Baxmal tuman xalq ta’limi bo’limi mudirining buyrug’i viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2018-yil 17-oktyabdagi “O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining



Yüklə 77,18 Kb.
səhifə10/20
tarix06.01.2022
ölçüsü77,18 Kb.
#82624
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
246 davomat hujjatlari

Yig`ilish raisi O`.Abduraxmonov

Kotib : O.Yaxshiliqov


Tasdiqlayman”



Baxmal tuman xalq ta’limi

bo’limiga qarashli 56- umumiy

o’rta ta’lim maktabi direktori,

_________ A.To’rayev

2-fevral 2021 yil

Baxmal tumani XTBga qarashli 56 – umumiy o’rta ta’lim maktabida o’quvchilar davomati bo’yicha profilaktik yig’ilish

BAYОNI

Barlos QFY


Raislik qiluvchi:





A.To’rayev – 56- sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi direktori

Yig’ilish kotibi:




J.Toshbekov –“Yoshlar ittifoqi” yetakchisi

Ishtirok etganlar:




D.Narimonov -Baxmal tuman IIB MTP Proflaktika katta inspektori, sinf raxbarlar

Yig’ilish kun tartibi:

  1. 5-11-sinf raxbarlarining o’quvchi yoshlar bilan olib borayotgan ishlar tahlili.

  2. 1-11-sinflarda davomat va intizom, reyd natijalari tahlili.

Yig’ilishning borishi:

Yig’ilishni maktab direktori, A.To’rayev olib bordi. U maktabda o’quvchilar o’rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik kabi salbiy xolatlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’ruza qildi. Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari O’.Abduraxmonovga so’z navbatni berdi.

Eshitildi: O’.Abduraxmonov maktabda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi “Huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ-2833-sonli Qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar yo’nalishida 5-9-sinf raxbarlarining o’quvchi yoshlar bilan olib borayotgan ishlar tahlili bo’yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi. Axborotga ko’ra:

U maktab o’quvchilari o’rtasida turli xildagi huquqbuzarliklarning oldini olish, bu borada ota-onalar va jamoat tashkilotlari, huquqni muhofaza qilish organlari bilan xamkorlikda targ’ibot-tashviqot ishlarining samarali vositalarini ishlab chiqish hamda amaliyotga tadbiq etish lozimligini ta’kidladi. Barcha sinflarda o’quvchilarning yosh hususiyatlarini inobatga olgan xolda tadbirlar rejasini ishlab chiqish yuzasidan ko’rsatmalar berdi. O’quvchilarda vatanparvarlik, qonunlarga itoatkorlik tuyg’ularni shakllantirish , huquqiy savodxonlikni oshirish borasida “Xuquq bilimdonlari” mavzusida turkum tadbirlarni tashkil etib borish, bu tadbirlarga ota-onalar, huquqbuzarlikka moyil bo’lgan o’quvchilar, IIB xodimlari va yetakchi mutaxassislarni jalb qilish lozimligini ta’kidlab o’tdi. Huquqbuzarlik va jinoyatchilikka moyil bo’lgan o’quvchilarni aniqlash va ular bilan olib boriladigan ishlar yuzasidan barcha sinf rahbarlariga vazifalar belgilab berdi.

Proflaktika inspektori va Barlos mahalla fuqarolar yig’ini bilan xamkorlikda o’quvchilar o’rtasida turli sport musobaqalari o’tkazildi . Voyaga yetmagan o’quvchi yoshlar orasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik, o’z joniga qasd qilishni oldini olish borasida maktabda yig’ilish o’tkazib bir qator proflatik ishlar olib bordi. Maktab o’quvchilarini bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida o’quvchilarni muntazam dars mashg’ulotlariga shu bilan bir qatorda to’garaklarga qatnashishini ta’minlashda sinf rahbarlarining bir qator ishlarni olib borishi kerakligini aytib o’tdi. Davomatni yaxshilash va o’quvchilarni qiziqishlarini, iste’dodlarini aniqlash maqsadida xar bir tadbirga alohida tayyorgarlik ko’rib o’quvchilarning ishtirokida maqsadli va mazmunli o’tkazish uchun o’z ish tajribalarini, maslahatlarini aytib o’tdi .

Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan Profilaktika inspektori D.Narimonovga so’z navbatini berildi. U O’z so’zida O’quvchilarni dars mashg’ulotlariga ishtirokini aniqlash bo’yicha alohida davomat daftari tashkil etilgan bo’lib xar hafta payshanba kuni sinflar kesimida tahlil qilinib davomat yomon o’quvchilar bilan alohida ishlar olib borilishinii, darslarga qatnashmaslik sabablari aniqlanadi. Ana shunday o’quvchilar aniqlanib maktabga kelmaslik sabablari aniqlanib, o’rganilib tushuntirish ishlari olib borilib darslarda muntazam ishtirok etishlari ta’minlandi. Davomat tahlili bo’yicha payshanba kungi sinf raxbarlari va o’qituvchilar yig’ilishi o’tkazilishi natijasida davomat maktab bo’yicha 99.3 % ni tashkil qildi. Sinflar bo’yicha tahlil qiladigan bo’lsak 2018-yilning 3-xaftasida boshlang’ich sinflarda davomat 99,7 % tashkil etdi. Umuman olganda shu kunga qadar muntazam kelmay dars qoldirgan o’quvchilar yo’q. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak davomat yuqori ko’rsatkichga ega bo’lgan sinflarning sinf rahbarlari o’quvchilar bilan xar kuni shug’ullanayotganligi yaqqol sezilib turibdi.

Maktab o’quvchilari orasida tijorat do’konlarida yoki bozorda savdo – sotiq bilan shug’ullanuvchi o’quvchilar xozirda maktab o’quvchilaridan yo’qligi va bundan keyin ham bo’lmasligi uchun bir qator amalga oshirish kerak bo’lgan ishlar, xududda bo’ladigan chorshanba bozorda savdo – sotiq bilan shug’ullanuvchi o’quvchilarni aniqlash maqsadida haftaning xar chorshanba kuni reyd o’tkazilib borilishi va ular bilan olib borilgan proflaktik ishlarning aniq va maqsadli chora-tadbirlarini ishlab chiqilganligini aytib o’tdi . Dalolatnomalar tuzilib Baxmal tuman XTB ga yetkazilishini ta’minlash haqida gapirdi va hamma sinf rahbarlari o’z sinf o’quvchilari o’rtasida yil davomida suhbat va davra suhbatlari, yig’ilishlar, tadbirlar o’tkazib borish kerakligi hakida bir qator fikrlarni bildirdi. Bundan keyin ham o’quvchilar orasida savdo –sotiq bilan shug’ullanuvchi o’quvchilar bo’lmasligi uchun hamma sinf rahbarlari o’quvchilardan tilxat va tushuntirish xatlar olish kerakligi ham aytib o’tildi .


Yüklə 77,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə