Baxt va muvaffaqiyat sirlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining


IV bob. Tadbirkorlik, g‘oya va boylikdan foydalanish mezonlari



Yüklə 50,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/99
tarix23.12.2023
ölçüsü50,2 Mb.
#156115
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   99
tarbiya 9 www.sadikov.uz

IV bob. Tadbirkorlik, g‘oya va boylikdan foydalanish mezonlari
120
@edurtm_uz
eng yaxshi to‘shakda uxlagan bo‘lasan; odamlarga go‘zal muomalada
bo‘lsang – ularning qalbida yashaysan. Insonlar qalbi esa uylarning eng
yaxshisidir.
Bilasizmi?
Jamoaviy mashg‘ulot
Amaliy mashg‘ulot
U har tun uyquga ketish oldidan o‘tgan kunini o‘ylab, qilgan biror foydali
ishidan kayfiyati chog‘ bo‘lsa, shundan quvonar edi. U tongda uyg‘ongach,
o‘ziga bir xil savol berar edi: «Bugungi kunim men uchun omonat bo‘lsa,
reja qilgan ishim meni baxtli qila oladimi?» O‘z-o‘zini savolga tutishni odat
qilgan Stiv Jobs 1976-yil 21 yoshida Apple kompaniyasiga asos solgan.
Siz har kuni tongda uyg‘onganda va tunda uyquga ketayotganda o‘zingizga
qanday savollar berasiz?
Quyidagi fikrni muhokama qiling.
«Hayotdagi eng mudhish qashshoqlik – puldan boshqa narsani tan
olmaslikdir»
Quyidagi misollarni o‘qib, savollarga javob bering.
BILIM – MUVAFFAQIYAT KALITI
Nozim ishchi oilasida tug‘ilgan. U bolaligidan mahalla kutubxonasidan
kitob olib o‘qishga odatlandi. Maktabda yaxshi o‘qib, ilm olib, izlangani
uchun Nozim muvaffaqiyatga erishdi. Yon-atrofingizda bilimi ortidan boy-
badavlat bo‘lgan, Nozimga o‘xshagan insonlarni bilasizmi?
XASISLIK
Murodbek doimiy ravishda arzon narsalarni sotib olishni xush ko‘radi.
U sifatsiz mahsulotlarni iste’mol qilib, xastalanib qoldi. Davolanish uchun
u katta pul sarfladi.
O‘ZI YOQTIRMAGAN ISH BILAN SHUG‘ULLANISH
Mahbuba hisobchilikni yomon ko‘radi, lekin boshqa ish qo‘lidan
kelmaydi. Mansur majburligidan sotuvchilik qiladi. Ularning hayotini
qanday tasavvur qilasiz?


121
Tarbiya, 9-sinf
@edurtm_uz
BAXTNI PUL BILAN O‘LCHASH
Muzaffar yaxshi pul topadi. Ammo pul keldi deguncha kiyim oladi,
sayohatga chiqadi, yaxshi joylarda ovqatlanadi. U topganini tugatishi bilan
yana avvalgi hayot tarziga qaytib, kamtarona yashaydi. Buning o‘rniga
u nima qilishi mumkin?

Yüklə 50,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə