Bilishning mohiyati, shakllanish va rivojlanish qonuniyatlari, xususiyatlarini


Xotira. xotira to’g’risida umumiy tushuncha



Yüklə 90,98 Kb.
səhifə3/14
tarix11.01.2022
ölçüsü90,98 Kb.
#82802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Psixik jarayonlar Diqqat va Xotira sezgi idrok ong tafakkur xayol

Xotira. xotira to’g’risida umumiy tushuncha
Biz sezgan, idrok qilgan narsalar iz qoldirmasdan yo’qolib ketmaydi, balki ma’lum darajada esda olib qolinadi, ya’ni esimizda saqlanib qoladi va qulay sharoitda yoki kerak bo’lganda esimizga tushadi.

Shuningdek, kechirilgan tuyg’u, fikr va qilingan ish-harakatlarimiz ham esimizda saqlanib qoladi va keyinchalik esimizga tushadi. Buni har kim o’z tajribasidan yaxshi biladi. Masalan, o’quvchilar maktabda o’qitilayotgan narsalarini esda olib qoladilar, esda saqlaydilar va esga tushiradilar.

Kundalik tajribamiz ko’rsatadiki, esda qolgan narsalar­ning hammasi ham esimizga tushavermaydi, ularning bir qismi unutiladi. Unutish ham xotiraga oid hodisadir.

Ta’sirotlarning ana shunday esda qoldirish va keyin esga tushirishning fiziologik asosi muvaqqat nerv bog’lanishlaridir, bu muvaqqat bog’lanishlarning hosil bo’lish, mustahkamlanish va keyin jonlanish (tiklanish) jarayonidir.

Esda qoladigan narsa xotira materialini, esda saqlanib turadigan va esga tushiriladigan narsa esa xotiraning mazmunini tashkil qiladi.

Eng avval bevosita idrok qilingan narsa va hodisalar (uylar, ko’chalar, daraxtlar, hayvonlar va hokazolar)ning obrazlari esda olib qolinadi, saqlanib qoladi va esga tushadi. Ko’rgan badiiy surat va rasmlar, eshitgan muzika kuylari, ashulalar va hokazolar esda qoladi.

Ilgari idrok qilingan narsalarning esimizga tushgan ob­razlari tasavvur deb ataladi. Bu xotiramizda saqlanib qolgan idrok obrazlari bo’lib, mazmunan obrazli xotiraga taalluqlidir. Odam xotirasining asosiy mazmunini nutq-so’z materiali tashkil etadi. Idrok qilingan narsa va hodisalarning nomlari, o’qilgan tekstlar, so’zlar, gaplar boshqalarning nutqi esda olib qolinadi, esda saqlanib qoladi va esga tushiriladi. Lekin nutq esda olib qolinganda u yoki bu oddiy tovushlar birikish sistemalari emas, balki nutqda ifodalangan ma’no, o’zi va boshqalarning fikrlari esda qoladi, saqlanadi va esga tushadi. So’zlarning ma’no jihatdan mantiqiy sur’atda bir-biriga bog’lanib esda qolishi va esga tushishi mazmunan so’z-logik xotirasi bo’lib, obrazli xotira­ga nisbatan, ancha murakkab aqliy faoliyatdir. Biz ko’ngildan kechirgan tuyg’ular, har xil muskul va ish - harakatlari ham xotira mazmunini tashkil qiladilar.

Shu sababli esda qoladigan materialning xilma-xil mazmuniga qarab, xotirani, odatda, obrazli, so’z logik, emotsional (tuyg’u-hissiyot) va harakat xotirasi kabi xillarga aj­ratiladi. Albatta, xotiraning ana shu xillarga bo’linishi nisbiydir. Xaqiqatda xotiraning shu hamma xillari bir-biri bilan chambarchas bog’langan, bironta narsaning esimizda qolgan va keyin esimizga tushirilgan obrazi gap bilan ifodalanadi, har bir tuyg’u-hissiyot bironta bir tasavvurga, yoki fikrga, yoki ish-harakatga va hokazolarga bog’liq holda tug’iladi.


Yüklə 90,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə