Baxt va muvaffaqiyat sirlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining



Yüklə 50,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/99
tarix23.12.2023
ölçüsü50,2 Mb.
#156115
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   99
tarbiya 9 www.sadikov.uz

INNOVATSIYA NIMA?
«Ehtiyoj – kashfiyotning onasi», – degan edi qadimgi yunon faylasufi
Aflotun. Ilg‘or g‘oya va tashabbuslar, ixtirolar – innovatsiyalar bois bugun
biz hozirgi manzildamiz.
Innovatsiya – ijodiy yondashuv darajasini namoyon etuvchi ko‘nikma
bilan bog‘liq hodisa; yangilik degani. Misol uchun g‘ildirakning kashf
qilinishi o‘z davrida ulkan innovatsiya bo‘lgan. Bugun g‘ildirakni ishlab
chiqarish yangilik emas, ammo «aqlli g‘ildirak» yaratilsa, bu – innovatsiya
bo‘la oladi.
1. Innovatsiya jamiyatning rivojiga qanday ta’sir ko‘rsatgan?
2. «Innovatsiya ehtiyojdan boshlanadi» degan fikrni izohlang.
3. Sizning hayotingizda innovatsiyalar qanday o‘rin tutadi?
Faollashtiruvchi savollar
Amaliy faoliyat


55
Tarbiya, 9-sinf
@edurtm_uz
Til kashf qilingach, oradan taxminan 95 ming yillardan so‘ng bu ixtiro
ham paydo bo‘ldi. U hisob-kitob, ilm uchun tagzamin bo‘ldi.
1600-yilda yaratilgan bu ixtironing nomi finikiyaliklarning «elēkrŏn»,
ya’ni «yonar tosh» so‘zidan olingan va kahrabo (zargarlikda foydalani- 
ladigan qimmatbaho tosh)ga nisbatan ishlatilgan.
Xitoyda paydo bo‘lgan bu innovatsiya axborot tashuvchi vositaga
aylangan. Natijada yangi bilimlar tezroq va ko‘proq tarqala boshladi.
1440-yillarda esa Germaniyada bu qurilma yaratilishi bilan Y
evropa
ilm-fan markaziga aylandi. Chunki unda kitoblar bosila boshlandi.
Q
uyidagi matnni o‘qing va nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zlarni qo‘ying.
IJODIY FIKRLASH XUSUSIDA
Ijodiy fikrlash yangi g‘oyalar orqali odamlar hayotini yaxshilash, insonlar
va imkoniyatlarni bir-biri bilan bog‘lash, ya’ni ...ka keltirish degani. Bu
borada omadi chopgan odamlardan muvaffaqiyatlarining sirini so‘rasangiz,
ular bor-yo‘g‘i boshqalar e’tibor qaratmagan nimagadir ... qilishganini
aytishadi. Ular aslida yig‘ilgan ...ni jamlab, bilimlarni o‘zaro ... olganlar.
Ular ...ka boshqalardan ko‘proq diqqat qilganlar. O‘z sohasida yetakchi
insonlar hamda bu insonlarga ergashuvchilar o‘rtasidagi yagona farq – ...,
ya’ni ilg‘or fikrdir. ...ka uchramay turib, yangilik yaratib bo‘lmaydi. Ijodiy
yaratuvchanlik yangi ...larni o‘ylash, innovatsiya – ...ni amalga oshirishdir.
Buni uddalash uchun muvaffaqiyatsizlikdan ... kerak.
Foydalanish uchun so‘zlar: dunyo, uyg‘unlik, innovatsiya, muvaffaqiyatsizlik,
diqqat, tajriba, bog‘lay, g‘oya, ilg‘or ishlar, qo‘rqmaslik.
Muvaffaqiyatni – sa’y-harakatda, muvaf faqiyatsizlikni esa – loqaydlik
va dangasalikda ko‘rdim.
Najmiddin Kubro

Yüklə 50,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə