Baxt va muvaffaqiyat sirlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining



Yüklə 50,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/99
tarix23.12.2023
ölçüsü50,2 Mb.
#156115
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   99
tarbiya 9 www.sadikov.uz

45
Tarbiya, 9-sinf
@edurtm_uz
Amaliy mashg‘ulot
11–12-MAVZU: TAFAKKUR – KELAJAKKA
YETAKLOVCHI VOSITA
1. Bilim kuchlimi yoki tasavvur?
2. Bolaligingizda kimdir kitob o‘qib, ertak aytib berganida siz voqealarga
ishonarmidingiz?
3. Bugun ham xayol-tasavvurlarning haqiqatga aylanishiga ishonasizmi?
Kelajakni ko‘rgan Navoiy
Buyuk shoir Alisher Navoiy astronom, me’mor,
rassom sifatida ham nom qozongan. Uning yoz- 
ganlari shunchaki badiiy namunalar emas, kelajak
hayotga ishora ilg‘or fikrlar bo‘lgan. Yaqin tarixda
qilingan muhim ilmiy kashfiyotlar uning asarlarida
faraz sifatida kelgan.
«Farhod va Shirin» dostonida shunday satrlar bor:
G‘aroyib ko‘p huvaydo bo‘lg‘usidir,
Bas, anda shakl paydo bo‘lg‘usidir...
Ko‘runib har zamone – ko‘zga bir shakl,
Ko‘z olg‘och bo‘lg‘usidir ... o‘zga bir shakl!..
TAFAKKUR – INNOVATSIYALAR KALITI
Tafakkur qilish qobiliyati bizning hayotimizga ta’sir qiladi. Bu biz
qilayotgan, o‘ylaydigan va yaratadigan hamma narsani o‘zgartiradi. Tafak-
kur qilish ilmiy sohalardan tortib muhandislik va san’atgacha – har qanday
kasbdagi puxta rejalar, orzular va ixtirolarning ilgari surilishiga poydevor.
O‘ylab ko‘ring, avval hech xayolga keltirmagan yaxshi ishlarni xayolan
bajarib ko‘ring. Bunda sizga tafakkur yordamga keladi. Tasavvur qiling-a,
siz har kungi faoliyatingizni idrok va mushohada orqali rejalashtirsangiz,
hayotingiz naqadar mazmunli, boshqalar uchun ham foydali bo‘lar
edi.
Inson tafakkur qilgani sayin miyadagi «tasavvur mushaklari» shun-
chalik kuchli bo‘ladi. Bu qobiliyat cheksiz imkoniyatlarning boy manbasiga
yo‘l ochadi.
Bugun ma’lumot hajmi oshib, uni saralash, foydalisini tanlash
ko‘nikmasi ham bevosita idrok bilan bog‘liq. Tafakkur har bir kishi
uchun, ayniqsa, yetakchilar uchun juda muhimdir. Odamlar hayotini
yaxshi lashga, muammolarni bartaraf etishga kirishgan inson tafakkuriga
suyanadi. Yangiliklar yaratish, hayotni qulaylashtirish uchun esa tasavvur
yordamga keladi.
Deyarli barcha muvaffaqiyatli odamlarga xos ko‘nikma – teran idrok
qilish, xayolotdan unumli foydalana olishdir.

Yüklə 50,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə