Bilishning mohiyati, shakllanish va rivojlanish qonuniyatlari, xususiyatlarini



Yüklə 90,98 Kb.
səhifə11/14
tarix11.01.2022
ölçüsü90,98 Kb.
#82802
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Psixik jarayonlar Diqqat va Xotira sezgi idrok ong tafakkur xayol

Ong xakida tushuncha

Psixika voke’likning kishi miyasidagi aksi sifatida xar xil darajalari bilan farqlanadi.

Psixikaning odamga xos bo’lgan oliy darajasi ongni tashkil etadi. Ong psixikaning oliy, yaxlit bir xolga keltiruvchi shakli bo’lib, kishining mexnat faoliyatida, boshqalar bilan doimiy muloqat qilish jarayonida shakllanishning ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlari natijasi xisoblanai.

Uning birinchi tarifi nomining o’zidan berilgan bo’lib, ong deganidir. Kishining ongi bizning tevarak-atrofimizni qurshab turgan olam xaqidagi bilimlar majmuasidan tarkib topdi. Ongning strukturasiga muxim bilish jarayonlari kiradiki, ular yordamida odam o’z bilimlarini doimo boyitib boradi. Bu jarayonlar qatoriga sezgilar va idrokni, xotirani, xayol va tafakkurni ko’shish mumkin. Sezgilar va idrok yordamida miyaga ta’sir etuvchi ko’zatuvchilarning bevosita aks etishi natijasida ongda borliqning o’sha momentda kishi tasavvurida xosil bo’lgan xissiy manzarasi gavdalanadi. Xotira ongda o’tmish obrazlarini kaytadan gavdalantirsa, xayol extiyoj ob’ekti bo’lgan, ammo xozirgi paytda yo’k narsaning obrazli modelini xosil qiladi. Tafakkur umumlashgan bilimlardan foydalanish yo’li bilan masalaning xal etilishini ta’minlaydi. Aytib o’tilgan psixik bilish jarayonlaridan istalgan birining batamom barbod bo’lishi u erda tursin, buzilishi yo ishdan chiqishi xam ongning barbod bo’lishiga olib keladi.

Ongning ikkinchi ta’rifi - unda sub’ekt bilan ob’ekt o’rtasida anik farklanishining o’z ifodasini topishi. Tirik orgnizmlar dunyosi tarixida birinchi bo’lib undan ajralib chiqqan va o’zini atrof-muxitga qarama-qarshi qo’ygan inson o’z ongida ushbu qarama-qashilik va tafovutni saqlab kelmoqda. Jonli mavjudodlar ichida uning o’zigina bilishga, ya’ni psixik faoliyatni o’zini tadkik etishga yo’naltirishga qodirdir. Odam o’z xatti-xarakatlarini va umuman o’zini o’zi ongli ravishda baxolaydi.

Ongning uchinchi ta’rifi - odamning maqsadni ko’zlovchi faoliyatini ta’minlashdir. Faoliyatning maqsadlarini yaratish ongning funktsiyasiga kiradi. Bunda faoliyat yuzaga keladi va chamalab chiqiladi, irodaviy qarorlar qabul qilinadi, xarakatlarni bajarishning kanday borishi xisobga olinadi, unga tegishli ko’zatishlar kiritiladi.

Nixoyat, ongning turtinchi ta’rifi -  uning tarkibini muayyan munosabatning kirganligidir. Kishi ongiga murakkab ravishda xis-tuyg’ular olami kirib keladi. Unda murakkab ob’ektiv  va eng avvalo odamning o’zi ham jalb etilgan ijtimoiy munosabatlar o’z aksini topadi.

Ongning yuqorida ko’rsatib o’tilgan barcha o’ziga xos xususiyatlari shakllanishi va namoyon bo’lishining murakkab sharti til xisoblanadi.  Nutk faoliyati jarayonida odam bilimlar xosil qiladi, kishi dunyoga kelgunga qadar uning uchun insoniyat yaratib bergan, tilda mustaxkamlanib, unga etkazgan inson tafakkuri boyliklari bilan o’z xayotini boyitadi.

Ong tushunchasi psixologiyada, psixiatriyada va boshqa fanlarda uning yukorida keltirilgan asosiy ta’riflariga mos keladigan ma’noda ishlatiladi. Psixiatorlarni bemorda ong bor yoki yo’qligi, yo bo’lmasa buzulganligi masalalari doim qiziqtiradi, shu tufayli ular ong deganda bemorning o’z-o’ziga qaerdaligi, vaqt qachonligi, tevarak-atrofdagi vaziyat qandayligi to’g’risida o’z shaxsiy xolati xamda xarakatlari xaqida xisob bera olish imkoniyatlarini tushunadilar. Ongi yaxshi saqlanib qolgan odam miyaga kelayotgan yangi axborotga o’zidagi mavjud bilimlarni xisobga olgan xolda baxo beradi va o’zini tevarak-atrofdagi muxitdan aloxida ajratib, boshqa odamlarga va  faoliyat vaziyatiga nisbatan tarkib topgan munosabatlar sistemasini saqlab qoladi xamda ana shu barcha ma’lumotlar asosida o’z xatti-xarakatini idora qiladi.

Ong ijtimoiy maxsul bo’lib, fakat odamlarga xosdir. Xayvonlarda esa ong bo’lmaydi.

Psixologiyaning metodologik negizi.

Psixologiya inson shaxsini va kishilar o’rtasidagi munosabatlarni bilishning faqat umumiy nazariy muammolarini emas, balki konkret masalalarni ishlab chikishga to’g’ri falsafiy yondoshuvlarning axamiyatini anik belgilab beradigan fanlar qatoriga kiradi. U bir jixati bilan tabiiy fanlar (zoopsixologiya, psixofiziologiya va boshkalar) soxasini o’z ichiga olsa, boshqa bir jixati bilan ijtimoiy fanlar (sotsial psixologiya, pedagogik psixoligiya va shu kabilar) soxasiga kirib boradi va shuning uchun xam unda dialektik va tarixiy materializmning qonunlaridan foydalanishning keng imkoniyatlari mavjuddir.

XX asrda psixologiya idealistik va metafizik falsafadan ajralib chikdi. Psixologiya xar kanday falsafadan xam o’zaklashavermaydi, albatta. Xozirgi zamon ilmiy psixologiyasining negizi ilmiy falsafiy tasavvurlar,  miyaning ob’ektiv reallikni aks ettirishdan iborat xususiyati sifatida psixikaga nisbatan ilmiy dialekti-materialistik nuqtai nazar tashkil etadi. Falsafa va uning tarkibiy kismi - bilish nazariyasi psixikaning tevarak-atrofdagi dunyoga nisbatan munosabati to’g’risidagi masalani o’rganadi  deb mutlako mensimay keldi. Bu fanlar, bir tomondan, faqat fikrni biladi. Lekin inson tafakkurining eng muxim va eng yakin asosi tabiatning yolg’iz o’zigina emas, balki naq insonning tabiatini o’zgartirishdir, insonning aqli xam uning tabiatini o’zgartirishni o’rganishga muvofiq suratda rivojlanib borgan.

Shubxa yuqqi, odam psixikasi bilan eng yuksak taraqqiy etgan xayvonning psixikasi o’rtasida juda katta tafovut mavjuddir. Masalan, xayvonlarning tili bilan odamning tilini bir-biriga taqqoslab bo’lmaydi. Xayvon o’z qabiladoshlariga muayyan, bevosita vaziyat bilan cheklangan xodisalar xaqida faqat xabar berishgina mumkin bo’lgan bir paytda kishi til vositasida boshka odamlarga o’tmish, xozirgi payt va kelajak xaqida axborot berishi, ulara sotsial tajribani etkazishi mumkin.



Odam psixikasi bilan xayvon psixikasining ikkinchi farqi, odam oldindan uylagan rejaga binoan qurol yaratadi, uni belgilangan maksadda foydalanadi va saqlaydi. Inson nisbatan doimiy narsalar olamda yashaydi. Kishi quroldan boshka odamlar bilan birgalikda foydalanadi, biridan quroldan foydalanish tajribasini o’zlashtirsa, boshqa odamlar bilan uni baxam ko’radi.

Yüklə 90,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə