Baxt va muvaffaqiyat sirlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining



Yüklə 50,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/99
tarix23.12.2023
ölçüsü50,2 Mb.
#156115
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   99
tarbiya 9 www.sadikov.uz

Tarbiya, 9-sinf
@edurtm_uz
8-MAVZU: BAXT – OILADA
Faollashtiruvchi savollar
1. Oila nega baxt qo‘rg‘oni deyiladi?
2. Oilaning inson muvaffaqiyatidagi o‘rni qanday?
3. Oilaviy an’analarning ahamiyatini bilasizmi?
Tong-sahar tinchlik-xotirjamlikda uyg‘onish – ulug‘ ne’mat. Bobo-buvi,
ota-ona, yaqinlarimiz bilan oila davrasida nonushta qilishning fayzi
bo‘lakcha. Oila ulug‘larining duosini olib ko‘chaga chiqishning xosiyati kat-
ta. Kechki dasturxon atrofida keksalarning o‘gitlarini qunt bilan eshitib,
tanaga singdirishning zavqi o‘zgacha. Vatanga muhabbat shunday an’analar
orqali singadi.
Qayerda oila mustaqilligi kuchli intizom va tarbiyaga tayansa, mamlakat
va millat ham shuncha kuchli va muazzam bo‘ladi. Oila a’zolari o‘rtasida
o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat va oqibat omillari sog‘lom muhitni yaratadi.
Zero, sog‘lom tarbiya oila a’zolari o‘rtasida yakdillik, maqsadlar birligini
yuzaga keltiradi.
FARZAND – OILANING YUZI
Har bir farzand oilaning yuzidir. Jumladan, siz ham. Chunki sizning
jamiyatda o‘zingizni qanday tutishingiz, atrofdagilar bilan muomalangiz
orqali oilangizga baho beriladi. Yomon muhit hukmron joyda ezgulik
urug‘i unishi amrimahol.
Agarda sog‘lom bolani tarbiyalashni alloma Ibn Sino uning tug‘ilgan
vaqtidanoq boshlash kerak degan bo‘lsa, Umar Xayyom o‘zining fan
tarixiga oid asarlarida bolaning tarbiyasini uni ona qornidagi davridanoq
boshlash lozimligini ta’kidlaydi.


I bob. Yashashdan maqsad – munosib hayot
30
@edurtm_uz
Jamoaviy mashq
Quyidagi rasmlarning mazmun-mohiyatini ochib bering.
Otaning oiladagi vazifalarini sanang.
Onaning oiladagi vazifalarini yozib chiqing.
Quyida keltirilgan o‘zbek xalq maqollarida tushirib qoldirilgan so‘zlarni
toping:
uyim, bilak, yurt, qo‘shning, allasi
.
Onaning ...... dunyoni tebratar. 
Oila tinch – ...... tinch.
Ota – aql, ona – idrok. 
Gilam sotsang, ...... ga sot,
Ota – ...... , ona – yurak.
Bir chetida o‘zing o‘tirasan.
O‘nqir edi, cho‘nqir edi – o‘z ...... edi.

Yüklə 50,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə