B tjmurzaqov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov korxonada kadrlar


Xodim lam i saralash, tanlash va ishga rasmiylashtirish



Yüklə 144 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/85
tarix27.12.2023
ölçüsü144 Kb.
#162759
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   85
Korxonada kadrlar siyosati.PDF

3.3.Xodim lam i saralash, tanlash va ishga rasmiylashtirish
Kadrlami saralash, tanlash va ishga rasmiylashtirish kadrlar 
siyosati sohasidagi asosiy yo‘nalishlar hisoblanadi. Ushbu jara- 
yonni amalga oshirish samaradorligi har qanday kompaniyaning 
ishlashiga bog‘liq bo‘lib, bunda boshqamv jiddiy ahamiyat kasb 
etadi.
Kadrlar bilan ishlash bo‘yicha xizmatlaming markaziy 
o‘rinlaridan biri xususiy kompaniyalaming quyi va o‘rta darajadagi 
rahbarlarini tanlashdir. Germaniyadagi firma va korporatsiyalarda 
yuqori malakali kadrlar korpusining shakllanishi juda muhimdir. 
Ko‘pchilik menejerlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri firmalarda o‘sib boradi va 
doimo boshqaruvning barcha darajalarini egallaydi.
Yetakchi kadrlami tanlashning asosiy qoidasi, o‘z navbatida, 
tanlab olishdir, bu ko‘plab iqtisodiy va ijtimoiy muammolami hal 
etishning samarali shartidir. Vakolatli kompaniyalar ma’lum bir
84


ishni bajarish uchun talablami to‘g ‘ri oldindan tahlil qilish asosida 
nomzodlami tanlaydi. Lavozimga nomzodlar taklif qilinayotgan 
ishning batafsil tavsifi bilan o‘zlari tanlab olishni ta’minlaydilar.
Personalni boshqarish xizmati bo‘sh ish joylarini aniqla- 
gandan so‘ng bevosita ishga qabul qilish jarayoniga kirishadi. Bu 
ham bir necha bosqichdan iboratdir.
1. Ishlab chiqarish yoki boshqaruv faoliyatining u yoki bu 
funksiyalarini bajarishga qodir nomzodlami aniqlash.
2. Xodimni xizmat yoki kasbiy vazifasiga muvofiq ishga 
yollash (qabul qilish) tartibi.
3. Xodimni ishdan bo‘shatish tartibi, sabablari va shartlari.
4. Ishdan bo‘shatilganlar va ishsizlarning davlat tomonidan 
qoilab-quwatlanishi va ijtimoiy himoya bilan ta’minlanishi.
1-rasm. Ishga qabul qilish jarayoni
Rahbariyat lavozimiga nomzodlami tanlashda kompaniya 
xodimlari orasidan ba’zilari seminar-treningga taklif etiladi. 
Kompaniyaning mavjud mutaxassis maslahatchilari nomzodlami 
ushbu vazifani hal qilishda yoki ular taklif etgan masalani 
muhokama qilayotganda baholaydilar. 
Nomzodlar bilimini 
aniqlash uchun testdan ham o ‘tadilar. Odatda, har bir firma o‘z
85


tanlov mezonlari va xodimlarni ishga yollash tartibini rivojlantirib 
boradi. Talab qilingan talablarga muvofiq nomzodlar kasbiy 
mahoratga, shaxsiy fazilatlariga ko‘ra baholanadi.
Nomzodlarni tanlab olish vazifasining ahamiyati ulami 
baholash zaruratini yuzaga keltiradi. Nomzodni dalillar asosida 
baholash imkonini beruvchi maxsus standart dasturlari ishlab 
chiqilgan.
Ishga yollash jarayoni personal xizmatining mehnat bozo- 
ridagi faoliyatini tashkil etishdan boshlab shtatga qabul qilingan 
xodimni xizmat vazifasiga ko‘niktirishgacha bo‘lgan bosqichlarni 
o‘z ichiga oladi. Ular quyidagichadir:

Yüklə 144 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə