B tjmurzaqov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov korxonada kadrlar


 Korxonada rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish



Yüklə 144 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/85
tarix27.12.2023
ölçüsü144 Kb.
#162759
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   85
Korxonada kadrlar siyosati.PDF

4.3. Korxonada rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish
yo‘llari
Kadrlar zaxirasi deyilganda o‘z amaliy va shaxsiy sifatlan 
bo‘yicha muayyan darajadagi rahbarga qo‘yiladigan talablarga javob 
beradigan, saralashdan, maxsus boshqaruv va kasbiy tayyorgarlikdan 
o‘tgan hamda rahbarlik faoliyatini amalga oshirishga qodir bo‘lgan 
xodimlaming maxsus shakl lantirilgan gumhi tushuniladi.
Personal bilan ish olib borishning boshqa ko‘pgina 
yo‘nalishlari kabi kadrlar zaxirasi bilan ishlash ham kompleks 
xarakterga ega va o'zaro bog‘liqdir
Ma’lumki, kompaniya va firmalarda kadrlar siyosati yopiq 
hamda ochiq bo‘lishi mumkin. Yopiq turdagi kadrlar siyosatida 
zaxira manbalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
- bosh va yetakchi mutaxassislar;
-tegishli ma’lumotga ega, amaliy faoliyatda o‘zini ijobiy 
jihatdan namoyon qilgan mutaxassislar;
- stajirovkadan o‘tgan yosh mutaxassislar.
Ochiq turdagi kadrlar siyosatida zaxiraga ham korxona 
o‘zidagi, ham boshqa kompaniya va firmalardagi, ham davlat, ham 
tijorat va xususiy korxonalardagi, jamoat biriashmalari, boshqa 
tashkilotlardagi rahbar xodimlar, mutaxassislar kiritilishi mumkin. 
Xodimlami deyarli barcha bo‘g‘inlardagi rahbarlik lavozimida 
o‘stirishga jalb etish zaxirani shakllantirish oshkoraligini ta’minlaydi.
Zaxiraga kiritishning ikki turi mavjud
1. Faoliyat turi bo‘yicha:
rivojlantirish 
zaxirasi. 
Ularga 
korxonaning 
yangi 
yo‘nalishlari (ishlab chiqarish yo‘nalishlari o'zgartirilganda, yangi


texnologiyalar joriy etilganda, yangi maxsulotlar tayyorlash 
yo‘lga qo‘yilganda) doirasida faoliyat yuritishga tayyorlanayotgan 
rahbar va mutaxassislar kiritiladi. Mazkur xodimlar rahbarlik 
lavozimida o'sishni, yoki xizmat vazifasida o'sishni tanlab 
olishlari mumkin;

funksiyali zaxira. Bu guruhga kelajakda korxona faoliyatini 
qo'llab-quwatlashlari umid qilinadigan rahbarlar va mutaxassislar 
kiritiladi. Ushbu xodimlar xizmat pillapoyalaridan yuqoriga 
ko‘tarilishga yo‘naltirilgan bo‘ladilar.
2. Lavozimga tayinlash muddati bo‘yicha:
“A” guruhi - asosiy zaxira, ya’ni ayni vaqtda yuqori 
lavozimga ko‘tarilishi mumkin bo‘lgan nomzodlar;
“B” guruhi - istiqbolli zaxira. Bu guruhga yaqin 1-3 yil 
ichida rahbarlik lavozimiga ko'tarish mo‘ljallangan nomzodlar 
kiritiladi.
Istiqbolli zaxira tarkibi 35 yoshgacha bo'lgan, korxona bo'lin- 
malarida mehnat faoliyati bilan o‘zini ko‘rsatgan, tashkilotchilik 
qobiliyatiga ega yosh xodimlar hisobiga shakllantiriladi. Ular reyting 
usulida baholashdan foydalanilgan hoi da o‘qitiladi.
Asosiy zaxira tarkibi tegishli tayyorgarlikka va rahbarlik lavo- 
zimlarida ishlash tajribasiga ega xodimlar hisobiga shakllantiriladi.
Shu bilan birga potensial va tezkor zaxira ham bo'ladi. 
Potensial zaxiraga korxonada mavjud barcha lavozimlarga nom­
zodlar kiradi. Bu tarkibdan yaqin vaqt ichida bo‘sh qolishi 
kutilayotgan rahbarlik lavozimlariga tezkor zaxira shakllantiriladi.
Zaxirani shakllantirish tamoyillari quyidagilardan iboratdir:
Zaxira muhimligi tamoyili lavozimlarni egallashga aniq 
ehtiyojni hisobga olishni anglatadi. Bu tamoyilga muvofiq zaxira 
tarkibi shunday shakllantirilishi kerakki, unga kiritilgan xodimlar 
amalda lavozimda ko'tarish imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak.
Nomzodning lavozim va zaxira turiga muvofiqligi tamoyili 
nomzodning muayyan lavozimda faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur 
sifatlari va malakalarini, bu lavozimga qo‘yilgan talablami 
hisobga olish demakdir.
Nomzodning istiqbolligi tamoyili. Bu tamoyilga muvofiq 
quyidagilar hisobga olinishi kerak:
110


- kasbiy o'sishga yo‘naltirish;
- ma’lumot darajasiga bo‘lgan talab;
- yoshga bo‘lgan talab;
- lavozimdagi ish staji hamda umuman karerasi dinamikasi;
- salomatligining ahvoli.
Har bir korxona va tashkilot (u katta yoki kichkinaligidan qat’iy 
nazar)da kadrlar zaxirasi bo‘lishi lozim. Odatda yirik kompaniya va 
firmalarda zaxira tarkibi o‘z xodimlari hisobiga shakllantirilishini 
nazarda tutgan holda asosiy e’tibor bo‘linma rahbarlarini vertikal 
bo'yicha 
rotatsiya qilishga, korxona xizmatlari rahbar va 
mutaxassislami esa gorizontal siljitishga berilishi muvofiqdir.
Zaxira
tarkibi va miqdori korxonadagi lavozimlar darajasi, 
personal qo‘nimsizligi, rivojlantirish rejalariga qarab ilgaridan 
belgilab qo‘yiladi. Shunga muvofiq turli lavozimlar uchun zaxira 
koeffitsiyenti belgilanadi. Bu koeffitsiyent 1 dan 3 gacha bo'lishi 
mumkin. Ya’ni bu bir lavozim uchun bittadan uchtagacha nomzod 
zaxiraga kiritilishi mumkinligini anglatadi.
Zaxirani tayyorlash muddati tugagach hamda kasbiy 
tayyorgarlik bo‘yicha shaxsiy reja bajarilgandan so‘ng zaxira 
tayyorgarligi baholanadi (8-jadval).
Zaxiraning shaxsiy tarkibi muntazam ravishda (odatda har 6 
oyda) personalni boshqarish xizmati tomonidan ko‘rib chiqilishi, 
zarurat bo‘lsa bu tarkibga xodimlaming shaxsiy m uvaffaqi- 
yatlari (attestatsiya natijalariga ko‘ra), rahbarlik lavozimiga 
ehtiyojlar hamda kadrlarni joy-joyiga qo‘yishdagi o‘zgarishlar 
hisobga olingan holda aniqlik kiritilishi darkor.
Nomzodning kadrlar zaxirasiga kiritilishi unga rahbarlik 
lavozimi berilishi kafolati hisoblanmaydi. Biroq bo‘sh rahbarlik 
lavozimiga nomzodlar birinchi navbatda zaxira tarkibidan 
tayinlanishi qoidaga aylanishi kerak. Zaxiradagi nomzodni bo‘sh 
lavozimga tayinlashdan voz kechilishi asoslab berilishi darkor.
Kadrlar zaxirasi bilan ish olib borishni tashkil etish 
quyidagilarni ko‘zda tutadi.
1. Xodimlarni rivojlantirishni rejalashtirish. Bu boshqaruv 
lavozimi (kasb) da kelajakda o‘sishga tayyorgarlik bosqichi 
hisoblanadi. Kadrlar zaxirasiga kiritilganligi tasdiqlangan
i l l


nomzod, zarurat bo‘lsa personalni boshqarish mutaxassislarini 
jalb etgan holda hamda zaxiraga kiritilgandagi tavsiyalarni 
hisobga olib, uch yil muddatga mo‘ljallangan shaxsiy rivojlanish 
rejasini ishlab chiqadi.8

Yüklə 144 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə