Baxt va muvaffaqiyat sirlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining


ODAMLAR BILAN O‘ZARO MUNOSABAT



Yüklə 50,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/99
tarix23.12.2023
ölçüsü50,2 Mb.
#156115
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   99
tarbiya 9 www.sadikov.uz

ODAMLAR BILAN O‘ZARO MUNOSABAT
«Odamlar bilan ishlash – qum ichidan tilla izlashga
o‘xshaydi: tomog‘ingni achishtirgan changni emas,
topayotgan tillani o‘ylashing kerak», degan edi taniqli
milliarder Endryu Karnegi. Ish jarayonida har xil
vaziyat bo‘ladi. Kim bilandir tortishasiz, xafalashasiz.
Shunda ham unga bo‘lgan insoniy munosabatingizni
o‘zgartirmang. Odamlarning yaxshi jihatlariga e’tibor
qaratish ham muhim ko‘nikma.
Odamlardagi qaysi yaxshi jihatlarni qadrlaysiz?


II bob. Ilm-ma’rifat. Innovatsiya
52
@edurtm_uz
QAROR QABUL QILISH VA XULOSA YASASH
Qaror qabul qilish – maqsadga yetish yoki muvaffaqiyatsizlikka uchrash
faoliyatni boshqarishning ajralmas qismidir. Bu – muammoga yechim
topish faoliyati sifatida maqbul yoki hech bo‘lmaganda qoniqtiruvchi yechim
topishni, yakuniy to‘xtamga kelishni anglatadi.
Yo‘lboshchi qanchalar kuchli bo‘lsa, uning qarorlari ham shu qadar
maqsadli va samarali bo‘ladi. Qaror qanchalik mustahkam bo‘lsa, lider ham
shu qadar mas’ul bo‘ladi.
Qaysi qaroringizdan afsuslangansiz?
Quyidagi kasb egalari bugun o‘z sohalarida muvaffaqiyatga erishishlari
uchun qanday zamonaviy bilimlarni egallashlari kerak.
Amaliy faoliyat


53
Tarbiya, 9-sinf
@edurtm_uz
HISSIY BILISH – ANIQ HARAKATLANISH KOMPASI
O‘z hislarini boshqarish va boshqalarning his-tuyg‘ularini tushunish
hayotda muvaffaqiyat qozonishda muhim ahamiyatga ega.
Hissiy bilish – insonning hislarni fahmlash, farqlay olish, boshqa larning
xohish va istaklarini tushunish. Bu ko‘nikma insonga maqsadi yo‘lida
o‘z hislarini va boshqalarning hislarini boshqarishga yordam beradi.
Biz ba’zida tashvishlardan vahimaga tushamiz yoki boshqalarning
xatti-harakatlaridan g‘azablanamiz. Ammo bu qanchalik asosli? Agar
g‘azab yoki vahima qilish qimmatga tushishini bilsangiz, hislarni boshqara
olsangiz – sizda hissiy bilish ko‘nikmasi bor.
Siz jahlingiz chiqqanida hislaringizni nazorat qila olasizmi?

Yüklə 50,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə