Baliqlarning Lernioz, Argulyoz, Dioktofimoz kasalliklari differensial diagnostikasi va oldini olish tadbirlari


Baliqlarning lernioz kasalligi belgilari



Yüklə 166 Kb.
səhifə3/4
tarix29.11.2023
ölçüsü166 Kb.
#138894
1   2   3   4
2 lab

Baliqlarning lernioz kasalligi belgilari




Biologik usul quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Ko‘paytiriladigan va boqiladigan hovuzlar suvga to‘ldirilgach 7 – 10 kun davomida baliqsiz qoldiriladi chunki 4 – 5 kundan so‘ng erkin yashovchi parazit lichinkalari xo‘jayinlarini topolmay nobud bo‘lishadi.
Argulyoz – bu karpsimon baliqlarning invazion kasalligi bo‘lib, anemiya va ozib ketish bilan xarakterlanadi.
Kasallik qo‘zg‘atuvchisi Argulos avlodiga mansub jabradumli qisqichbaqalar (A.foliaceus, A.japonicus). A.foliaceus (baliq biti) uzunligi 0,6 – 0,7 sm, A.japonicus 0,4 – 0,8 sm.
Cho‘zinchoq tanasi – qo‘shilib ketgan boshko‘krak va kichkina qorinchadan tashkil topgan. Orqasi to‘siqchalar bilan qoplangan. 2 ta ko‘zi, xanjarcha, so‘ruvchi hartumcha va 4 juft suzgich oyoqchalari bor. Parazit baliq tanasida joylashib oladi.
Urg‘ochilari suv ostidagi qulay joylarga tuxum qo‘yadi (300 tagacha tuxum). 3 – 5 haftadan so‘ng ulardan lichinkalar rivojlanadi, 2 – 3 kun mobaynida baliqqa hujum qiladi va 2 – 3 haftadan so‘ng jinsiy yetiladi. Yoz davomida qisqichbaqa – argulyozlarning 3 ta nasli vujudga keladi.
Barcha yoshdagi baliqlar zararlanadi, lekin ko‘proq shu yil tug‘ilgan karplar, sazan, leshch, sudak va forel (gulmoxi) kabilar sezgir bo‘lishadi. Eng yuqori invaziya ekstensivligi iyul – avgust oylarida kuzatiladi. Argulyozlar baliqlar tanasida qishlaydi.
Klinik belgilari. Baliq bezovtalanadi, yomon oziqlanadi, o‘sish va rivojlanishdan orqada qoladi, o‘tlar orasiga yashirinadi. Jabralari qonsizlangan, tanasi yarachalar bilan qoplanadi.

Argulyoz kasalligining qo‘zg‘atuvchisi va belgilari


Qo‘zg‘atuvchisi. D. renale katta qizil tusdagi parazit bo‘lib, ayrim jinsli. Og‘iz teshigi 12 ta lablar bilan o‘ralgan bo‘lib, ular ikki qator xalqaga o‘xshash shaklda joylashgan. Erkaklarning uzunligi 14-40 sm, dumdagi jinsiy bursasi xuddi qo‘ng‘iroqqa o‘xshash shaklda, spikulasi bitta, ingichka 5-6 mm uzunligi. Urg‘ochilarning uzunligi 20-100 sm, vulva teshigi qizillo‘ngachning boshlang‘ich qismi to‘g‘risida ochiladi. Parazitning tuxumlari ovalsimon, diametri 0,077-0,083 mm. Epitelial qobig‘ida yarim
yumaloq, unchalik chuqur bo‘lmagan xuddi kissaga o‘xshash mayda chuqurchalar mavjud.

Yüklə 166 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya