Baxt va muvaffaqiyat sirlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining


EYNSHTEYNDEK FIKRLASHNI O‘RGANAMIZ



Yüklə 50,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/99
tarix23.12.2023
ölçüsü50,2 Mb.
#156115
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   99
tarbiya 9 www.sadikov.uz

EYNSHTEYNDEK FIKRLASHNI O‘RGANAMIZ
«Aqlning chinakam belgisi bilim emas, tasavvurdir» degan edi taniqli
olim Albert Eynshteyn. Olim ko‘pchilik uchun ijodkor daholarning yorqin
timsoli bo‘lgan. U nisbiylik nazariyasi orqali fizika fanini manguga
o‘zgartirib yubordi. Eynshteynda boshqacha – o‘ziga xos ijodiy va mustaqil
fikrlash ko‘nikmasi bo‘lganini ko‘pchilik bilmaydi.
EHTIMOLIY O‘YLASH
Eynshteynning idrok qilishdagi bosh yondashuvi tasavvurni ishga
solish va voqelikdan qochish bo‘lgan.
U hamma narsani tasavvur qiladi. Tasavvur qilib o‘rganadi
va muammoga ham tasavvur orqali yechim topadi. Shu orqali
u bilimlari chegarasini kesib o‘tishga muvaffaq bo‘ladi. O‘zimiz
bilgan va ishongan g‘oyalardan qochish qanchalik g‘alati
bo‘lmasin, boshqa ehtimoliy yechimlarni topishga ko‘makla-
shadi.
Buning uchun olimning o‘ziga xos texnikasi bo‘lgan.
U buni «tafakkur tajribasi» deb atagan. Bu tajriba uning
miyasida sodir bo‘lgan. Olimning aytishicha, nisbiylik nazariyasi
aynan shu tajriba mahsuli. Tadqiqotchi yorug‘likka va uning
tezligiga, vaqt bilan bog‘liqligiga qiziqar edi. U bu to‘g‘rida o‘ylayotganida
o‘zini quyosh nuri ustida ketayotgan chavandozdek his qilgan.
Bu ko‘pchilik uchun g‘ayrioddiy va telbanamo bo‘lishi mumkin, ammo
kashfiyotchi tasavvuriga shu yo‘sinda erkinlik berib, yorug‘lik hamda vaqt
o‘rtasidagi aloqadorlikni topgan.
Vaqtni his qilishimiz qayerdamiz va nima qilayotganimizga daxldor.
Eynshteyn buni shunday ta’riflaydi: «Yaqin do‘stimiz bilan bir soatlik suhbat
bir daqiqa tuyulsa, cho‘g‘ni tutganimizda bir daqiqa bir soatdek tuyuladi».
Savol va topshiriqlar
Mulohaza uchun


II bob. Ilm-ma’rifat. Innovatsiya
48
@edurtm_uz
1. Eynshteyn ... ... haqida birinchi bo‘lib o‘ylagan olim edi.
2. Olimda ... ... qobiliyati borligini ko‘pchilik bilmagan.
3. Ehtimoliy o‘ylash ... ... degani.
4. Uning tasavvurida o‘zini ... ... kabi tasavvur qilgan.
5. Bu tasavvur unga ... ... kashf qilishiga yordam bergan.
6. Ehtimoliy o‘ylash ... ... o‘zini oqlaydi.
7. Kashfiyotchining fikricha, ko‘z oldida suratni hosil qilib o‘ylash – ... ...
bo‘lgan.
8. U ... ... o‘ylashda davom etishni muhim hisoblagan.
Quyidagi iboralarni o‘z o‘rniga qo‘ying:
quyosh nuri ustidagi chavandoz;
– javobni topgunga qadar;
– ko‘plab ilmiy yangiliklarni;
idrok qilishning kuchli usuli;
– odatdagidan boshqacha o‘ylash;
– muntazam shug‘ullangan taqdirda;
– mustaqil va ehtimoliy o‘ylash;
– nisbiylik nazariyasi.

Yüklə 50,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə