Baxt va muvaffaqiyat sirlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining



Yüklə 50,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/99
tarix23.12.2023
ölçüsü50,2 Mb.
#156115
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   99
tarbiya 9 www.sadikov.uz

43
Tarbiya, 9-sinf
@edurtm_uz
1. Sizni o‘ylantirayotgan muammo yoki masalani aniqlang. Uni ijobiy hal
qilish algoritmini tuzing.
2. Muammoni rasmda tasvirlang. So‘ng uni so‘zda ifodalang.
3. Muammo qarshisida o‘zingizni qanday his qilyapsiz? Holatingizni so‘zda
ifodalang.
4. Sizga bu muammoni hal qilish nimaga kerak? Fikringizni bayon qiling.
5. Muammo hal bo‘lsa, qanday holatga tushasiz?
6. Muammoga yechim topishning bir nechta yo‘llarini o‘ylang. O‘zingizni
bu ishlarni qilayotgandek tasavvur qiling. Qaysi bir yechim ma’qul
bo‘lsa, shuning tasvirini chizing.
7. Yechim sifatida nega aynan shu yo‘lni tanlaganingizni so‘zda bayon
qiling.
ILMGA UMRINI BAG‘ISHLAGAN ZOT
Islom ilmlari bilimdoni sifatida tanil-
gan Shayx Muhammad Sodiq Muhammad
Yusuf 1952-yilning 15-aprelida Andijon viloya-
tida tavallud topgan. Maktabni a’lo baholar
-
ga tamomlagan. Muhammad Sodiq Muham-
mad Yusuf Buxorodagi «Mir Arab» madrasa-
si, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom
instituti, shuningdek, Sharq mamlakatlari-
dagi yirik islom universitetlarida tahsil
olgan. U doimo kitob mutoalaa qilgan. Butun
umrini yangi manbalarni izlash, ularni o‘rganish va asarlar yozish
bilan o‘tkazgan. Olim Islom dini asoslari, tafsir, hadis, aqida, fiqh,
tasavvuf va qator ilmlarga oid ko‘plab asarlar yozgan. Olimning
ilmiy merosida olti jildlik «Tafsiri Hilol» asari alohida o‘rin egallaydi,
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf O‘zbekistonning birinchi
muftiysi bo‘lgan, o‘z asarlari bilan yurtimiz va xorijiy davlatlarda yirik
islomshunos olim sifatida tanilgan.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 2015-yilning 10-mart
kuni Toshkent shahrida vafot etgan. 2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti tashabbusi bilan Toshkent shahrida Shayx Muhammad
Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi muhtasham majmua bunyod etildi.
Qaysi xususiyatlar Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufga
 
yetuk olim bo‘lishiga xizmat qildi?

Yüklə 50,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə