Baxt va muvaffaqiyat sirlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining



Yüklə 50,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/99
tarix23.12.2023
ölçüsü50,2 Mb.
#156115
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   99
tarbiya 9 www.sadikov.uz

Vazifa


31
Tarbiya, 9-sinf
@edurtm_uz
«Meni o‘zgartirgan suhbat» mavzusida kichik matn tuzing. Unda bo-
bongiz, otangiz yoki boshqa yaqinlaringiz bilan qurgan va sizda taassurot
qoldirgan suhbatni bayon qiling. 
Amaliy faoliyat
Ma’naviyat xazinasidan
Mulohaza uchun
Oilaning har bir a’zosi bir-biriga xizmat qilishni ham burch, ham
savob deb bilsa, o‘sha xonadonda baxtiyorlik hukmron bo‘ladi.
K
onfutsiy
ONANING OQILALIGI
Yangi uyga ko‘char ekan, Tomas bolaligi o‘tgan uyning
har qarichini oxirgi marta ko‘zdan kechirdi. Xizmatkorlardan
o‘ziga qadrdon jihozlarni mashinaga avaylab yuklashlarini
iltimos qildi. Bolaligida kiyimlari saqlangan shkafning
yuqo risidan onasining qizil g‘ilofli sevimli jomadoni chiqdi.
Tomas uni ehtiyotkorlik bilan stol ustiga qo‘yib, ochdi.
Onasiga tegishli buyumlar orasidan chiqqan sarg‘ish qog‘ozni
oldi. Maktub ostiga uning muallimasi imzo chekkan ekan.
Bu imzo Tomasga onasi bilan bog‘liq xotirani eslatib yubordi.
Tomas birinchi sinfda o‘qir edi. O‘sha kuni u muallimasi
bergan xatni onasiga olib kelgan edi. Xatni o‘qiyotib
onaizorning qarog‘laridan yosh dumaladi. So‘ng u farzandini bag‘riga oldi.
«Muallimam nima deb yozgan ekanlar?» – qiziqib so‘radi o‘g‘il onasidan.
«U senda favqulodda qobiliyat borligini, bu maktab senga to‘g‘ri
kelmasligini, seni iqtidorli bolalar maktabiga o‘tkazishimni so‘rabdi», – deya
jilmayib javob berdi volidasi.
Jomadondan topilgan, vaqt o‘tishi bilan biroz unniqqan xatni o‘qiganida
Tomas hayratga tushdi.
«Xonim, sizga bularni aytayotganimdan taassufdaman. Lekin o‘g‘lingiz-
da biroz ruhiy xastalik bor. Iltimos, uni ixtisoslashgan maktabga
joylashtirsangiz. 
Hurmat bilan muallima».
Tomasning ko‘zlari yoshga to‘ldi. U onasidan yana bir bor minnatdor
bo‘ldi. 

Yüklə 50,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə