Banklarda buxgalteriya xisobi


MARKAZIY BANKNING BANKLARARO TO‘LOV TIZIMI ORQALI ELEKTRON TO‘LOVLARNI AMALGA OSHIRISH TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA



Yüklə 27,78 Kb.
səhifə2/5
tarix29.11.2023
ölçüsü27,78 Kb.
#143172
1   2   3   4   5
Banklarda buxgalteriya xisobi-fayllar.org (2)

MARKAZIY BANKNING BANKLARARO TO‘LOV TIZIMI ORQALI ELEKTRON TO‘LOVLARNI AMALGA OSHIRISH TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 14-fevralda 1545-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”gi Qonunlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi orqali elektron to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng, 10 kundan keyin kuchga kiritilsin.
3. Ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi banklari o‘rtasida elektron to‘lovlar tizimi orqali hisob-kitoblar yuritish to‘g‘risidagi nizom (2004-yil 22-iyun, ro‘yxat raqami 1010-1) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi orqali elektron
to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida

NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”, “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”, “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi qonunlariga, shuningdek tizim ahamiyatidagi to‘lov tizimlarini tuzishning umumqabul qilingan xalqaro tamoyillariga asosan ishlab chiqilgan bo‘lib, Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi orqali elektron to‘lovlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1) Markaziy bankning Hisob-kitoblar markazi (keyingi o‘rinlarda — MB HKM) — bu O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar Bosh boshqarmasining Buxgalteriya hisobi, hisoboti va moliyaviy-iqtisodiy faoliyat boshqarmasi markazi bo‘lib, uning vazifasiga tijorat banklarining Bosh ofislariga (keyingi o‘rinlarda — banklar) vakillik hisobvaraqlarini ochish va xizmat ko‘rsatish hamda ular o‘rtasida elektron to‘lovlarning uzluksizligini ta’minlash kiradi;
2) Markaziy bankning To‘lov markazi — Markaziy bankning banklararo va filiallararo to‘lovlarini yagona balans tartibida o‘tishini ta’minlovchi axborot tizimi;
3) Markaziy bankning Axborotlashtirish Bosh markazi (keyingi o‘rinlarda — ABM) — amaldagi qonunchilik hamda ABM va banklar o‘rtasidagi shartnomalarga muvofiq banklararo to‘lov tizimining texnik, dasturiy va ekspluatatsion xizmatlarini ta’minlaydigan markaz;
Keyingi tahrirga qarang.
4) bankning vakillik hisobvarag‘i (keyingi o‘rinlarda — vakillik hisobvaraq) — bu bankka MB HKMda ochilgan va banklararo elektron to‘lovlar o‘tkazishga mo‘ljallangan hisobvaraqdir;
Oldingi tahrirga qarang.
5) elektron to‘lov hujjati (keyingi o‘rinlarda — ETH) — to‘lov tizimining qoidalari bilan belgilangan tarkib va formatdagi rekvizitlariga ega bo‘lgan hamda elektron to‘lovni amalga oshirish uchun zarur axborotni o‘z ichiga olgan elektron hujjatdir. Elektron to‘lov hujjati pul-hisob-kitobga doir qog‘oz hujjat asosida yoki elektron to‘lov vositasidan foydalangan holda tuziladi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi. Elektron to‘lov hujjati bilan ishlashda uni elektron to‘lovni amalga oshirish uchun zarur rekvizitlarni saqlagan holda qog‘ozda takrorlash imkoniyati ta’minlanishi kerak;
.
6) tashabbuskor (initsiator) bank — bu ETHni shakllantirish va boshqa bank adresiga jo‘natish yo‘li bilan elektron to‘lovni boshlovchi bankdir;
Keyingi tahrirga qarang.
7) benefitsiar bank — bu banklararo to‘lov tizimi orqali tashabbuskor bankdan jo‘natilgan ETHni qabul qiluvchi bankdir;
8) elektron to‘lovni boshlash — ETHni shakllantirish va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Banklararo to‘lov tizimi orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishda quyidagi talablarga rioya etiladi:
a) O‘zbekiston Respublikasi banklari o‘rtasida naqd pulsiz hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘larni tezkorlik bilan o‘tkazishni ta’minlash;
b) uzatilayotgan ETHlarni ruxsatsiz kirishdan himoya qilish;
v) elektron to‘lovlarni tartibga soluvchi qonunlar va qoidalarga rioya qilish.
3. Banklararo to‘lov tizimi quyidagi tamoyillar asosida ishlaydi:
a) ETHni biror belgi bo‘yicha qayta ishlash ustuvorliklari yo‘qligi hamda tizimda ishtirok etish uchun adolatli va oshkora ruxsat;
b) foydalanuvchilar nuqtai nazaridan qulayliligi va elektron to‘lovni amalga oshirish vositalarining iqtisodiy samaradorligi;
v) hisob-kitoblar bo‘yicha aniq majburiyatlar tizimini boshqarish samaradorligi;
g) tashabbuskor bank tomonidan elektron to‘lovlarni boshlash;
d) banklarning MB HKMdagi vakillik hisobvaraqlari hamda banklarda ularga tegishli hisobvaraqlardagi aylanmalar va qoldiqlar mos kelganda elektron to‘lovlarni amalga oshirish;
e) boshlangan elektron to‘lovni bekor qilish imkoniyati yo‘qligi;
j) yuqori darajadagi xavfsizligi, tezkorligi va ishonchliligi;
z) tashabbuskor bankning elektron raqamli imzosi bilan ETH tasdiqlangandan boshlab elektron to‘lovning chaqirib olinmasligi va mablag‘lar benefitsiar bank vakillik hisobvarag‘iga o‘tkazilgandan boshlab elektron to‘lovning yakuniyligi;
i) tijorat banklarining vakillik hisobvaraqlarida mablag‘lar vaqtinchalik yetarli bo‘lmaganida, boshlangan elektron to‘lovlarni o‘z vaqtida yakunlash va kun davomida tizimning likvidliligini qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va bank o‘rtasida tuzilgan alohida shartnoma asosida zarur bo‘lgan mablag‘larni yetkazib berish imkoniyati;
k) ETH almashuvini qabul qilish — nazorat — uzatish texnologik davrlar ko‘rinishida tashkil etish;
l) jismoniy shaxslarga berilgan tijorat banklarining hisob-kitob cheklari bo‘yicha elektron to‘lovlardan tashqari, elektron to‘lovlarning summasi miqdori uchun qo‘yiladigan cheklashlarning yo‘qligi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Banklararo to‘lov tizimi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining shaxsiy mulki hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. ABM va MB HKM banklararo to‘lov tizimining ishtirokchilari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Banklararo to‘lov tizimining foydalanuvchilari MB HKMda vakillik hisobvarag‘iga ega bo‘lgan banklar va moliyaviy institutlar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. ETHning o‘tish sxemasi 1-ilovada keltirilgan.
8. Banklararo to‘lov tizimining ishtirokchilari va foydalanuvchilarining huquq va majburiyatlari banklarning vakillik hisobvaraqlarini ochish va xizmat ko‘rsatish uchun foydalanuvchi banklarning MB HKM bilan, banklararo to‘lov tizimi orqali elektron to‘lovlar o‘tkazish uchun esa — ABM bilan tuzilgan ikki tomonlama shartnoma asosida tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Banklararo to‘lov tizimida uzatish uchun mo‘ljallangan pul-hisob-kitob hujjatlarining to‘g‘ri to‘ldirilishi bo‘yicha javobgar bank mijozi bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Mablag‘larni hisobvaraqlarga o‘tkazish, hisobdan chiqarish hamda MB HKMga qayta ishlash uchun uzatiladigan ETHning shakllantirilishi to‘g‘riligi uchun javobgarlik tashabbuskor bankka, MB HKMdan qabul qilinadigan ETH uchun javobgarlik esa — benefitsiar bankka yuklatiladi.
11. Banklararo to‘lov tizimi bo‘yicha uzatiladigan ma’lumotlarning saqlanishi, banklarning vakillik hisobvaraqlariga mablag‘larni o‘z vaqtida va to‘g‘ri o‘tkazilishi hamda hisobdan chiqarilishi uchun, shuningdek, ETHning qabul qilinganligi va qayta ishlanganligi (ETH raqamiga, operatsiya summasiga, operatsiyani amalga oshirish sanasi va tugatish vaqtiga asoslanishlarni hisobga olgan holda) to‘g‘risidagi tasdiqnomani, vakillik hisobvarag‘idan (oraliqdagi va yakuniy) ko‘chirmani shakllantirish uchun javobgarlik ABM va MB HKMga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.

Yüklə 27,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə