Baliqlarning Lernioz, Argulyoz, Dioktofimoz kasalliklari differensial diagnostikasi va oldini olish tadbirlari



Yüklə 166 Kb.
səhifə1/4
tarix29.11.2023
ölçüsü166 Kb.
#138894
  1   2   3   4
2 lab


Baliqlarning Lernioz, Argulyoz, Dioktofimoz kasalliklari differensial diagnostikasi va oldini olish tadbirlari

6.1. Baliqlarning Lernioz, kasalliklari differensial diagnostikasi va oldini olish tadbirlari.


6.2. Baliqlarning Argulyoz, Dioktofimoz kasalliklari differensial diagnostikasi va oldini olish tadbirlari.


Darsning maqsadi. Talabalarga baliqlarning lerneoz, argulyoz, dioktofimoz kasalligi qo‘zg‘atuvchisining anatomo-morfologik tuzilishini, biologik rivojlanishini hamda ushbu kasalliklarga diagnoz qo‘yish usullari, differensial diagnostikasi, davolash, oldini olish va qarshi kurashish tadbirlarini tushuntirishdan iborat.
Darsga kerakli asbob-uskunalar va jihozlar. Turli turdagi baliqlarning krustatseozlari, tekshirish uchun kerakli eritmalar va reaktivlar, lupalar, mikroskoplar, qo‘zg‘atuvchilarni sistematikasi, anatomo-morfologik tuzilishi va biologik rivojlanishi, antgelmintiklar ro‘yxati va retsepti yozilgan va aks ettirilgan jadvallar, antgelmintiklarning namunalari.
Darsning o‘tish uslubi. Darsda dastlab baliqlarning tana yuzasidagi parazitlariga xarakteristika berilib, qo‘zg‘atuvchining morfologik tuzilishi va biologik rivojlanishlardagi farqlari tushuntiriladi. Kasalliklarga diagnoz qo‘yish, davolash va oldini olish tadbirlari tushuntiriladi, so‘ngra talabalar baliq namunalarni tekshirib, ularni bir-biridan farqlab daftarlariga chizib oladilar.
Lernioz – bu invazion kasallik bo‘lib, Chuchuk suv baliqlari terisining zararlanishi bilan xarakterlanadi.
Kasallik qo‘zg‘atuvchisi – Lernaea (L.elegans, L.cyprinacea) avlodiga mansub eshkakoyoqli qisqichbaqa. Jinsiy yetilgan urg‘ochi tanasi uzaygan, silindrsimon, bo‘g‘imlarga bo‘linmagan, orqa uchi biroz kengaygan, 0,1 – 1,6 sm uzunlikda. Boshining so‘ngi qismida 4 ta o‘simtasi joylashgan, shu orqali lerneozlar baliq tanasiga kirib oladi. 5 juft ikki karra shoxlangan suzgich oyoqchalari bor. Tuxum qopchalari 1 juft, uzun, har biri 300 – 700 tuxum saqlaydi. Parazit karpsimon baliqlar tanasida joylashib oladi (karp, leshch, sazan, tovonbaliq).
Tuxumdan erkin suzuvchi lichinkalar – naupliuslar chiqadi. Ular 3 juft keyingi oyoqlarga ega. 9 – 10 kun davomida ular suvda har safar tullashni amalga oshirgan holda 3 ta nauplial va 5 ta kopepodit bosqichlaridan o‘tadi. 5- tullashdan so‘ng urg‘ochi va erkaklari shakllanadi. Tez fursatlarda jinsiy ko‘payishdan so‘ng erkaklari nobud bo‘ladi, urg‘ochilari esa baliq to‘qimalariga kirib olib, jinsiy yetiladi.

Yüklə 166 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə