Baxt va muvaffaqiyat sirlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining



Yüklə 50,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/99
tarix23.12.2023
ölçüsü50,2 Mb.
#156115
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   99
tarbiya 9 www.sadikov.uz

35
Tarbiya, 9-sinf
@edurtm_uz
Sizdan baxtning rasmini chizishni so‘rashsa, nimani rasmini chizgan
bo‘lardingiz?
Quyidagi ro‘yxatni davom ettiring:
Baxtli inson ...
– oilasi va yaqinlari, o‘zi yaxshi ko‘rgan insonlarga vaqt ajratadi;
– har kuni o‘qiydi, biror yangi narsa o‘rganadi;
muammolar emas, yechimlar haqida o‘ylaydi;
– sog‘lom ovqatlanadi.
Amaliy faoliyat


I bob. Yashashdan maqsad – munosib hayot
36
@edurtm_uz
«Og‘ir vaziyatlar» deganda nimani tushunasiz?
Siz yana nimani tavsiya qilardingiz?
INSONNI NIMA BAXTSIZ QILADI?
Harvard universiteti 1938-yildan boshlab baxtiyorlik sabablarini
o‘rganib keladi. Bugungacha uning doirasida 700 kishining hayoti
o‘rganilgan. Ma’lum bo‘lishicha, inson baxtiyorligiga ikki omil katta
salbiy ta’sir ko‘rsatar ekan.
1. Tamaki chekish.
Bu illat insonda ko‘plab kasalliklarni
qo‘zg‘atadi.
2. Spirtli ichimliklar iste’moli.
Bu illat tushkunlikka
bo‘lgan moyillikni oshiradi va xastaliklarni keltirib chiqaradi.
O‘rta yoshda insonni baxtsiz qiladigan omillar, asosan, oiladagi
notinchliklar bilan bog‘liq. Mustahkam rishtalar o‘rnatilgan
oilaning a’zolari davriy kasallik, ruhiy va xotira pasayishi kabi
xastaliklardan himoyalangan bo‘ladilar.
Baxtsiz bo‘lmaslik uchun nimalar qilmaslik kerak?
Mulohaza uchun
Bilasizmi?
Umidjonning fikricha, baxt tuyg‘usi «yuqumli» va insondan insonga
yuqadi. Shu bois u doim yaxshi insonlar davrasida bo‘lishni xush ko‘radi.
Sherzod, odatda, muvaffaqiyatli odamlar haqidagi
kitoblarni o‘qib, filmlarni tomosha qilganida o‘zini
baxtiyor his qiladi. Mashaq qat bilan baxtga
erishgan qahramonlar uning o‘ziga ishonchini
oshiradi.
Baxt tuyg‘usi «yuqumli»mi? Agar shunday
bo‘lsa, u insondan insonga qanday yuqadi?
Inson o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga erishsa
baxtli bo‘ladimi? Baxtli bo‘lish uchun nima
qilish kerak?
Anora qiyin vaziyatlarda ko‘nglidan o‘tayotgan
hislarni kundaligiga yozib, taskin oladi. Bu unga og‘ir
vaziyatdan chiqib ketishiga ruhiy ko‘mak beradi.
Inson o‘zini dunyodagi eng bax tiyor deb his qilishi
uchun siz nimani tavsiya qilgan bo‘lardingiz?

Yüklə 50,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə