Baxt va muvaffaqiyat sirlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining



Yüklə 50,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/99
tarix23.12.2023
ölçüsü50,2 Mb.
#156115
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   99
tarbiya 9 www.sadikov.uz

Mulohaza uchun


27
Tarbiya, 9-sinf
@edurtm_uz
1. Siz matndagi raqamli kitoblar taqdiri xavf ostida ekani haqidagi
fikrga qo‘shilasizmi?
2. Matnga ko‘ra, zarur raqamli manbalarni qanday asrab qolish mumkin?
3. An’anaviy va elektron kitoblarning kamchilik va yutuqlarini sanang.
Bilasizmi?
Savol va topshiriqlar


I bob. Yashashdan maqsad – munosib hayot
28
@edurtm_uz
Amaliy faoliyat
1. Muallif qaysi kasb egasi bo‘lgan deb o‘ylaysiz?
2. Nega yomon odatlarga o‘rganish juda oson?
3. Yaxshi odatlarni egallash nimaga qiyin?
4. «Hozirgi men»ingiz nimani xohlayapti?
5. «Kelajakdagi men»ni qanday tasavvur qilasiz?
Ikki narsa borki, ko‘pchilik uning qadriga yetmaydi. Biri – sog‘lik,
ikkinchisi esa – bo‘sh vaqt.
Hadis
Ma’naviyat xazinasidan
YOMON ODATLAR ISKANJASIDA
«Nima haqida maqola yozsam ekan?» deb uzoq
bosh qotirdim. Bu meni har kuni o‘ylantiradigan
savol. Bir fursat o‘ylab, yomon odatlardan
voz kechishimga oid tajribalarim xususida
yozishga kirishdim.
Besh oy avval men sog‘lom hayotga
qay tish uchun kun tartibimni qayta ko‘rib
chiq dim. Birinchi galda, muhim ishlarni
oxirgi daqiqalargacha tashlab qo‘ymaslikka
odatlanishim kerak edi. Ikkinchidan, aytilgan joyga
kechikib borish odatimni bas qilishga kirishdim. Har ikkala maqsadning
yechimi bitta edi – yarim tungacha smartfonga tikilmaslik. Shu bois ertaroq
uxlashga odatlandim. Ammo hozir ham biroz qiynalyapman. Kun tartibim
iziga tushsa-da, aksariyat vaqtda o‘zimdan qoniqish his qilsam-da, ba’zida
ruhan qiynalaman. Yaxshi hayotga ko‘nikish shunchalar qiyinmi? Biror
illatga odatlanishdan avval undan voz kechish qanchalar mushkul ekanini
tushunish zarur ekan.
Illatlardan voz kechishning mushkulligi shundaki, ular miyamizda
dasturlangan bo‘ladi. Ya’ni, inson miyada ikki ko‘rinishda tasvirlanadi –
«hozirgi men» va «kelajakdagi men». Agar miyangiz ko‘proq «kelajakdagi
men»ni ko‘rsa, illatlardan xoli bo‘lish oson. «Kelajakdagi men» tasviri
insonni tanqidiy fikrlashga, hissiy aqlga tayanishga undaydi, ya’ni biz ko‘proq
idrok qilamiz. Shu zaylda muvaffaqiyatli va munosib hayotga erishish ham
osonlashadi.
Olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, yaxshi odatni shakllantirish 10 hafta
davom etadi. Misol uchun, 70 kun davomida har kuni kitob o‘qisangiz,
mutolaa o‘z-o‘zidan sizning kundalik xohishingizga aylanadi. Yaxshi odatlarga
bugundan kirishing va ularni egallashdan erinmang.



Yüklə 50,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə