Baxt va muvaffaqiyat sirlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining



Yüklə 50,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/99
tarix23.12.2023
ölçüsü50,2 Mb.
#156115
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   99
tarbiya 9 www.sadikov.uz

Amaliy faoliyat
Ma’naviyat xazinasidan


II bob. Ilm-ma’rifat. Innovatsiya
56
@edurtm_uz
INNOVATSIYA – YANGILIKKA BO‘LGAN EHTIYOJ MEVASI
Jamiyatda ilg‘or fikrlar har bir insondagi o‘zgarish, yangilikka bo‘lgan
ehtiyoj bois yuzaga keladi. Misol uchun, bundan 10 ming yil avval kimdir
bug‘doy yetishtira boshlagan. Oradan 5 ming yil o‘tib kimdir xamirturush
yordamida mazali non tayyorlash sirini topgan. Innovatsiya – bu faqat
mahsulot emas. Bu, birinchi navbatda, xizmat ko‘rsatish, biznes-jarayon yoki
biznes-modeldir. Tushunarli tilda aytganda, innovatsiya – yashash tarzimiz
va qadr-qimmatini oshiruvchi omildir.
Quyidagi yoki o‘zingiz bilgan innovatsiyalar va ularning 
 
 
hayotimizga olib kirgan o‘zgarishlari xususida yozing.
Quyidagi kompaniyalarning qanday ilg‘or va innovatsion mahsulotlari
ularning qadr-qimmatini oshirayotganini aniqlang.
Quyidagi matnni o‘qing.
ILMGA CHANQOQ BOLANING KOMPANIYA
RAHBARIGA AYLANISHI
Go‘zal hayot o‘z-o‘zidan bunyod bo‘lmaydi. U o‘qib-o‘rganish, muntazam
intilish, qattiq mehnatning natijasidir. Sundar Pichai 27 yil avval Stenford
universiteti grantini qo‘lga kiritgan. Hindistondan u yerga uchib borishga
mablag‘ yo‘qligi bois, kambag‘al otasi bankdan qariyb bir yillik maoshiga
teng pul olib, unga chipta xarid qiladi. Yigit umrida birinchi marta
samolyotga chiqib, okean ortiga uchib ketadi va musofirlikda o‘qib-izlanadi.
Bugun uning yillik maoshi qariyb 300 mln. dollarga teng.
Amaliy faoliyat
Mustaqil faoliyat


57
Tarbiya, 9-sinf
@edurtm_uz
Ota-onam boshqa million lab insonlar kabi,
topgan-tut ganlarini, umrlarini farzand larining
ta’limi uchun sarf qilganlar. Shu tufayli hozirgi
darajaga yetishdim.
Sundar Pichai
«Google»ning bo‘lajak rahbari yoshligidanoq ilmga chanqoqligi bilan
tengdoshlaridan ajralib turgan. U maktabda kamgap, ammo so‘zlari
ma’noga to‘la, uyatchan o‘quvchi bo‘lgan. Elektronika mahsulotlarini
«titkilash» uning uchun eng sevimli mashg‘ulot edi.
2004-yilda «Google» kompaniyasidagi faoliyatini oddiy menejerlik
lavozi midan boshlagan Pichai 2015-yilda kompaniyaning rahbariga aylandi.
Pichai «Google Chrome», «Chrome OS», shuningdek, «Google Drive»
kabi dasturiy mahsulot va loyihalarning menejmenti bo‘yicha mas’ul
lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan. U kompaniyaning «Gmail» hamda «Google
Maps» loyihalarining rivojiga katta hissa qo‘shgan.
Innovatsion mahsulotlarni yaratishda Sundar Pichaining sa’y-harakatlari
yuqori.
Sundar juda kamsuqum va kamtarin inson. U bilan suhbatlashayotgan
inson uning xalqaro ahamiyatga ega kompaniyaning rahbari ekanini
his qilmaydi.
Innovatsion g‘oyalarni vujudga kelishi uchun qanday sharoitlar bo‘lishi
kerak?
Sundar Pichai muvaffaqiyatining siri bo‘lgan o‘ziga xos fazilatlarni
 
sanang va ularni infografika shaklida tasvirlang.
1. Internet va axborot texnologiyalarining rivoji insoniyat hayotini qay
darajada o‘zgartirdi?
2. Ular sizning hayotingizga qanday ta’sir qilyapti?
3. Internet va ijtimoiy tarmoqlardan shaxsiy rijovlanish uchun qanday
foydalanish kerak?

Yüklə 50,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə