Bibliografiya lat p65



Yüklə 371,14 Kb.
səhifə28/90
tarix19.04.2023
ölçüsü371,14 Kb.
#106141
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   90
s

Òazkirachilik


O‘rta Osiyo xalqlari adabiyotida va kitobatchilik ishi tarixida tazkira janri alohida o‘rin kasb etadi. Bu bibliografiya rivojiga ham ta’sir ko‘rsatgan. Tazkiralarda mashhur shaxslar, asosan, shoirlar, kitob san’ati ustalari, diniy arboblar va boshqa ijodkorlar haqida biografik va bibliografik ma’lumotlar berilgan bo‘lib, alohida bir to‘plamni tashkil etgan. Bu manbalarda ma’lum bir shaxsning qalamiga mansub asarlari, devonlari haqida, ulardan namunalar va uning qo‘li bilan ko‘chirilgan kitoblar haqida ma’lumot ilova qilingan. Òazkirachi shaxsning xattotlikdagi, kitob san’ati bilan bog‘liq faoliyatidagi yutuqlariga alohida e’tibor bergan, uning ayrim asarlariga adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan baho beradi. O‘sha paytda tazkiralarning uch xili —sof adabiy tazkiralar, shayx va avliyolarga bag‘ishlangan tazkiralar, xattotlar va kitob ishi bilan bog‘liq shaxslar haqidagi tazkiralar mavjud bo‘lgan. Oxirgi tazkira „Tazkirayi xattotiy“ deb nomlangan bo‘lib, uning maqsadi o‘tmish va zamondosh kitob san’ati namoyandalarining hayoti va faoliyatiga oid ma’lumotlarni bir joyga to‘plashdan iborat. Bu turdagi manbalar orasida XVI asrda yashab ijod etgan xattot qozi Ahmad Qumiyning „Xattotlar va musavvirlar haqida risola“ nomi bilan mashhur asari muhimdir. Òazkiralar hozirgi zamon va Yevropa adabiyotidagi mavjud adabiy antologiyalar va bibliografik lug‘atlarga yaqin turadi. Unda shaxsning hayoti va faoliyati, so‘ngra uning asarlari, u haqda zamondoshlarining fikrlari beriladi. Bunday tuzilish uslubi va ma’lumotlar „Bibliografik lug‘atlar“da ham qo‘llaniladi. Yirik shoir, adabiyotshunos M. Shayxzoda tazkira janriga quyidagicha tavsif bergan: „Sharq xalqlarining adabiyot tarixini asl manbalar orqali tekshirilgan, degan tadqiqotchining asosiy suyanadigan manbasi turli zamonlarda, turli shaxslar tomonidan, turli sabablar bilan yozilgan tazkiralardir“.
„Tazkira“ arabcha so‘z bo‘lib, maqsadni unutmaslik uchun uni yozuvda bayon etish degan ma’noni anglatadi. Ularda tazkira yaratilgan davrdagi va mamlakatdagi mashhur kishilar, yozuvchi va shoirlar, olimlar haqida ma’lumot beriladi. Bu mazmuniga ko‘ra hozirgi davrdagi biobibliografik ma’lumotnomalarga o‘xshab ketadi. Bunday tazkiralar Sharq mamlakatlari xalqlari orasida keng tarqalgan va mashhur bo‘lgan. Sharq adabiyotida birinchi marta yaratilgan va bizgacha yetib kelgan tazkira 1017yilda Mansur as-Salibiyning arab tilida yozilgan „Yatimat udduhr“ kitobi bo‘lib, uning bitta bobi maxsus turkistonlik va xurosonlik 124 shoirning hayoti va ijodi hamda asarlariga bag‘ishlangan. Muallif o‘sha davrdagi Buxoro hamda Xorazmdagi adabiy jarayon, uning ahvoli, zamondosh xattotlar, ular ko‘chirgan qo‘lyozma asarlar, mualliflari, asar nomi, ko‘chirilgan joyi va yili haqida qisqa ma’lumot bergan. Forsiy tilda yozilgan dastlabki tazkira Muhammad Avfiyning 1221 —1222- yillarda yaratgan „Lubob ul-albob“ nomli asaridir. U marvlik bo‘lib, Buxoroda tahsil olgan, tarbiya topgan. Avfiy o‘z asarida O‘rta Osiyoda fors-tojik tilida XI —XII asrlarda yashab ijod etgan shoirlar haqida ma’lumotlar beradi. Fors-tojik tilida yaratilgan mashhur tazkiralar qatoriga A. Jomiyning „Bahoriston“ asaridagi badiiy ijod namoyandalariga bag‘ishlangan VII bobini kiritish mumkin. Bunda X—XV asrlarda yashab ijod etgan 30 dan oshiq o‘rta osiyolik shoirlarning hayoti va ijodi hamda ular tuzgan devonlar haqida ma’lumot beriladi. XV asrda yashab va fors-tojik tilida ijod etgan shoir va adiblarga bag‘ishlangan yana bir tazkira Davlatshoh Samarqandiyning „Tazkirat ush-shuaro“ asari bo‘lib, 1488-yilda yozib tugatilgan va unda 150 ta shoir haqida ma’lumot berilgan. Samarqandiy Òemuriylar davrida harbiy xizmatchi bo‘lgani holda badiiy asarlar ham yaratgan, ularda shoirlar haqida ma’lumotlar, ularning asarlariga sharhlar bergan. Navoiydan keyingi davrlarda yashagan adiblar uning tazkirachilik an’analarini davom ettirdilar. Ana shulardan biri 1566- yilda yaratilgan „Muzakkiri ahbob“ tazkirasining muallifi buxorolik Hasan Xoja Nisoriy edi. Bu tazkira XVI asrda yaratilgan yagona tazkira bo‘lib, u o‘sha asrning birinchi yarmidagi O‘rta Osiyoning adabiy hayoti, Òurkiston adabiy muhitiga oid va o‘sha davrda yashab o‘tgan 250 dan oshiq adiblar haqida to‘la ma’lumot beradi.
XVII—XIX asrlarda O‘rta Osiyoda yana 10 dan oshiq tazkiralar tuzilgan bo‘lib, ular o‘z zamonasining adabiy muhiti, ijod ahli, kitobatchilik ishi va kitob ustalari haqida ma’lumot beradi. Shulardan biri Muhammad Malix Samarqandiyning „Muzakkir ul-as’hob“ va Mutribning „Tazkirat ush-shuaro“ tazkiralaridir. Birinchi tazkirada 161 ta muallif haqida, ikkinchisida XVI va XVII asrda yashab ijod etgan 323 ta shoir, xattot va kitob ustalari haqida ma’lumot beradi. 1759-yil Muhammad Amin bin Nurmuhammad Nasafiyning „Mazhar ul-musannifin“ tazkirasi XVIII asrning birinchi yarmida yashagan ijodkorlar haqidagi o‘sha davrda yaratilgan va bizgacha yetib kelgan yagona antologiyadir.
XVI asrda Beruniy asos solgan ustozlar asarlarining bibliografik ro‘yxatini tuzish an’anasi keyingi asrlarda ham davom etdi. Navoiy o‘z do‘sti, maslakdoshi, ustozi A. Jomiy vafotidan so‘ng unga bag‘ishlab 1492-yili „Xamsat ul-mutaxayyirin“ asarini yozadi. Uning kirish qismida Navoiy risolaning yozilish sabablari va tuzilish uslubi haqida qisqacha ma’lumot beradi va qo‘llanma muqaddima, uch maqolat va xotimadan iborat ekanligini yozadi. Muqaddima qismida A. Jomiyning hayoti, nasl-nasabi, Jomiy bilan birinchi marta tanishgan onlari haqida, 1-maqolatda ikki buyuk shaxs hayoti davomida yuz bergan do‘stlik, ijodiy hamkorlik jabhalari haqida ma’lumot beruvchi manbalar haqida sharh beriladi. 2-maqolat ularning bir-birlariga yozgan qator maktublari va bu maktublarning yozilish sabablari, 3-maqolat Jomiy yaratgan 30 ta asar, ularning yozilish sabablari, tarixi haqida ma’lumot beriladi va ro‘yxati keltiriladi. Bir-biri bilan maslahatlashib yozgan asarlari, ularning manbalari haqida ham ma’lumot beriladi.
Navoiyning zamondoshi, shogirdi, tarixchi olim Xondamir yaratgan „Makorim ul-axloq“ asari Navoiy hayoti va ijodini o‘rganish uchun muhim bibliografik manba sifatida shu kungacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Bu asar Navoiyning vafot etgan yili yozilgan va kirish, 1 ta bob va so‘ngi so‘zdan iborat bo‘lib, birinchi marta buyuk shoirning ijodiga badiiy-estetik baho beriladi. Uning „Xamsa“ va „Chor devon“ asaridan tashqari, 20 dan ortiq turk va fors tillarida yozilgan asarlari, 30 dan ortiq Navoiy ijodiga bag‘ishlangan boshqa shoir va yozuvchilar, olimlarning asarlari haqida qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan. Xondamir o‘zi guvoh bo‘lgan yoki o‘qib chiqqan asarlarni ro‘yxatga kiritgan. Shuning uchun u asarning ro‘yxatini beribgina qolmay, har bir asarning mazmuni haqida o‘zining va boshqalarning fikrlarini, bahosini yozib boradi. Xondamir birinchi Navoiyshunos olim sifatida Navoiy shaxsi va ijodiga oid barcha ma’lumotlarni to‘g‘ri va to‘la berganligiga shubha yo‘q. Navoiy asarlarining yozilishi tarixi, uning yaratilishiga ta’sir ko‘rsatgan tarixiy shart-sharoitlar, omillar haqida batafsil to‘xtaladi. Xondamirning bunday ma’lumot berish tartibi hozirgi zamonda bibliografiyadagi annotatsiya tuzish yoki bibliografik sharhni eslatadi. Xondamir „Xamsa“ning turkiy tilda yozilganligini, 27 ming baytdan iborat ekanligini, „Chor devon“ esa 25 ming baytdan iborat turkiy tilda yozilgan g‘azallardan jamlangan to‘plam ekanligini, to‘rtala devon Navoiy hayotining turli fasllarida yaratilgan g‘azallarni jamlab turuvchi nomlar bilan atalganligi haqida ma’lumot bergan. Òarixchi bu asarida Navoiy haqidagi manbalar ro‘yxatini ham beradi. Ular kitobning turli bo‘limlarida Navoiy hayoti va faoliyatining qirralariga ko‘ra joylashtirilgan. Masalan, „Ilm fazilati va olimlar martabasi haqida“ bo‘limida Òoftazoniy, Nasimiy, Koshifiy, Imom Navaviy kabi zamondosh olimlarning Navoiyga bag‘ishlangan 21 ta asari haqida ma’lumot beradi.
„She’r fazilati va shoirlarning ulug‘ darajalari haqida“gi bo‘limida A. Jomiy, Kirmoniy, Gulistoniy, Kamoliddin Mir Husaynning Navoiyning ulug‘ nomi bilan tugallangan asarlarining ro‘yxati berilgan. Manbalarning bunday tartibda joylashtirilishi bibliografik qo‘llanmalardagi adabiyotlarni mavzuli joylashtirish uslubiga o‘xshab ketadi. Ko‘rinib turibdiki, Xondamirning bu asarida bibliografiyaning juda ko‘p elementlari uchraydi. Asar ham tarixiy, ham o‘zbek mumtoz adabiyotining tarixini o‘rganuvchi, Navoiy hayoti va ijodi haqida ilk bor to‘la ma’lumot beruvchi muhim bibliografik qo‘llanma, o‘zbek milliy bibliografiyasining tarixini o‘rganishda muhim manba sifatida ahamiyatga ega.
XIX asr oxiri—XX asr boshlarida ham tazkirachilik san’ati davom etdi. O‘rta Osiyoning ayrim hududlarida yashab ijod etgan shoir va yozuvchilar, kitob san’ati ustalari haqida, o‘sha davr adabiy hayoti haqida alohida ma’lumotlar to‘pladi. Qo‘qonda Fazliy rahbarligidagi bir guruh shoirlar 1821- yili „Majmual shoiron“ va boshqa tazkiralarni yaratishdi. Buxoroda bu davrda 6 ta tazkira yaratilgan, ulardan Abdumutallib Fahmiyning „Tazkir al-Fahmiy“, Hoji Abdulazim Shar’iyning „Tazkirat ushshuaro“ va boshqalarni esga olish mumkin. Xorazmda mashhur shoir va tarixchi Ahmad Òabibiy tazkiralar yaratgan. O‘rta Osiyoda kitob bosish ishi (litografiya) boshlangunga qadar tazkira janri keng tarqaldi. XIX asr oxiri xivalik shoir Yusuf Òunkrat „18 shoir to‘plami“ tazkirasini yaratdi. Buxoroda amir saroyining ma’rifatli kishilaridan biri Sharifjon Mahdum tazkira janrida faol ijod qildi. U „She’rlar to‘plami“, „Qadimgi shoirlar, zamonaviy davlatmandlar va diyonatli kishilar antologiyasi“ni tuzdi, bayoz janrida asarlar yaratdi, turli tarixiy davrlarda yashab ijod etgan mualliflarning she’rlar to‘plamlarini tuzdi. Sh. Mahdum Òurkistonda o‘z davrining yirik kitob shinavandasi edi. Boy va qimmatli qo‘lyozmalari bilan boshqa kutubxonalardan ajralib turuvchi shaxsiy kutubxonasi haqida ma’lumot yozib qoldiradi. Kutubxona fondidagi adabiyotlar katalogini tuzadi, uning kirish qismida kutubxonada mavjud muhim qo‘lyozmalar, ularning ahamiyati haqida ma’lumot beradi. Katalogda adabiyotlarni tartibga solishda ma’lum bir xronologik yoki mavzuli joylashtirish prinsiðiga amal qilmaydi. U o‘zicha qo‘lyozmalarni tavsiflash qoidasiga rioya etadi: asar nomi, muallif yoki xattotning ism-sharifi, qog‘ozning sifati va uning ishlab chiqarilgan joyi, zamonaviy mualliflar, uning qarindoshlari haqida ma’lumot beradi. Undan tashqari, qo‘lyozmaning asl narxini va uni sotib olingan narxini ham keltiradi. Mashhur mualliflar asarini tavsiflashda muallifning hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotni keltiradi, uning asarlariga baho beradi. Shunday qilib, bu katalog 300 dan oshiq adabiyot haqida keng axborot beradi. Sh. Mahdumning katalogi qimmatli kitob shinavandasining ishi bo‘lib, ko‘pgina elementlarni berishi bilan hozirgi zamon bibliografik qo‘llanmalariga yaqin keladi. Òarixiy manbalardan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, qadimdan O‘rta Osiyo kutubxonalarida olimlar, o‘z davrining mutafakkirlari, matematiklar, tilshunos va adabiyotshunoslar, tabiatshunoslar xizmat qilgan, shu yerda xattotlik va kitob miniatura san’ati shakllangan va takomillashib borgan.

Yüklə 371,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə