Baxt va muvaffaqiyat sirlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining


«EHTIMOLIY O‘YLASH» O‘YINI



Yüklə 50,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/99
tarix23.12.2023
ölçüsü50,2 Mb.
#156115
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   99
tarbiya 9 www.sadikov.uz

«EHTIMOLIY O‘YLASH» O‘YINI
Jamoangiz bilan o‘ziga xos maqsad yoki vazifalar ro‘yxatini tuzing.
Ularga Eynshteynning «tafakkur tajribasi» asosida ehtimoliy javoblar
toping.
Matnni o‘qing va savollarga javob bering.
1. Jorj Bernard Dansigning yechimi topilmagan ikki masalani yechishiga
qaysi omil sabab bo‘ldi?
2. Miyani aldash mumkinmi?
3. Agar Jorj Bernard Dansig bu ikki masalani yechimi yo‘qligini bilganida,
ularga javob topa olarmidi?
4. Mehnat, intilish bilan birga qaysi xususiyatlar insonga boshqalar imkonsiz
deb bilgan ishlarni amalga oshirishiga yordam beradi?
Jamoaviy mashq
Mulohaza uchun
Mustaqil faoliyat


II bob. Ilm-ma’rifat. Innovatsiya
50
@edurtm_uz
Siz qaysi shifokorning qarorini ma’qullaysiz? Nima uchun?
1. «Bilimli inson xor bo‘lmaydi» degan naql bor. Buning sababi nimada?
2. Qanday omillar jamiyatda bilimning bahosini oshirmoqda?
3. Qaysi sohalarda bilimning ahamiyati tezkor ko‘tarilib bormoqda?
4. Jamiyatda bilimli insonlar ko‘payishi va qadr topishi uchun qanday
omillar zarur?
13-MAVZU: BILIMGA ASOSLANGAN JAMIYATDA
MUVAFFAQIYAT QOZONISH
BILIMGA ASOSLANGAN JAMIYATDA BILIMLI FUQARO QADR TOPADI
Jahonda
gi eng boy kompaniyalarga nazar tashlang. Yetakchi o‘nlikda
turgan kompaniyalar, asosan, inson aqli evaziga rivojlanmoqda va boyimoqda.
Ular bilan birga davlatlar ham taraqqiy etmoqda. O‘tgan asrlarda esa
eng boy kompaniyalar neft, gaz, ishlab chiqarish kabi yirik sanoatlardan
foyda ko‘rgan.
Bugun esa hammasi o‘zgarib, xomashyo sarf qilmasdan turib ham boyish
va rivojlanish imkoniyatlari mavjud.
«Bilimga asoslangan jamiyat» deganda zamonaviy dunyoning o‘zga-
ruvchan iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida raqobatlasha olish va
muvaffaqiyatga erishish tushuniladi. Bu tushuncha yetarli bilimga ega
bo‘lgan fuqarolarining salohiyatiga tayanadigan jamiyatni ifodalaydi.
Bunday jamiyatda bilimli fuqaro innovatsiyalarni, tadbirkorlikni harakatga
keltiruvchi kuchga aylanadi.
Bugungi taraqqiyot zamonida biror ishda muvaffaqiyat qozonish uchun
o‘tgan asrdagi kabi bilimli bo‘lishning o‘zi kifoya qilmaydi. Bugun har
qaysi yo‘nalishda muvaffaqiyat qozonish uchun quyidagi ko‘nikmalarni
rivojlantirishimiz zarur.
M
uvaffaqiyat qozonish uchun ko‘nikmalar.

Yüklə 50,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə