Baxt va muvaffaqiyat sirlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining



Yüklə 50,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/99
tarix23.12.2023
ölçüsü50,2 Mb.
#156115
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   99
tarbiya 9 www.sadikov.uz

HISSIY HOLATLAR BANKINI TUZISH
Salbiy hissiyotlar bilan kurashish usullari ro‘yxatini tuzing. Ro‘yxatni
umumiy muhokamada to‘ldiring.
Misol uchun:
SALBIY HISSIYOT
UNGA QARSHI KURASH USULI
Qayg‘u
Baxtli onlarni eslash,
yaqinlarning mehr-muhabbatini sezish
Eng qiyin ish – salbiy hislarni boshqarish. Salbiy hislar insonning
jismoniy holatiga yomon ta’sir qiladi. Ijobiy hislar insonga sog‘lom bo‘lishga
yordam beradi.
Insonlar nimani his qilayotganini tushunish samarali muloqot qilish,
odamlarga xayrixoh bo‘lish va munosabatlarni asrab qolish uchun ongli
ravishda harakatlanishga yordam beradi.
Amaliy faoliyat
Mulohaza uchun
G‘azabdan saqlaning, chunki g‘azab odamzod ichida yonib turgan
bir cho‘g‘dir. Sizlardan biringiz g‘azablanganingizda ko‘zlari qizarib,
tomirlari bo‘rtib chiqqanini ko‘rmadingizmi? Agar qay biringiz o‘zida
g‘azab alomat larini sezsa, yotib olsin yoki o‘tirib olsin.
Hadis
Ma’naviyat xazinasidan


II bob. Ilm-ma’rifat. Innovatsiya
54
@edurtm_uz
14-MAVZU: INNOVATSIYA VA ILG‘OR FIKRLASH –
 
TARAQQIYOT G‘ILDIRAGI
Quyidagi matnlarda insoniyat tarixidagi qaysi innovatsiyalar haqida
gap ketayotganini toping.
Undan ilk marotaba 400 ming yil avval foydalanilgan. U himoyala- 
nishda, masofadan turib muloqot qilishda odamlarga qo‘l kelgan.
100 000 yil avval yaratilgan bu innovatsiya bir avlod to‘plagan tajribani
keyingi avlodga yetkazishni osonlashtirgan.
19 000 yoshdagi bu ilg‘or fikr paydo bo‘lishi bilan odamlar tuyalarni
xonakilashtirib, savdogarlikda foydalanishgan.
17 000 yil avval yuzaga kelgan bu voqeadan so‘ng odamlar ko‘chman-
chilikdan voz kechib, bir joyda yashab, qishloq va shaharlar qurganlar.
6000 yoshdagi bu ilg‘or ixtiro savdo-sotiq rivojini harakatga keltirgan
navbatdagi ulkan kuch bo‘ldi.
5400 yil avval u loydan yasalib, olovda pishirilgan, natijada o‘nlab
yangi transport vositalari yaratilgan.
5000 yoshdagi bu innovatsiya savdo tizimini osonlashtirgan, mahsulot
almashuv jarayoniga asta-sekin chek qo‘ygan.

Yüklə 50,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə