chiqarish o‘quvlarida o‘qituvchi sifatida ishtirok etish;
Zaxirani shakllantirish umuman korxonada hamda uning 
bo‘linmalarida rahbarlik lavozimlarini egallash uchun maxsus 
tanlab olingan nomzodlarni aniq maqsadni ko‘zlagan holda 
rivojlantirishdir. (1-rasm).
Zaxirani shakllantirish yuzasidan ishlami tashkil etish uchun 
eng aw alo quyidagilar hisobga olinishi talab etiladi:
- zaxirani shakllantirish maqsadlarini aniqlash;
- zaxirani shakllantirish tamoyillarini belgilash;
- zaxiraga kiritish mezonlarini belgilash;
- zaxira lavozimda ko‘tarilishi uchun tayyorligini baholash 
tizimini ishlab chiqish;
114


- zaxirani shakllantirish va undan foydalanish usullarini 
belgilash;
- personalni boshqarish xizmatining kadrlar zaxirasi bilan ish 
olib borish yuzasidan vazifalari.
Zaxirani shakllantirish usuli odatda kompaniya yoki firmaning 
kadrlar zaxirasi to‘g‘risidagi nizomida aks ettiriladi. Personal 
ushbu hujjatdan yaxshi xabardor boMishi darkor, chunki xodim­
lami zaxiraga kiritish ular uchun katta qiziqtirish kuchiga ega.
Zaxirani shakllantirish quyidagi bosqichlardan iboratdir:
- zaxiraga kiritishga mo‘ljallangan nomzodlarni dastlabki 
o‘rganish va baholash;
- zaxira tarkibiga nomzodlarni saralash;
- zaxira tarkibiga kiritish;
- zaxirani tayyorlashni tashkil etish;
- zaxira tayyorlashni baholash.
Zaxiraga kiritish uchun nomzodlarni shakllantirishda ikkita 
ro'yxat tuziladi:
-kadrlar zaxirasiga kiritish uchun nomzodlaming umumiy 
ro‘yxati;
-aniq lavozimlami egallash uchun nomzodlaming umumiy 
ro'yxati.
Umumiy ro'yxatga kiritilishi mo‘ljallangan nomzodlardan 
qaysilarini o'qitish darkorligi, nomzod shaxsiy xususiyatlarini 
hamda kelajakda undan rahbarlik lavozimida foydalanishni 
hisobga olgan holda uni tayyorgarlikdan o‘tkazishning qaysi 
shaklini tanlashga aniqlik kiritish lozim.
Aniq lavozimga zaxiraga kiritilishi mo‘ljallangan nomzod­
larni shakllantirishda esa eng avvalo bu nomzodlarni baholash 
kerak. Baholash jarayonida nomzodning kelajakda egallashi mo‘l- 
jallanayotgan lavozim talablariga naqadar muvofiqligi aniqlanadi.
Mehnat jamoasiga rahbarlik uchun chetdan jalb etilgan 
xodimni yangi vazifaga ko‘niktirish yanada murakkabroqdir. 
Chunki ular nafaqat o‘zi rahbarlik qiladigan jamoa bilan, balki 
korxona, uning tuzilishi, an’analari, o ‘ziga xos xususiyatlari va 
hokazolar bilan mutlaqo notanish bo'ladilar. Shuning uchun 
personalni boshqarish xizmatlarining zaxirani tayyorlash dasturi
115


doirasida yangi lavozimga ko‘niktirish maxsus dasturlarini ham 
ishlab chiqishlari talab etiladi.
4.4.K adrlar siyosati to‘g‘risidagi Nizom
Kadrlar siyosati to‘g‘risidagi Nizom tahliliy va tashkiliy 
ishlarning eng muhim nuqtasiga aylanib, korxonadagi xodimlar 
bilan bog‘liq barcha tadbirlarni belgilovchi asosiy hujjatdir.
0 ‘rta va yirik korxonalarning kadrlar siyosati turli hujjatlarda 
shakllantirilishi mumkin:
kadrlar siyosati to‘g‘risidagi qoidalar; 
korxonaning rivojlanish dasturlari; 
korxona rahbariyatining davriy dasturiy bayonnomalari; 
xodimlaming 
ishini 
tartibga 
soluvchi 
yo‘riqnomalar, 
hujjatlar, kodlar, nizomlar; 
korporativ standartlar; 
jamoa shartnomalari va hokazo hujjatlar.
Kadrlar siyosati to‘g‘risidagi hujjat quyidagi bo‘limlardan 
iborat boMishi mumkin:
1. Kadrlar siyosatini ishlab chiqish, tasdiqlash va o ‘zgartirish 
tartibi.
2. 
Kadrlar talablarini 
tahlil 
qilish, 
prognozlash va 
rejalashtirish tartibi.
3. Har xil lavozimlarda va menejment darajasida kadrlarga 
bo‘lgan talabni shakllantirish tartibi.
4. Xodimlarni tanlash va baholash.
5. Yetakchi kadrlar zaxirasi bilan ishlashni tashkil etish.
6. Kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini 
oshirish.
7. Motivatsion yondashuv, xodimlarni rag‘batlantirish, ijti­
moiy siyosat;
8. Xodimlarni almashtirish tizimi.
9. Kadrlar siyosatini boshqarish va uni amalga oshirishni 
nazorat qilish.
10. Ishchilarning salomatligini saqlash uchun munosib 
mehnat, xavfsizlik va qulay sharoitlami yaratish.
116


11. 
Kadrlar siyosatini amalga oshirish uchun moliyalashtirish 
manbalari va tartibi.
Kadrlar 
siyosatining 
yo‘nalishlari 
boshqa 
hujjatlarda 
belgilanadi: me’yoriy-huquqiy hujjatlar (kadrlami saralash
tanlash, kadrlar tayyorlash, boshqamv xodimlari zaxirasi va 
hokazolar). Hujjatning kadrlar siyosati bo‘yicha tuzilishi taxminan 
quyidagicha bo‘lishi mumkin (9-jadval).
Korxonalar orasidagi 
farq, 
ularni boshqarish uslubi, 
rivojlanishining 
turli 
bosqichlari, 
vazifalar, 
maqsadlar, 
strategiyalar, maqom, ahamiyat, xodimlar xizmatining ta’siri 
kadrlar siyosatini shakllantirish metodologiyasi va tartibiga turli 
yondaShuvlarga olib keladi. Har bir muayyan korxonada kadrlar 
siyosatining boshqa ko‘rinishi mavjud. Korxonalar xilma-xilligi 
kadrlar siyosatining turli-tumanligiga olib keladi. 
Kadrlar 
siyosatini shakllantirish metodikasini tanlash va xodimlaming 
xizmatidagi o‘rni - boshqaruvchilar tomonidan aniqlanadi.
9-jadval

Yüklə 144 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə