Baxt va muvaffaqiyat sirlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining


Tanqidiy fikrlab, muammo va masalani qanday hal qilamiz?



Yüklə 50,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/99
tarix23.12.2023
ölçüsü50,2 Mb.
#156115
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   99
tarbiya 9 www.sadikov.uz

Tanqidiy fikrlab, muammo va masalani qanday hal qilamiz?
Keling, biror muammo va masalani hal qilishda bizga nimalar yordam
berishini o‘ylab ko‘raylik. Avval muammoni tahlil qilamiz. Tahlil, bu –
murakkab masalani yaxshiroq tushunish uchun uni kichik qismlarga bo‘lib
chiqish degani. Bu orqali:
Vaziyatni
baholaymiz
Ma’lumotlar 
izlaymiz
Dalillarni 
taqqoslaymiz 
Qaror qabul 
qilamiz
Ushbu infografikaga asoslanib hayotiy misol keltiring.
Tanqidiy fikrlash chog‘ida mantiqiy yondashuv faollashadi, savollar aniq
ketma-ketlikda qo‘yiladi. Natijada, vaziyatdan kelib chiqib, muammoga
yangicha yechim topish mumkin bo‘ladi. Aniq va tizimli fikrlash bizdagi
g‘oyalarni ifodalash uslubini yaxshilaydi. Shunda odamlar bizni yaxshiroq
tushuna boshlaydilar.
Mulohaza uchun


II bob. Ilm-ma’rifat. Innovatsiya
60
@edurtm_uz
Tanqidiy fikrlaydigan kishi oqilona qaror qabul qiladi. Anvarning
otasi o‘g‘liga noutbuk sovg‘a qildi. Do‘stiga havasi kelgan Nodir ota-onasidan
unga ham noutbuk olib berishlarini so‘radi. Uning otasi uyni yaqindagina
ta’mirdan chiqargani sabab, noutbuk xaridini biroz keyinroqqa qoldirishni
aytdi. Nodir bundan biroz xafa bo‘lgan bo‘lsa ham, ota-onasini tushundi va
bu fikrga ko‘ndi.
Tanqidiy fikrlash ko‘nikmasiga ega insonda mustaqil o‘rganish
moyilligi baland bo‘ladi. Ya’ni, bunda siz bilimingizni boyitasiz,
qo‘shimcha ma’lumotlar izlaysiz.
MENING HAYOT QOIDALARIM
Qonun va qoidalar bizni to‘g‘ri yo‘naltirish, himoya qilish va tartibni
saqlash uchun juda muhim. Tasavvur qiling, dunyoda hamma amal qilishi
shart bo‘lgan ikkita qoida ishlab chiqish kerak. Siz qaysi qoidalarni ilgari
surasiz?
1-qoida ... .
Bu qoidani tanlashimdan maqsad shuki, ... .
2-qoida ... .
Bu qoida Yer uchun muhim, chunki ... .
Tanqidiy fikrlash orqali biz ahamiyatsiz og‘zaki bahslarni asosli fikrlar
bilan ifodalashga o‘rganamiz. O‘z nuqtayi nazarimizni shubha ostiga olamiz,
boshqalarni tinglaymiz. Bunday insonlar «Ehtimol men xato qilayotgandir-
man?», «Balki uning so‘zlari to‘g‘ridir?» degan savollarni o‘ziga beradi va
javob izlaydi.
Tanqidiy fikrlash ko‘nikmasiga ega insonlar kamtar bo‘ladilar, fikrlari
-
ning xato ekanini, boshqalarning ustun jihatini tan oladilar. Ular sinchkov
va qiziquvchan bo‘ladilar, mayda dalillarni ham o‘rganishdan to‘xtamay- 
dilar.

Yüklə 50,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə