Bibliografiya shakllantirish mezonlari bilan tanishish


Keyinchalik 1978- yildan kuchga kirgan „GOST 7.0-77 Bibliografiya



Yüklə 27,51 Kb.
səhifə2/2
tarix25.05.2023
ölçüsü27,51 Kb.
#112754
1   2
Bibliografiya shakllantirish mezonlari bilan tanishish

Keyinchalik 1978- yildan kuchga kirgan „GOST 7.0-77 Bibliografiya. Tushunchalar va izohlar“ izohli lug‘ati qabul qilindi. Unda bibliografiyaning ilmiy-amaliy faoliyati iste’molchiga bibliografik ma’lumotni tayyorlab, yetkazib beruvchi faoliyat ekanligi, bibliografiyaning tarixi, metodikasi, tashkil etish nazariyasini o‘rganuvchi ilmiy fan sifatidagi xususiyatlari ochib berildi. Bibliografiyaning ijtimoiy vazifalari va ahamiyati ham yoritildi, bibliografiyaning maqsadi jamiyatda matbuot asaridan foydalanishga ta’sir etish deb tushuntirildi.
1986-yili „Bibliografik faoliyat. Asosiy tushuncha va izohlar“ nomi bilan GOST 7.0-84 qabul qilindi. Bunda bibliografiya tushunchasi umuman tushib qolgan, bibliografik faoliyat esa bibliografik axborotga bo‘lgan talabni bajaruvchi axborot faoliyati sifatida keltiriladi.
2000- yil 1- iyuldan Rossiyada „Axborot-kutubxonachilik faoliyati, bibliografiya“ nomi bilan GOST 7.0-99 kuchga kirdi. Unda bibliografiyaga quyidagicha ta’rif beriladi: Bibliografiya — bibliografik axborot tayyorlashni, uni tarqatishni va undan foydalanishni ta’minlovchi axborot infratuzilmasidir. Buni anglash uchun boshqa turdagi axborot infratuzilmalari va bibliografik axborotni tushunib olish zarur. Davlat standartida axborot infratuzilmasi axborot 11 resurslariga iste’molchilarning kirib borishini ta’minlovchi axborot markazlari, ma’lumotlar banki va bilimlarning, aloqalar tizimining yig‘indisi deb ta’rif beriladi. Axborot markazi — axborotni yig‘ish, tahliliy qayta ishlash va tarqatish vazifasini bajaruvchi tashkilot. Axborot resurslari umumiy ma’noda ishonchli axborotni olish uchun tashkil etilgan ma’lumotlar yig‘indisi bo‘lib, u matbuot asari va elektron hujjat ko‘rinishida bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda, bibliografiya — matbuot asarlari, elektron hujjatlar haqida axborot tayyorlab, berish hamda ularni ma’lum ijtimoiy maqsadlarda targ‘ib qilish bilan shug‘ullanuvchi ilmiy va amaliy faoliyat. Bibliografiya mahsulotlari, nazariyasi, uslubiyati bilan shug‘ullanadigan fan bibliografiya fanidir. Bibliografiyashunoslik — bibliografiya nazariyasi, tarixi, metodologiyasi, texnologiyasi, metodikasi va tashkil etishni o‘rganuvchi va ishlab chiqaruvchi ilmiy fan.





Yüklə 27,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə