Bilig ilmiy faoliyat


Jild: 03 | Nashr: 04 | април 2022



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix29.11.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#140866
1   2   3   4   5   6
admin, 71-76 SAVOD O‘RGATISH JARAYONIDA DIDAKTIK O‘YINLARDAN FOYDALANISH ORQALI DARS SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Jild: 03 | Nashr: 04 | април 2022 
“BILIG – ILMIY FAOLIYAT” nashri http://bilig.academiascience.org
 
72 
qo‗yiladi, u yangi mas'uliyatga ega bo‗ladi, yangi o‗rtoqlar, kattalar bilan yangi 
munosabatlar, shuningdek, muayyan axloqiy sa'y-harakatlar va ish munosabatlariga 
qo‗shilish tajribasini talab qiladi. Lekin bolalar unga yangi ijtimoiy vaziyatga javob berishga 
tayyormi? Psixologlar, umuman olganda, bolalarning aqliy va jismoniy rivojlanish darajasi 
ularni umumta'lim maktabida muntazam ta'lim ishlarini muvaffaqiyatli bajarishga imkon 
beradi, deb hisoblashadi. Shu bilan birga, bolalarning hayajonlanish, hissiylik, juda tez 
charchash, e'tiborning beqarorligi, xatti-harakatlarning holati bilan ajralib turishini hisobga 
olish kerak. Ko‗pgina tadqiqotchilar maktab o‗quv materiallarida aqliy harakatlarning 
shakllanish jarayoni bolalarning o‗yin faoliyatida aks etishini ta‘kidlaydilar.
1-sinfga kelgan o‗quvchilar maktab sharoitlariga, uning qatʼiy tartib-qoidalariga tezda 
moslashib keta olmaydilar. Shu bois ularni o‗zlari o‗ynab yurgan tanish o‗yinlar vositasida 
ilm-fan sirlari tomon qiziqtirish kerak. 
Bu o‗rinda o‗tkaziladigan didaktik o‗yinlarni dastur talabiga, o‗quvchilarning yosh 
xususiyatlariga mos bo‗lishini hisobga olish, ularning yangi mavzuga bog‗lanishini ham 
inobatga olish lozim. O‗yin vositasida o‗quvchilar bilimi mustahkamlanganda ularni yosh 
bo‗g‗inga beradigan maʼnaviy-axloqiy ozuqasini har tomonlama eʼtiborga olish — ya‘ni, 
taʼlim-tarbiya birligiga amal qilish maqsadga muvofiqdir. 
Didaktika – grekcha so‗z bo‗lib, «didasko», ya‘ni «o‗qitish», «o‗rgatish» ma‘nolarini 
bildiradi. Ta‘lim qonuniyatlarini o‗rgatish, tahlil qilish jarayonida ta‘lim tushunchasi uning 
mohiyati, mazmun va vazifalari, o‗qitish tamoyillari, shakllari haqida bilimlar bayon etiladi. 
Bolalarga o‗yinni o‗rgatishdan muayyan ta‘limiy maqsad nazarda tutiladi. O‗yinning eng 
muhim ahamiyati ham ana shundadir. O‗yin o‗tkazilish shakllari va usullari bilan ta‘limning 
boshqa turlaridan farq qiladi. 
Didaktik o‗yinlar o‗zining shakli jihatidan asosan bog‗chada o‗ynaladigan ijodiy 
o‗yinlardan ham, o‗qituvchi o‗zi hikoya qilib berish yo‗li bilan tushuntiradigan va 
o‗quvchilarni birma-bir so‗rab chiqish natijasida mustahkamlanadigan o‗yinlardan ham har 
tomonlama farq qiladi. Didaktik o‗yinlar o‗qitish vazifasiga xizmat qiladi va qiziqarli, 
maroqli, tushunarli darajada olib boriladi. Bolalar g‗olib chiqish maqsadida jon-u dili bilan 
mashq qiladilar, berilgan har bir topshiriqni albatta bajarishga odatlanib qoladilar, natijada 
ularda didaktik topshiriqlarni bajarishga bo‗lgan qiziqish orta boradi. Didaktik o‗yinlar har 
bir darsning maqsadini, har bir mashqning maqsad va vazifalarini yaxshiroq tushunib 
olishga yordam beradi. 
Didaktik o‗yinlar bolaning his-tuyg‗usiga ta‘sir etib, unda o‗qishga ijobiy munosabat va 
qiziqish xislatini tarkib toptiradi. Bolalar o‗yinni zo‗r mamnuniyat bilan ijro etadi. o‗yin 
boshlanishini esa sabrsizlik bilan kutadilar, ularning ongida beixtiyor ertangi o‗quv 
kunining quvonchli manzarasi gavdalanadi. 
Darsda o‗yinqaroqlik qilib o‗tiradigan va o‗qituvchini bitta dars davomida 10—15 
martagacha tanbeh berishga majbur etadigan bolalar ham uchrab turadi. Biroq o‗yin 
o‗tkazilayotgan vaqtda bunday bolalarning xulq-atvori tamoman o‗zgarib ketadi. Ular 
darhol o‗zlarini tutib oladilar, o‗qituvchining o‗yin qoidalarini ko‗rsatib berishini kutib 
o‗tirmaydilar ham, qoidalarni o‗zlari bajonu dil va mustaqil bajaradilar. Didaktik o‗yinlar 
jarayonida bolalarda uyushqoqlik, vaqtni iloji boricha tejay bilish xislatlari tarbiyalanadi. 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə