Bank tarixi



Yüklə 5,98 Mb.
səhifə6/19
tarix23.02.2023
ölçüsü5,98 Mb.
#101368
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Amaliyot

ICHKI AUDIT BOSHQARMASI
Bank faoliyati ustidan to’liq nazorat o’rnatilishi uchun bank Kengashiga zarur va ob’ektiv axborotlar bilan ta’minlash. Bunda aktivlar harakati ustidan umumiy nazorat o’rnatilganligi, tashkiliy tuzilmalar samaradorligi va daromadliligi hamda nazorat tizimining faoliyati to’g’risida to’liq tasavvurni shakllantirishga qaratilgan hisobotlarni shakllantirishdan iborat.
IJRO APPARATI
Kirish va chiqish hujjatlarini ro’yxatdan o’tkazish, arxiv ishini tashkil etish, Ijro intizomini nazorat qilish, jumladan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qaror va topshiriqlari ijrosi nazoratini olib borish, bank aksiyadorlari Umumiy yig'ilishi, bank Kengashi va Boshqaruvi qarorlarining o’z vaqtida va sifatli bajarilishini, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining o’rnatilgan tartibda ko’rib chiqilishini nazorat qilish.
INNOVASION O‘QUV MARKAZI (Departament maqomida)
Bankning har bir xodimi kasbiy bilimi va malakasini hamda tayorgarlik darajasini, ularning egallab turgan lavozimlariga bo’lgan talablarga muvofiqlashtirish, bilimlarini uzluksiz oshirish, ko’rsatilayotgan ustuvor bank xizmatlari doirasini kengaytirish, amalyotga joriy etilayotgan yangi bank mahsulotlari yuzasidan mutaxassislar tayorgarligini kuchaytirish, xalqaro bank amaliyoti tajribasini o’rtagish orqali ularni mahalliy bank tizimiga joriy etish maqsadida o’quv kurslari tashkil qilish va xodimlarni qayta tayyorlash.
CHAKANA XIZMATLARNI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
Bankning filiallarida jismoniy shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holatini joylarda o‘rganish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish uchun bank Boshqaruviga takliflar kiritish, tashkilot, korxona, muassasa va boshqa tijorat banklari bilan o‘zaro hamkorlik qilib, jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish ishlarini takomillashtirish borasida markazlashgan shartnoma loyihalarini tayyorlash, qo‘shimcha xizmat turlarini joriy qilish maqsadida ular bilan doimiy muzokaralar olib borish, bankning xizmat ko‘rsatish hududini kengaytirish va uning sifatini oshirish maqsadida, minibank, bank xizmatlari ko‘rsatish markazlari va chakana amaliyotlari kassalarini tashkil qilish yuzasidan bankning tegishli tarkibiy bo‘linmalari va filiallar bilan hamkorlikda ishlar olib borish va bank Boshqaruviga takliflar kiritish.

Yüklə 5,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə