Bibliografiya lat p65


BIBLIOGRAFIYANING JAMIYAT



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/161
tarix13.04.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#85417
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161
bibliografiya

 BIBLIOGRAFIYANING JAMIYAT
HAYOTIDA TUTGAN O‘RNI VA AHAMIYATI
Mavzuning maqsadi

o‘quvchiga bibliografiya va bibliogra-
fiyashunoslik tushunchalarini yoritib berish, uning kelib chiqishi va
shakllanish tarixi, hozirgi davrdagi ma’no va mazmuni haqida,
bibliografiyaga oid hujjatlar haqida ma’lumot berish.
Asosiy tushunchalar

bibliografiya, bibliografiyashunoslik,
qog‘oz, bibliografiya nazariyasi, bibliografiya texnologiyasi,
bibliografiya uslubiyati, bibliografiyani tashkil etish.
Bibliografiya tushunchasi, uning kelib
chiqish tarixi haqida ma’lumot
„Bibliografiya“ so‘zi birinchi marta Qadimgi Gretsiyada
qo‘llanilgan. So‘zma-so‘z tarjima qilinganda 
biblion
— „kitob“,
grapho
— „yozaman“ degan ma’noni anglatadi. Kitob nashr
etish ishi boshlangunga qadar bu tushuncha kitobni yozish,
ko‘chirib yozish ma’nosida qo‘llanilgan. U vaqtlarda kitobni
yozish va ko‘chirib yozish qo‘l mehnati bilan amalga oshirilgan.
Bu ishni bajarganlarni bibliograflar deb atashgan. O‘sha paytda
bibliograflardan alohida mukammal bilim talab etilmasdan, faqat
yozishni va o‘qishni bilish talab qilingan bo‘lsa-da, bu ish juda
yuqori malakali va istiqbolli ish hisoblangan. Qog‘oz kashf
bo‘lgunga qadar O‘rtayer dengizi mamlakatlarida papirus, Meso-
potamiyada loy plastinkalardan, Xitoyda iðakdan, Hindistonda
palma daraxti barglaridan foydalangan holda axborotning
qo‘lyozma shakllarini tarqatishgan.
Ikkinchi darajali axborotning qadimgi shakllari yozma mada-
niyat tarixi bilan bog‘liq bo‘lib, Vizantiyaning bibliografik
yodgorliklari, Shumerning bibliografik matnlari, amerikalik
tadqiqotchi S. N. Kramerning va boshqa Assuriya madaniyati
namoyandalarining asarlarida tasdiqlangan. Eramizdan oldingi
uchinchi ming yillikda yer yuzidagi birinchi kutubxonalar
Qadimgi Shumerda paydo bo‘lgan. Shumer xonligidagi
kutubxona xodimlari loy-tablichkalardagi klin yozuvlarini katta
yopiq qutilarda va savatlarda saqlaganlar. Nishopur saroyida
Lagash arxeologlari tomonidan minglab (20000 dan ko‘p) ana
shunday loy-tablichkalar topilgan. Ana shunday katta fondga ega
bo‘lgan kutubxonalar jamg‘armasidan o‘ziga kerakli tablichkani


7
topishning o‘zi bo‘lmagan. Qadimgi Shumer kutubxonachilari
bunday holatdan chiqa bilganlar. Ular har bir qutini yoki
savatni alohida o‘ziga xos va undagi materiallar mazmuniga
muvofiq nomlar bilan ataganlar. Bunday tartibga solish
kutubxonachilik ishidagi birinchi kataloglardir. Bu foydala-
nuvchiga kutubxonada mavjud hujjatni qidirishga va oson topishga
yordam bergan. Shunday qilib, kutubxona xodimi birinchi bo‘lib
kutubxona katalogi ko‘rinishida o‘z kutubxonasida maxsus
tablichka-ko‘rsatkichlarni qo‘llash bilan katalog shaklidagi bib-
liografik axborotni kashf etdi. Keyinchalik kataloglar bibliografik
axborotning manbasi sifatida anchagina qadimgi yirik kitob
saqlash muassasalariga bo‘ysungan. O‘sha vaqtda Jenevada
mavjud bo‘lgan kutubxona katalogi haqidagi ma’lumotlar biz-
gacha yetib kelgan. U Assuriya shohi Ashshurbaniðalga qarashli
bo‘lgan. Bu eramizdan oldingi VI asrga oid juda katta bir qancha
o‘n ming dona loy-tablichkalaridan iborat kutubxona bo‘lib,
adabiyotlar, asosan, o‘sha davrga xos grammatika, she’riyat,
tarix, huquq, tabiat haqidagi fan, geografiya, matematika va
dinga oid edi. Kutubxonaning sistemali katalogi unda ishlaydigan
juda katta olimlar va yozuvchilar (xattotlar) guruhi tomonidan
yaratilgan.
Qadimgi Misrdagi Edfu shahrida „Papirus uyi“ nomli ku-
tubxona bo‘lgan. Uning binosi hozirgacha saqlanib qolgan va
qo‘lyozmalarning birortasi ham yo‘qolmagan. Bizgacha yetib
kelgan katalog yordamida kutubxona fondi haqida to‘la
ma’lumotga ega bo‘lishimiz mumkin. Katalog 2 qismdan iborat:
har ikkala qismda turli masalaga oid adabiyotlar ro‘yxati
berilgan. 1- qism 12 ta quti, 2- qism 22 ta qutidagi adabiyotlar
mazmuni haqida ma’lumot beradi.
Miloddan avvalgi III asrda Ellinistik Misrda Aleksandriya
kutubxonasi turli tildagi milliondan ortiq hujjatlar to‘plangan
zamonasining gullab-yashnagan kutubxonasi edi. Uning kutub-
xonachisi olim va shoir Kallimax hajmiga ko‘ra tarixiy-adabiy va
bibliografik ish deb tan olingan va mashhur bo‘lgan, ammo
bizgacha saqlanmagan „Bilimning hamma sohasida sharaf
topganlarning jadvali“ni tuzgan edi. U haqda materiallar yetib
kelgan. Unga ko‘ra, bu bir tomondan Aleksandriya kutubxona-
sining 8 dan 1 qismini aks ettirgan, ikkinchidan, Kallimaxga
ma’lum bo‘lgan o‘sha vaqtdagi birinchi manbasining qayerda
saqlanishidan qat’i nazar grek adabiy asarlari va mualliflar


8
haqidagi biografik ma’lumotlarni bergan. Kallimax jadvali
o‘zida bibliografik axborot rivojining 2 ta asosiy yo‘nalishini aks
ettirgan: 1. Tarixan birinchi va bibliografik axborotning aniq
kutubxona fondi bilan bog‘liq katalogi. 2. Tasvirlangan hujjatlarning
aniq saqlanish joyiga bog‘liq bo‘lmagan hujjatlar haqida (bu
yo‘nalish shu vaqtgacha alohida izohli ma’noga ega emas edi).
Tadqiqotchilarning e’tiroficha, dastlabki bibliografik qo‘l-
lanma sifatida bu jadval bizgacha yetib kelmagan bo‘lsa-da, shu
ish bilan bibliografiya tuzish boshlangan. Xuddi shunga
o‘xshagan bibliografik ko‘rsatkich kechroq, eramizdan oldingi I
asrda Xitoyda „Si lyue“ („Yetti rezyume“) nomi bilan paydo
bo‘ldi. Bu ishlar bizga qadar nazariy va amaliy ahamiyatini
saqlab qolgan. Qadimgi dunyoda va o‘rta asrlarda Yevropada kitob
bosish ishi ixtiro qilingunga qadar bibliografiya tarixi haqida
to‘g‘ri ma’lumotlarni Rossiya davlat kutubxonasining biblio-
grafiya bo‘yicha ilmiy tadqiqot bo‘limining bosh ilmiy xodimi,
mashhur bibliograf va vizantiyashunos B. A. Semyonovning
tadqiqotlaridan olish mumkin. Uning 1979 — 1982-yillarda
o‘tkazgan tadqiqotiga ko‘ra:
1. Vizantiyada aniqlangan barcha yodgorliklarni to‘la yoki
qisman bibliografik apparatga ega bo‘lgan qo‘llanma deb
hisoblash mumkin.
2. O‘rta asr grek bibliografiyasi muntazam rivojlangan bo‘lib,
o‘sha davrdagi bibliografiya qadimgi grek va ellinistik bibliogra-
fiyaning yangi tarixiy jarayondagi davomi edi.
3. O‘sha davr bibliografiyasi uchun keyinchalik kitob bosish
ishi paydo bo‘lgandan keyin ham rivojlangan unifikatsiya xarak-
terli bo‘lib qoldi.
4. Bibliografik matnlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki,
bibliografik yo‘llanmalar (ssilkalar) mualliflarni ko‘rsatishda va
aniq bir asarga taalluqli masalalarni ko‘rsatishda qo‘llanilgan.
5. Birinchi rus bibliografik yodgorligi 1073- yil yaratilgan
yolg‘on va haqiqiy kitoblarning 3 ta ro‘yxati edi.
Antik madaniyat o‘lishi bilan bibliografiya tushunchasi ham
yo‘qolib ketdi va keyin yana qaytadan boshqacha sharoitda,
boshqacha ma’noda, ya’ni kitob boyliklarini tavsiflash ma’nosida
qo‘llanila boshlandi. Bibliografiyaning keyingi taraqqiyoti Yevro-
pada kitob bosishning boshlanishi va axborot madaniyatining
poligrafik davri bilan bog‘liq. Bu vaqtli matbuot nashrlari,
bibliografik materiallar, maxsus gazeta va jurnallar, davlat biblio-


9
grafiyasi manbasi bo‘lmish majburiy nusxalar va to‘plamlar,
nashriyot va kitob savdosi tashkilotlarining bosma kataloglari va
boshqa bibliografik mahsulotlarning paydo bo‘lishida ko‘rinadi.
Bibliografiya fani hayot taqozo etayotgan vazifalarni amalga
oshirish uchun zarur bo‘lgan amaliy ehtiyojlar tufayli vujudga
keldi va rivojlandi. Bibliografik nazariya va amaliyot uzviy bog‘liq,
bir-birini boyitadi va nisbatan o‘z mustaqilligini himoya qiladi.
Rus bibliografiyasining paydo bo‘lish davri XI — XVII
asrda xrestomatiya tiðidagi to‘plamlarning paydo bo‘lishiga
bog‘liq. XVIII asrda o‘sha davrda har bir davlatda kitob
omborlari hisoblangan cherkov kutubxonalari fondini tavsif
etish boshlandi. Bu bizgacha yetib kelgan qimmatli XV asrga oid
„Kirill-Belozer cherkovi qo‘lyozmalari tavsifi“dir. XVII asrning
ikkinchi yarmida „Oãëaâëeíèå êíèã, êòî èõ ñëîæèë“ nomli
rus kitoblari bilan tanishtirish maqsadida tuzilgan bibliografik
ish haqida ma’lumotlar bor.
Rus bibliografiyasi tarixi haqiqiy taniqli tashabbuskor
bibliograflar — „Rus bibliografiyasining otasi“ deb tan olingan
V. S. Sopikov, undan oldin N.I. Novikov nomi bilan bog‘liq.
N. I. Novikov 1772- yili o‘z ahamiyatiga ko‘ra birinchi biobiblio-
grafik  lug‘at va birinchi rus qomusnomasi — „Rossiya yozuvchilari
haqida tarixiy lug‘at tuzish tajribasidan“ nomli ishni yaratgan.
V. S. Sopikovning buyuk xizmati shundaki, u „Bosmaxona tashkil
etilgandan 1813- yilgacha slavyan va rus tillarida bosilgan asarlar va
tarjimalarning to‘liq lug‘ati“ni tuzadi, bundan tashqari, u bu
asarini 1813 — 1821- yillari „Rossiya bibliografiyasining tajribasi“
nomi bilan nashr ettiradi. Unda Rossiyada birinchi marta va biz
uchun ham eng muhim prinsiðial nazariy masalalar — kutubxo-
nachi va bibliografning vazifalari, kitobxonga tavsiya etilayotgan
kitobning ahamiyati, muallif fikri va uslubi bilan kitobxonni
tanishtirish uchun tuzuvchi tomonidan bibliografik qo‘llanma-
larning yangi janri — bibliografik ocherklar va antologiyalarni
tuzish uchun qo‘llaniladigan turli xil vositalar ochib beriladi.
XVIII asr oxiri — XIX asr boshlarida „bibliografiya“ so‘zi
kitobshunoslik (kitob haqidagi fan), kitob tarixi, adabiyot tarixi,
adabiy va ilmiy tanqid kabi fanlarni aks ettirdi. Aynan mana shu
keng tushuncha V.S. Sopikovning „Bibliografiya insoniyatning eng
qadimgi hamma bilimini tushuntiruvchi fandir“ deb xulosa qilishiga
sabab bo‘ldi. Uning fikricha, bibliografiyaning ahamiyati,
umuman, kitobni bilishda, fanlarning holati va bosqichma-


10
bosqich rivojlanib borishini ko‘rsatuvchi fan ekanligida ko‘rinadi.
Rus bibliografiyasi tarixida V.G. Anastasevich, N.M. Lisovskiy,
N. Gennadi, V. I. Mejov, S. A. Vengerov, A. V. Mezer, N. A. Ru-
bakin, N. Òropovskiy o‘zlarining nazariy va amaliy ishlari bilan iz
qoldirgan hamda milliy bibliografiyalarning rivojiga ta’sir ko‘rsatgan.
XIX asrning ikkinchi yarmi — XX asr boshlarida bibliografiya
tushunchasi matbuot asarlari haqida ma’lumotlar to‘plash
ma’nosida qo‘llanilib, bibliografiyaning vazifasini ancha
qisqartirdi. Shu bilan bog‘liq holda bibliografiyaning ijtimoiy
vazifasi haqida turlicha fikrlar paydo bo‘ldi. Ancha vaqt amaliy
faoliyat sohasi, ilmiy fan, alohida bibliografik ko‘rsatkichlar,
bibliografik qo‘llanmalarning yig‘indisi sifatida qo‘llanib kelindi.
Sobiq ittifoq davrida ham bunday yondashish bibliografiya
fanining  rivojlanishiga, bibliografik faoliyatning takomillashuviga
salbiy ta’sir etdi. 1950 — 1960- yillarda bibliograf olimlar,
o‘qituvchilar, amaliyotchilar bibliografiya tushunchasi, „biblio-
grafiya — faoliyat“, „bibliografiya — bibliografik qo‘llanma yoki
ularning yig‘indisi“, „bibliografiya — bibliografik fan“ kabi nazariy
masalalarni ishlab chiqdilar. Natijada birinchi marta „1648-70.
Òushuncha va izohlar“ nomli davlat standarti qabul qilindi.
Keyinchalik 1978- yildan kuchga kirgan „GOSÒ 7.0-77
Bibliografiya. Òushunchalar va izohlar“ izohli lug‘ati qabul qilindi.
Unda bibliografiyaning ilmiy-amaliy faoliyati iste’molchiga
bibliografik ma’lumotni tayyorlab, yetkazib beruvchi faoliyat
ekanligi, bibliografiyaning tarixi, metodikasi, tashkil etish naza-
riyasini o‘rganuvchi ilmiy fan sifatidagi xususiyatlari ochib berildi.
Bibliografiyaning ijtimoiy vazifalari va ahamiyati ham yoritildi,
bibliografiyaning maqsadi jamiyatda matbuot asaridan foyda-
lanishga ta’sir etish deb tushuntirildi. 1986-yili „Bibliografik
faoliyat. Asosiy tushuncha va izohlar“ nomi bilan GOSÒ 7.0-84
qabul qilindi. Bunda bibliografiya tushunchasi umuman tushib
qolgan, bibliografik faoliyat esa bibliografik axborotga bo‘lgan
talabni  bajaruvchi axborot faoliyati sifatida keltiriladi. 2000- yil 1-
iyuldan Rossiyada „Axborot-kutubxonachilik faoliyati, biblio-
grafiya“ nomi bilan 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə