Bank tarixi



Yüklə 5,98 Mb.
səhifə2/19
tarix23.02.2023
ölçüsü5,98 Mb.
#101368
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Amaliyot

Sentyabr oyida “Moodyʻs” agentligi ATB “Qishloq qurilish bank” uchun quyidagi reyting koʻrsatkichlarini eʼlon qildi:
Kreditga layoqatlilikning bazaviy bahosi – b2
Kreditga layoqatlilikning tuzatilgan bazaviy bahosi - b2
Uzoq muddatli milliy va xorijiy valyutadagi bank depozitlari reytingi – B1/NP
Barcha reytinglar prognozi - “Barqaror”
2022 yil oktabrida ATB “Qishloq qurilish bank” va “Аvesta Investment Group” oʻrtasida anderrayterlik xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnoma imzolandi. Endilikda shartnoma doirasida bankning qoʻshimcha aksiyalarini (FPO) mahalliy fond birjasi orqali investorlarga birlamchi ommaviy joylashtirish ishlari amalga oshiriladi.
2022-yil 1-noyabr kuni OʻzRVB savdo platformasida ilk bor ATB “Qishloq qurilish banki” tomonidan ekspiratsiya muddati joriy yilning noyabr oyida belgilangan valyutaviy fyuchers shartnomalari bilan bitimlar tuzildi. Bazaviy aktivi AQSH dollarining soʻmga nisbatan kursi boʻlgan fyuchers shartnomalari bilan savdolar ilgʻor xorijiy tajriba va zamonaviy xalqaro standartlar asosida OʻzRVB tomonidan ishlab chiqilgan (in-house) yangi elektron savdo platformasida tashkil etildi
⚡️ 2023 yil 24 yanvar kuni “Moodyʻs” agentligi ATB “Qishloq qurilish bank” kredit reytingini “B1” da “Ba3”ga oshirdi. Reyting prognozi - “Barqaror”.
🟢 Kontragentning uzoq muddatli risk reytingi (chet el valyutasida) “B1” dan “Ba3”ga oshirildi.
🟢 Kontragentning uzoq muddatli risk reytingi (milliy valyutada) “B1” dan “Ba3”ga oshirildi.
🟢 Kontragent riskni baholash “B1(cr) ”dan “Ba3(cr) ”ga oshirildi.


"Qishloq qurilish bank"ning vazifalari


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30 martdagi PQ-1083-sonli "Qishloq qurilish bank" aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori bilan bankning vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
- uy-joy-kommunal, ijtimoiy soha va qishloq aholi punktlarini obodonlashtirish borasidagi ehtiyojlarni amalga oshirishda aholi hamda yuridik shaxslarga kredit berish va bank xizmati ko‘rsatish;
- qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha uy-joylar, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini qurish hamda ta’mirlashni amalga oshiradigan ixtisoslashtirilgan pudrat tashkilotlarga kredit berish va lizing xizmatlarini ko‘rsatish;
- yangi, zamonaviy qurilish materiallari va konstruksiyalari ishlab chiqaradigan, tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha qishloqda ob’ektlar qurishning industrial va yig‘ma texnologiyalarini joriy etadigan barcha mulkchilik shaklidagi korxonalarga kredit berish va kompleks tarzda bank xizmatlarini ko‘rsatish;
- qishloq qiyofasini sifatli yaxshilashni, qishloq joylarda muhandislik hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va takomillashtirishni, jumladan, yo‘llar, energiya va suv ta’minoti tizimlari, qishloq vrachlik punktlari, maktablar, bolalar sporti ob’ektlarini rekonstruksiya qilish, qishloq aholi punktlarini transport kommunikatsiyalari, ichimlik suvi, xizmat ko‘rsatish va servis sohasi ob’ektlari, telekommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlashni nazarda tutgan holda investitsiya faoliyatini olib borish, shuningdek loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni moliyalashtirish;
- universal tijorat banki sifatida yuridik va jismoniy shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi boshqa kompleks bank xizmatlarini ko‘rsatish.

Yüklə 5,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə