Baliqlarning Lernioz, Argulyoz, Dioktofimoz kasalliklari differensial diagnostikasi va oldini olish tadbirlari



Yüklə 166 Kb.
səhifə2/4
tarix29.11.2023
ölçüsü166 Kb.
#138894
1   2   3   4
2 lab

Klinik belgilari. Kasal baliqlar oziqlanishdan bosh tortadi, irmoqlarda to‘planib oladi, ozib ketadi. Bir yillik karpsimonlarning halokati kuzatiladi. Baliq tanasidagi qon quyulish va yaralari hisobiga o‘zining tovar sifatini yo‘qotadi. Lernealar baliq terisini teshib muskul to‘qimasigacha yetib, unga chuqurroq kirib oladi, shu bilan birga butun tananing yuzasiga joylashib oladi. Lenia joylashgan to‘qimalarga yallig‘lanish jarayoni kechadi, shish hosil bo‘ladi, giperemiyalashadi va oq tor, ensiz yarachalar hosil bo‘ladi. Zararlangan uchastkalarga patogen bakteriyalar, zamburug‘lar rivojlanadi. To‘qimalarda qonli ekssudatning shimilishi oqibatida teridagi tangachalar biroz ko‘tariladi, shaklsizlanadi va quruqlanadi. Kasal baliqlar oziqa qabul qilmaydi, oriqlanadi, sekin harakatlanadi, suv oqimiga to‘planadi va nobud bo‘ladi, ayniqsa karp va buffalo turdagi baliqlarning segoletkalari. Baliqlarni kasallik bilan zararlanishi juda ham yuqori bo‘lib, har bir baliqga o‘nlab mikdorda bo‘ladi. Lernea bilan zararlangan baliqlar kelgusi yilda kasallikni tarqatuvchilari bo‘lib qoladi. Lernealarning lichinkali bosqichi kasallikni manbai hisoblanadi.
Patologoanotomik o‘zgarishlar. Kasal baliq terisida qon quyulish va yaralar bilinib turadi.
Tashxis. Tashxis klinik belgilar va baliq tanasidan lichinka hamda jinsiy yetuk lerneozni topish asosida amalga oshiriladi.
Ixtisoslashgan tashxis. Lerneozni argulyozdan farqlash lozim (argulyoz tanasi yumaloq, 0,6-0,8 sm o‘lchamli bo‘ladi).
Oldini olish. 100 – 150 kg/ga miqdorida so‘ndirilmagan ohakni suvga solish yaxshi samara beradi. Buni 2 marta (may va sentyabr) ph 8,5 – 9,0 gacha ko‘tarilganda amalga oshirish kerak va bu parazit lichinkalari uchun halokatli sanaladi. Bundan tashqari organik bo‘yovchilar (och yashil yoki binafsharang “K”) 0,1 – 0,2 g/m3 hisobida ishlatiladi. Shuningdek konsentratsiyasi 3 – 5% li, 10 g/m3 miqdorda, 1,5 – 2 soat bo‘lgan tuzli vanna yoki 45 daqiqalik 1:500 nisbatdagi formalindan foydalaniladi.






Yüklə 166 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə