Bibliografiya lat p65



Yüklə 371,14 Kb.
səhifə5/90
tarix19.04.2023
ölçüsü371,14 Kb.
#106141
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
s

Savol va topshiriqlar


  1. „Bibliografiya“ so‘zining ma’nosi nima?

  2. Qog‘oz va uning paydo bo‘lishi, ahamiyati haqida to‘xtaling.

  3. Axborot infratuzilmasi nima?

  4. Bibliografiya nazariyasi nimani o‘rganadi?

  5. Bibliografik axborot nima?

  6. Bibliografiyaning texnologiyasi nima?

  7. Bibliografiyaning metodikasi nimadan iborat?

  8. Bibliografiya tarixi nimani o‘rgatadi?

  9. Bibliografiyani tashkil etishdan maqsad nima?

  10. Bibliografiyaning ahamiyati haqida gapiring.

I I BOB. BIBLIOGRAFIK AXBOROTNING ASOSIY

SHAKLLARI, AXBOROTNI YIG‘ISH VA UZATISH


Mavzuning maqsadi bibliografik axborotning mohiyati, xususiyatlari, tarixi, uni uzatish va tarqatish usullari, bibliografik yozuv va uning xususiyatlari, bibliografiyalash texnologiyasi haqida ma’lumot berish.
Asosiy tushunchalar—bibliografik kirish, bibliografik axborot, bibliografik xabar, bibliografik yozuv, bibliografik yozuvning tavsif boshi, bibliografik tavsif, annotatsiya, referat, indekslash, yo‘naltirish, bibliografik faoliyat, bibliografiyalash, bibliografik xizmat.

Bibliografik axborotning zamonaviy tushunchasi


Ikki yarim ming yil mobaynida qadimgi hujjatli manbalarni o‘rganish bibliografik axborotni tashkil etuvchi matnlarni aniqlashga imkon berdi. Bular quyidagilardan iborat: bibliografik kirish, matn ichi ro‘yxatlari, mashhur mualliflar asarlarining ro‘yxati, kutubxona kataloglari, bibliografik ro‘yxatlar.
Bibliografik kirish — matn boshidagi muallif ism-sharifi, sarlavha, kitobxon guruhi, maqsadi va boshqalar; asar boshida avtobiografik xarakterda muallif haqidagi, matndagi va matndan tashqaridagi asar sarlavhasi; matn so‘ngidagi yozuvlar haqida ma’lumot. Hozirgi paytda bibliografik kirish deganda matn bilan tanishishdan avval asar haqidagi eng zarur, qisqa ma’lumotlarni aks ettiruvchi titul (sarvaraq) sahifasi tushuniladi. Qadimgi antik adabiyotda bunday ma’lumotlar „Bilim beruvchi“ didaktik, hikoya va qo‘shiq janridagi asarlarda qo‘llanilgan. 22 ta adabiy yodgorliklarda ana shunday ma’lumotlar borligi aniqlangan. Bibliografik kirish tuzilishi o‘sha davr uchun xos bo‘lgan shaklda, ma’lum bir tartibda berilgan—asar muallifi yoki shaxs haqida ma’lumot, ba’zan qo‘shimcha titul varag‘ida muallifning kasbi, shajarasi, agar otasi yoki ustozi mashhur shaxs bo‘lsa, ular haqidagi ma’lumot, asar sarlavhasi, uning yaratilishi sabablari, muallifning o‘z asariga bergan bahosi keltirilgan. Avtobiografik xarakterdagi bibliografik kirishda faqat muallif haqida ma’lumot berilgan.

Yüklə 371,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə