Bilishning mohiyati, shakllanish va rivojlanish qonuniyatlari, xususiyatlarini



Yüklə 90,98 Kb.
səhifə1/14
tarix11.01.2022
ölçüsü90,98 Kb.
#82802
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Psixik jarayonlar Diqqat va Xotira sezgi idrok ong tafakkur xayol




Bilishning mohiyati, shakllanish va rivojlanish qonuniyatlari, xususiyatlarini

Bilishning mohiyati, shakllanish va rivojlanish qonuniyatlari, xususiyatlarini o’rganish falsafa tarixida muhim o’rin egallab kelmoqda. Inson o’z bilimi tufayli borliq, tabiat, jamiyatni va nihoyat, o’z-o’zini o’zgartiradi. Bilishga qaratilgan inson faoliyatini va uni amalga oshirishning eng samarali usullarini tadqiq etish falsafa tarixida muhim ahamiyatga ega. Shu bois ham falsafaning bilish masalalari va muammolari bilan shug’ullanuvchi maxsus sohasi — Gnoseologiya vujudga keldi.

Inson bilishi nihoyatda ko’p qirrali, murakkkab va ziddiyatli jarayondir. Gnoseologiya asosan, bilishning falsafiy muammolarini hal etish bilan shug’ullanadi. har bir tarixiy davr jamiyatning rivojlanish extiyojlaridan kelib chiqib, Gnoseologiya oldiga yangi vazifalar qo’yadi. Xususan, XVII asr O’rtalarida yevropalik faylasuflar ilmiy bilishning ahamiyati, haqiqiy ilmiy bilishlar hosil qilishning usullarini o’rganish, ilmiy haqiqat mezonini aniqlash bilan shug’ullandilar. Tajribaga asoslangan bilimgina haqiqiy bilimdir, degan g’oyani olga surdilar.

XVIII asr mutafakkirlari ilmiy bilishda inson aqli imkoniyatlariga, rasional bilishning xissiy bilishga nisbatan ustunligiga alohida urg’u berdilar. Buyuk nemis faylasufi I. Gant bilish natijalarining haqiqiyligi xususida emas, balki insonning bilish qobiliyatlari haqida baxs yuritdi. Gnoseologiya oldida inson olamni bila oladimi, degan masala keskin qo’yildi. Insonning bilish imkoniyatlariga shubha bilan qaraydigan faylasuflar aknostiklar deb ataldilar.

Bilish nima? Bilish insonning tabiat, jamiyat va o’zi tug’risida bilimlar hosil qilishga qaratilgan aqliy, ma’naviy faoliyat turidir. Inson o’zini qurshab turgan atrof-muhit tug’risida bilim va tasavvurga ega bo’lmay turib, faoliyatning biron-bir turi bilan muvaffaqiyatli shug’ullana olmaydi. Bilishning mahsuli, natijasi ilm bo’lib, har qanday kasb-korni egallash faqat ilm orqali ro’y beradi. Shuningdek, bilish insongagina xos bo’lgan ma’naviy ehtiyoj, hayotiy zaruriyatdir.

Insoniyat ko’p asrlar davomida orttirgan bilimlarini umumlashtirib va keyingi avlodlarga berib kelganligi tufayli ham o’zi uchun qator qulayliklarni yaratgan. Inson faoliyatining har qanday turi muayyan ilmga tayanadi va faoliyat jarayonida yangi bilimlar hosil qilinadi.

Kundalik faoliyat jarayonida tajribalar orqali bilimlar hosil qilish butun insoniyatga xos bo’lgan bilish usulidir. Bilimlar bevosita hayotiy extiyojdan, farovon hayot kechirish zaruratidan vujudga kelgan va rivojlangan. Insoniyatning ancha keyingi taraqqiyoti davomida ilmiy faoliyat bilan bevosita shug’ullanadigan va ilmiy nazariyalar yaratuvchi alohida sosial guruh vujudga keldi. Bular — ilm-fan kishilari bo’lib, ilmiy nazariyalar yaratish bilan shug’ullanadilar.

Bilishning ikki shakli: kundalik (empirik) bilish va nazariy (ilmiy) bilish bir-biridan farqlanadi.

Kundalik bilish usullari nihoyatda xilma-xil va o’ziga xos bo’lib, bunday bilimlarni sistemalashtirish va umumlashgan holda keyingi avlodlarga berish ancha mushkuldir. Hozirgi zamon garb sosiologiyasida xalqlarning kundalik bilim hosil qilish usullarini o’rganuvchi maxsus soha — etnometodologiya fani vujudga keldi. Gnoseologiya asosan nazariy bilish va uning rivojlanish xususiyatlarini o’rganish bilan shug’ullanadi. Nazariy bilishning obyekti, subyekti va predmetini bir-biridan farqlash muhim.

Bilish obyekti. Tadqiqotchi-olim, faylasuf, san’atkor va boshqalarning, umuman insonning bilimlar hosil qilish uchun ilmiy faoliyati qaratilgan narsa, xodisa, jarayon, munosabatlar bilish obyektlari hisoblanadi. Bilish obyektlari moddiy, ma’naviy, konkret, mavhum, tabiiy va ijtimoiy bo’lishi mumkin. Bilish obyektlari eng kichik zarralardan tortib ulkan galaktikagacha bo’lgan borliqni qamrab oladi. Bilish obyektlariga asoslanib, bilim sohalari tabiiy, ijtimoiy-gumanitar va texnik fanlarga ajratiladi.

Bilish subyekti. Bilish bilan shug’ullanuvchi kishilar va butun insoniyat bilish subyekti hisoblanadi. Ayrim olingan tadqiqotchi-olimlar, ilmiy jamoalar, ilmiy tadqiqot institutlari ham alohida bilish subyektlaridir. Ilmiy faoliyat tabiat va jamiyat mohiyatini bilishgagina emas, balki insonning o’ziga ham qaratilishi mumkin. Inson va butun insoniyat ayni bir vaqtda ham bilish obyekti, ham bilish subyekti sifatida namoyon bo’ladi.

Bilishning maqsadi ilmiy bilimlar hosil qilishdangina iborat emas, balki bilish jarayonida hosil qilingan bilimlar vositasida insonning barkamolligiga intilish, tabiat va jamiyatni insoniylashtirish, tabiiy va ijtimoiy garmoniyaga erishishdir. Fan — fan uchun emas, balki inson manfaatlari uchun xizmat qilishi lozim. Inson ilmiy bilimlar vositasida ma’naviy barkamollikka erisha borgani sari ilm-fan qadriyat sifatida e’zozlana boshlaydi. Fanning har tomonlama rivojlanishi bilan turli ilm sohalarining hamkorligi kuchayadi, butun ilmiy jamoalar bilish subyekti, yangi ilmiy kashfiyotlar ijodkoriga aylanadilar.

Bilish predmeti subyektning bilish faoliyati qamrab olgan bilish obyektining ayrim sohalari va tomonlaridir. Fanning o’rganish sohasi tobora konkretlashib boradi. Tabiatshunoslik fanlarini bilish predmetiga qarab botanika, zoologiya, geografiya, ixtiologiya va boshqa sohalari vujudga kelgandir. Tadqiqot predmeti fanlarni bir-biridan farqlashka imkon beradigan muhim belgidir.

Bilish darajalarini shartli ravishda: quyi, yo’qori va oliy darajaga ajratish mumkin. Bilishning quyi darajasi barcha tirik mavjudotlarga xos bo’lib, xissiy bilish deyiladi. xissiy bilish sezgilar vositasida bilishdir.

Insonning sezgi a’zolari (ko’rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, teri sezgisi) boshqa mavjudotlarda bo’lgani singari uning narsalarga xos xususiyat, belgilarini farqlash, tabiiy muhitka moslashish va himoyalanishi uchun yordam beradi. Bilishning quyi bosqichida sezgi, idrok, tasavvur, diqqat, xayol tashqi olam to’g’risida muayyan bilimlar hosil qilishga yordam beradi.

Bilishning yo’qori bosqichi faqat insonlargagina xos bo’lib, aqliy bilish (rasional bilish) deyiladi. Agar inson o’z sezgilari yordamida narsa va xodisalarning faqat tashqi xossa va xususiyatlarini bilsa, tafakkur vositasida narsa va xodisalarning ichki mohiyatini bilib oladi. Mohiyat hamisha yashirindir, u doimo xodisa sifatida namoyon bo’ladi. Har bir xodisada mohiyatning faqat bir tomonigina namoyon bo’ladi. Shu boisdan ham xodisa aldamchi va chalg’ituvchidir. Binobarin, inson sezgilarining biron bir narsa yoki xodisa to’g’risida bergan ma’lumotlari xech qachon uning butun mohiyatini ochib bera olmaydi.

Tushuncha. Aqliy bilish yoki tafakkur vositasida bilish xissiy bilishni inkor etmaydi, balki sezgilar vositasida olingan bilimlarni umumlashtirish, taxlil qilish, sintezlash, mavxumlashtirish orqali yangi hosil qilingan bilimlardan tushunchalar yaratiladi.

Tushunchada insonning xissiy bilish jarayonida orttirgan barcha bilimlari mujassamlashadi. Tushuncha aqliy faoliyat maxsuli sifatida vujudka keladi. Narsa va xodisalar mohiyatika chuqurroq kirib borishda tushuncha muhim vosita bo’lib xizmat qiladi.

Aqliy bilish xissiy bilishga nisbatan ancha murakkab va ziddiyatli jarayondir. Aqliy bilishda narsa va xodisalarning tub mohiyatini bilish uchun ulardan fikran o’zoqlashish talab etiladi. Masalan, insonning mohiyati uning sezgi a’zolarimiz qayd etadigan kelishgan qaddi-qomati, chiroyli qoshu ko’zi, ijodkor quli, oyoqlari bilan belgilanmaydi. Insonning mohiyati avvalo, uning aql va tafakkurga, yaratish qudratika, mehr-shafqat hissiga, mehnat qilish, so’zlash qobiliyatika ega ekaniligida namoyon bo’ladi.

Inson tushunchasi o’zida insoniyatning ko’p asrlar davomida orttirgan bilimlarining maxsuli sifatida shakllandi.

Har bir fan o’ziga xos tushunchalar apparatini yaratadi va ular vositasida mohiyatni bilishga intiladi. I. Gantning fikricha, narsalarning mohiyati so’z va tushunchalarda mujassamlashadi. Ya’ni biz so’z va tushunchalarni o’zlashtirish jarayonida biron bir bilimka ega bo’lamiz. Har bir inson dunyoga kelar ekani, tayyor narsalar, munosabatlar bilan bir qatorda tayyor bilimlar olamiga ham kirib boradi.

Xukm. Aqliy bilish narsa va hodisalarga xos bo’lgan belgi va xususiyatlarni tasdiqlash yoki inkor etishni takozo etadi. Tafakkurga xos bo’lgan ana shu tasdiqlash yoki inkor etish qobiliyatika xukm deyiladi. Xukmlar tushunchalar vositasida shakllanadi. Xukmlar yangi bilimlar hosil qilishka imkoniyat yaratadi, ular vositasida narsa va xodisalar mohiyatiga chuqurroq kirib boriladi. Shunday qilib, xukm narsa va xodisalarning tub mohiyatini ifodalovchi eng muhim belgi va xususiyatlar mavjudligini yo tasdiqlaydi yoki inkor etadi. Masalan, «inson aqlli mavjudotdir», degani xukmda insonga xos eng asosiy belgi - aqlning mavjudliki tasdiqlanayapti. Biroq inson shunday murakkab mavjudotdirki, uning mohiyati faqat aqlli mavjudot ekanligi bilan cheklanmaydi. Chunki qirg’inbarot urushlar, ekologik inqirozlar aqlli mavjudot bo’lgan inson tomonidan amalga oshirildi. «Inson axloqli mavjudotdir». Inson to’g’risidagi hozirgi zamon fanining muhim xulosasi ana shu.

Xulosa — aqliy bilishning muhim vositalaridan biri, yangi bilimlar hosil qilish usulidir. Xulosa chiqarish induktiv va deduktiv bo’lishi, ya’ni ayrim olingan narsalarni bilishdan umumiy xulosalar chiqarishka yoki umumiylikdan aloxidalikka borish orqali bo’lishi ham mumkin.

Binobarin, tushuncha, xukm va xulosalar chiqarish ilmiy bilishning muhim vositalaridir. Bunday bilish insondan aloxida qobiliyat, kuchli irodani tarbiyalashni, narsa va xodisalardan fikran o’zoqlashishni, diqqatni bir joyka tuplashni, ijodiy xayolni talab etadi.

Bilishning oliy darajasi intuitiv bilish, qalban bilish, g’oyibona bilishdir. O’zining butun borligini fan, din, siyosat va san’at soxasiga bag’ishlagan buyuk kishilar ana shunday bilish qobiliyatiga ega bo’ladilar. Intuitiv bilish xissiy va aqliy bilishga tayanadi. Buyuk shaxslarning g’oyibona bilishi ularning doimiy ravishda fikrini band etgan, yechimini g’utayotgan umumbashariy muammolar bilan bog’liqdir. Ilmiy bilishning eng samarali usullarini aniqlash gnoseologiyada muhim o’rin egallab keldi. Har bir fan o’ziga xos bilish usullaridan foydalanadi.

Ilmiy bilish faqat va dalillarga, ularni qayta ishlash, umumlashtirishga asoslanadi. Ilmiy faqat va dalillar tuplashning o’ziga xos usullari mavjud bo’lib, ularni ilmiy bilish metodlari deyiladi.

Ilmiy bilish metodlarini o’rganadigan maxsus soha — metodologiya deb ataladi.

Eng umumiy ilmiy bilish metodlari barcha fanlar uchun xos bo’lgan metodlardir. Bunga analiz va sintez, umumlashtirish va mavhumlashtirish, induksiya va deduksiya, qiyoslash va modellashtirish kabilarni ko’rsatish mumkin. Masalan, tabiatshunoslik fanlarida ko’zatish, eksperement, taqqoslash umumilmiy metodlar bo’lsa, ijtimoiy fanlarda tarixiylik va mantiqiylik umumilmiy metodlar hisoblanadi.

Xususiy ilmiy metodlar har bir fanning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Masalan, suxbatlashish, anketa surovi, xujjatlarni o’rganish sosiolog’iya faniqa xos bo’lgan xususiy ilmiy metodlardir. Ilmiy bilish metodlari o’z harakteriga ko’ra: 1) eng umumiy ilmiy metodlar; 2) umumiy ilmiy metodlar; 3) xususiy ilmiy metodlarga bo’linadi. Bir fanda yaxshi samara beradigan ilmiy bilish metodi boshqa fanda shunday samara bermasliki mumkin. Ilmiy bilishda tug’ri metodni tanlash bilishda muvaffag’iyat garovi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, ilmiy tadqiqotda nimani o’rganish kerak, degani masala fan predmetini aniqlashga imkon bersa, qanday o’rganish kerak, degani masala esa ilmiy bilish metodini tug’ri belgilashga yordam beradi.

Ilmiy bilish metodlari va ilmiy nazariya bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. Ilg’or ilmiy nazariya fanning butun taraqqiyoti davomida erishilgan muhim yutuq bo’lib, u ilgarigi ilmiy qarashlarni ijodiy rivojlantirish, o’sha yutuqlarga tang’idiy nuqtai nazardan qarash orqali vujudga keladi. Fan mohiyatan o’zi erishgan yutuqlarga shubxa bilan qarashni taqozo qiladi.

Diqqat paytida ongning bir nuqtaga to’planishi ong doirasining torayishidan iboratdir; bunda go’yoki ong doirasi anchagina tig’izlanadi. Ana shunday torayish va tormozanish tufayli ong doirasi juda ham yorqinlashadi. Ongning eng tormozlangan va binobarin eng yorqin nuqtasi diqqatning fokusi (ya’ni markazi) deb ataladi. Ana shu fokusga tushgan barcha narsalar (idrok qilinayotgan predmetlar, tasavvurlar, fikrlar) juda to’la, yorqin hamda juda aniq aks ettiriladi.

Diqqatga hamma vaqt u yoki bu darajadagi faollik xosdir. Bunday faollik ongning bir nuqtaga to’planishining kuchayishi va ma’lum vaqt mobaynida diqqat qaratilgan narsaga ongning aktiv yo’naltirilishini saqlab turishdan iboratdir.

Diqqatimiz qaratilgan ob’ektlar ongimizning to’plangan «zonasida» juda aniqlik va yaqqollik bilan aks ettiriladi. Bu erda yana shuni ham nazarda tutish kerakki, diqqat – idrok, xotira, xayol, tafakkur va nutq singari alohida psi­xik protsess emas. Diqqat hamma psixik jarayonlarda ko’rinadi. Biz «shunchaki» diqqatli bo’la olmaymiz, balki biz diqqat bilan idrok qilamiz (qaraymiz, eshitamiz), diqqat bilan esda olib qolamiz, o’ylaymiz, diqqat bilan muhokama yuritamiz, gaplashamiz. Diqqat aqliy jarayonlarning sifatini ta’minlaydigan ichki faollikdir. Diqqat har qanday faoliyatning zaruriy shartidir. Mana shu hol frantsuz olimlaridan Kyuveni o’z zamonasida geniallikni chidamli diqqat deb ta’riflashga undagan edi. Masalan, u Nyutonning genialligi diqqatining kuchi va barqarorligidadir, deb ko’rsatadi. Nyutonning o’zi «Siz butun dunyo tortilish qonunini ochishga nima tufayli muyassar bo’ldingiz» deb berilgan savolga – «Fikri-zikrim doimo shu masalaga qaratilganligidan muyassar bo’ldim», deb javob bergan.

Biz bundan oldingi boblarda aqliy faoliyatning ayrim turlarini bayon qilganda diqqatning ahamiyati haqida gapirib o’tgan edik. Aqliy faoliyatning barcha turlarida diqqat ishtirok qiladi. Bizning ish-harakatlarimiz ham diqqat ishtiroki bilan sodir bo’ladi.

Diqqat deb ongni bir nuqtaga to’plab, muayyan bir ob’ektga aktiv qaratilishini aytamiz; biz o’z faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, o’zimizning qilgan ishlarimiz, uy va fikrlarimiz diqqatning ob’ekti bo’la oladi.

Albatta, diqqatga bunday baho berish uning ahamiyatini haddan tashqari oshirib ko’rsatishdir. Lekin bu baho diqqatning inson faoliyatining barcha turlari uchun ahamiyati katta ekanligini ko’rsatib beradi. Darhaqiqat, o’tin yorish, er chopish kabi eng oddiy ishlarni ham, mashinalar bilan ishlash, ilmiy tekshirishlar olib borish kabi eng murakkab ishlarni esa diqqatning ishtirokisiz bajarib bo’lmaydi.

Diqqat o’qish ishining ham zaruriy shartidir. O’quvchilarning dars materiallarini muvaffaqiyat bilan o’zlashtirishlari, dastavval diqqatning mavjud bo’lishiga bog’liqdir. K.D.Ushinskiyning aytishicha: «Diqqat ruhiy hayotimizning, shunday yagona bir eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o’tib kiradi». (Pedagogika kursi programmasining proekti. «Sovet pedagogikasi», 1938 y. №5, 109-bet).

Ayrim o’quvchilarda uchraydigan o’zlashtira olmaslik holatining sababini avvalo ular diqqatining etarli emasligidan qidirish kerak. Xotiraning bo’shligi, o’quv material­larini o’zlashtirishning bo’shligi, asosan, diqqatning bo’shligidan kelib chiqadi.

Mana shuning uchun ham pedagog o’qitish ishida yuksak muvaffaqiyatga erishishni istar ekan, o’quvchilar diqqatini va, xususan, eng barqaror va eng kuchli diqqatini uyushtirish hamda tarbiyalash haqida jon kuydirishi lozim.


Yüklə 90,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə