Bajardi: mansurov islom karim o’G’li reja



Yüklə 4,74 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü4,74 Kb.
#137766
психалогия жураева

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Xulosa

PPS-114GURX FAN:Психология назарияси ва тарихи Mavzu:Psixologiya fanining tadqiqot metodlari

BAJARDI:MANSUROV ISLOM KARIM O’G’LI

REJA

 

  • Psixologiya sohasida ilmiy tekshirish olib borishning o‘ziga xosligi.
  • Psixologik tadqiqot metodlari

  • 3Kuzatish, eksperiment, suhbat va so‘rov metodlari

4Xulosa

Tayanch iboralar: metod, psixika, suhbat, kuzatish, tekshirish, so‘rov metodi, eksperiment. Psixologiyada tekshiriladigan psixik hayot hodisalari juda xilma-xil va murakkab hodisalardir. Bu hodisalar qanday metodlar bilan, ya’ni qaysi yo‘llar bilan, qanday usullar bilan tekshiriladi, degan savol tug‘iladi.Psixologiyada chinakkam ilmiy bilimga ega bo‘lmoq uchun psixikani tekshirish metodlarini bilish va shu metodlardan foydalana bilish kerak. Har bir pedagog kishilar psixikasini tekshirish uchun loaqal eng oddiy usullarni bilishi lozim.

Psixik hayot hodisalarning ularning taraqqiyot jarayonidan o‘rganganda miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishini va bir sifat holatining ikkinchi sifat holatiga o‘tishini ko‘zdan kechirmoq kerak. Masalan, odam psixikasining taraqqiy etishini o‘rgana turib, bilim olish va to‘plash jarayonida odamning bilish qobiliyatlari: xotirasitafakkuri va nutqi, mushohadakorligi sifat jihatidan o‘zgarishni ko‘rsatib bersa bo‘ladi. Odam ongi uning tarixiy taraqqiyotida shakllanadi. Hozirgi mustaqillik sharoitida milliy ongning shakllanishiga taalluqli umumiy ilmiy qonuniyatlarni izlash, yangicha tafakkur qilish va dunyoqarashni shakllantirish milliy mafkura va milliy g‘oyani shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Odamning tevarak atrofdagi voqe’likni bilishi kuzatishdan, tajribadan boshlanadi. SHu sababli, ilmiy psixologiya ham o‘z mavzuini o‘rganishni tajribadan, psixik hayot faktlarini aniqlash, tasvir etish va tahlil qilishdan boshlashi lozim. So‘ngra, aniqlangan va tahlil qilingan faktlar asosida, psixik hayot qonuniyatlarini ochib, tegishli nazariy va amaliy xulosalar chiqarilishi lozim.

Har bir fandagi kabi psixologiyada ham tajriba, kuzatish va eksperiment shaklida qo‘llaniladi. Kuzatish va eksperimentdan tashqari, ilmiy tekshirishning boshqa mahsus medotlari: suhbat metodi, biografiya metodi, solishtirma tarixiy metod va boshqa metodlar ham qo‘llaniladi.

Xulosa

  •  Psixologiya insonga o'zining ruhiy hayotini tushunishga, o'zini tushunishga, kuchli va zaif tomonlarini, kamchiliklarini tushunishga yordam beradi. Shaxsning psixik jarayonlari va psixologik xususiyatlarini, turli faoliyat turlarini o'rganish uchun psixologiya ma'lum tadqiqot metodlari qo'llaydi.

Yüklə 4,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə