ishni bajarish uchun talablami to‘g ‘ri oldindan tahlil qilish asosida
nomzodlami tanlaydi. Lavozimga nomzodlar taklif qilinayotgan
ishning batafsil tavsifi bilan o‘zlari tanlab olishni ta’minlaydilar.
Personalni boshqarish xizmati bo‘sh ish joylarini aniqla-
gandan so‘ng bevosita ishga qabul qilish jarayoniga kirishadi. Bu
ham bir necha bosqichdan iboratdir.
1. Ishlab chiqarish yoki boshqaruv
faoliyatining u yoki bu
funksiyalarini bajarishga qodir nomzodlami aniqlash.
2. Xodimni xizmat yoki kasbiy vazifasiga muvofiq ishga
yollash (qabul qilish) tartibi.
3. Xodimni ishdan bo‘shatish tartibi, sabablari va shartlari.
4. Ishdan bo‘shatilganlar va ishsizlarning davlat tomonidan
qoilab-quwatlanishi va ijtimoiy himoya bilan ta’minlanishi.
1-rasm. Ishga qabul qilish jarayoni
Rahbariyat lavozimiga nomzodlami
tanlashda kompaniya
xodimlari orasidan ba’zilari seminar-treningga taklif etiladi.
Kompaniyaning mavjud mutaxassis maslahatchilari nomzodlami
ushbu vazifani hal qilishda yoki ular taklif etgan masalani
muhokama qilayotganda baholaydilar.
Nomzodlar bilimini
aniqlash uchun testdan ham o ‘tadilar. Odatda, har bir firma o‘z
85
tanlov mezonlari va xodimlarni ishga yollash tartibini
rivojlantirib
boradi. Talab qilingan talablarga muvofiq nomzodlar kasbiy
mahoratga, shaxsiy fazilatlariga ko‘ra baholanadi.
Nomzodlarni tanlab olish vazifasining ahamiyati ulami
baholash zaruratini yuzaga keltiradi. Nomzodni dalillar asosida
baholash imkonini beruvchi maxsus
standart dasturlari ishlab
chiqilgan.
Ishga yollash jarayoni personal xizmatining mehnat bozo-
ridagi faoliyatini tashkil etishdan boshlab shtatga qabul qilingan
xodimni xizmat vazifasiga ko‘niktirishgacha bo‘lgan bosqichlarni
o‘z ichiga oladi. Ular quyidagichadir:
Dostları ilə paylaş: