Baxt va muvaffaqiyat sirlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining


MUAMMOGA KENG QAMROVLI YECHIM TOPISH



Yüklə 50,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/99
tarix23.12.2023
ölçüsü50,2 Mb.
#156115
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   99
tarbiya 9 www.sadikov.uz

MUAMMOGA KENG QAMROVLI YECHIM TOPISH
Shifokorga kelgan bemor o‘zidagi ortiqcha vazndan shikoyat
qiladi...
1-shifokor: «Mana sizga parhez. Unga amal qiling», – deydi bemorga.
2-shifikor: Bemorning kundalik turmush tarzi bilan tanishib, muam-
moni yaqindan o‘rganib, ortiqcha vaznning kelib chiqish sabablarini
aniqladi. Muammoni bartaraf etish bo‘yicha kompleks tavsiya berdi.
Faollashtiruvchi savollar
Mulohaza uchun
Amaliy faoliyat


51
Tarbiya, 9-sinf
@edurtm_uz
TANQIDIY FIKRLASH
Tasavvur qiling, bir guruh odamlar Mars sayyorasiga borishning
imkonsizligini aytib, sayyoralar aro sayohatga shubha bilan qarashmoqda.
Shunda bir ilmli odam keladi-da, ularning shubhasiga shubha bilan qaraydi
va urinib ko‘rib, bu ishni uddalaydi.
Hamma shubhalangan ishni uddalash uchun insonga qanday xususiyatlar
zarur?
KENG QAMROVDA IJODIY FIKRLASH
Kreativlik – ijodkorlik, ijodiy yondashuv ko‘nikmasidir. Jahon-
dagi barcha muvaffaqiyatli insonlar, biznesmenlardan tortib
rassomlargacha mazkur ko‘nikma sabab ko‘zga ko‘ringanlar.
Kreativlik – bu hali no aniq narsani noan’anaviy, o‘ziga xos tarzda
tasavvur qilishni anglatadi.
Misol uchun, rassom va haykaltarosh Mikelanjelodan o‘z
asarlarini qanday qilib bu qadar shukuhli va mukammal yaratishini
so‘rashganida, u shunday javob bergan: «Men har gal ijod
jarayoniga kirishar ekanman, ulkan marmar ichida qamalib qolgan
qahramonlarni ko‘raman va ularni ozod qilishni istayman».
Ijodiy fikrlash g‘oyalarni rivojlantiradi, g‘oyalar esa o‘zgarishlarni
ilhomlantiradi.
Qaysi ishlar sizga ijodiy kayfiyat bag‘ishlab, kreativ fikrlashga undaydi?
ODAMLARNI BOSHQARISH KO‘NIKMASI
Fizik olim Pyotr Kapitsaning ajoyib fikri bor:
«Boshqarish – bu yaxshi xodimlarga ishlashlariga
xalaqit qilmaslikdir». Bu ko‘nikmaning bahosi oltinga
tengdir. Odam larni boshqarish – ularga bor salohiyatlarini
namoyon etish lariga xizmat qiladigan shart-sharoit yaratib
berishni anglatadi. Odamlarni boshqarishda o‘zingiz namuna bo‘ling.
Odamlarni boshqarish nega qiyin deb o‘ylaysiz?

Yüklə 50,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə